часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
декабрь
, 2022
г
182
qolgan qismini oilada hamda mahallasida o’rtoqlari va qo’shnilari atrofida o’tkazadi.
Shunday ekan ular kerakli bilm va ko’nikmani faqatgina bolalar bo’g’chasidan olmaydi.
Bundan tashqari xalqimizning “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” degan oltin qoidasi bor.
Bolalarga o’z ona tilimizda ravon so’zlash hamda uni hurmat qilishga o’rgatishning bir
qancha usul va uslublari mavjud. Bulardan biri xalq og’zaki ijodi namunalaridir. O’zbek xalq
og‘zaki ijodida o’zbek xalqining pedagogik g‘oyalari, dunyoqarashi, ruhiy kechinmalari,
ma’naviy-axloqiy ideallari, xalqning hayotiy tajribasi, milliy an’analari, qadriyatlari va
falsafasi o‘ziga xos yo‘sinda ibratli va qiziqarli hikoyalarida, alla-qo‘shiqlari, ertaklari va
o‘gitlarida tasvirlangan. Bundan tashqari bolalarga qancha ko’p kitob o’qib berar ekanmiz,
ular turli sheva va jargonlardan qochgan holda sof adabiy tilda so’zlashga o’rganib boradi.
Bu esa ona tilimizdagi so’zlarni chiroyli jaranglashiga xizmat qiladi.
Darhaqiqat, yosh avlodning barkamol inson bo‘lib yetishishi uchun u xalq, vatan tarixi,
ta’lim sohasidagi ajdodlar tajribasidan xabardor bo‘lishi kerak. Maktabgacha yoshdagi
bolalarni atrofdagilar bilan ijtimoiy munosabatda bo’lish imkoniyatlarini ochishga
qaratilgan jarayonlardan biri bu – katta yoshdagi insonlar, ya’ni ota-onalar,
tarbiyachilarning bolalar yoshiga, ularning dunyoqarashiga, ma’nan-axloqan, aqliy
rivojlanishlariga mos bo’lgan kitoblardan foydalanish bilan bog’liqdir.
Bundan tashqari bolada biz orzu qilgan sifatni ko’rish uchun yana bir eng muhim
hisoblangan usuldan foydalanishimiz lozimki, bu usul “Yaxshi namuna bo’la olish”dir.
Ya’nikim, agarda biz tarbiyachilar, shuningdek ota onalar farzandlarimizga sof adabiy
o’zbek tilida gapirishi lozim ekanligini uqtirar ekanmiz lekin unga o’zimiz amal qilmagan
holda qisqartma hamda chetdan kirib kelgan so’zlardan foydalanar ekanmiz bizning olib
borayotgan hech qaysi bir harakatimiz yetarlicha samara bermaydi. Shunday ekan bolani
tarbiyalashdan oldin, avvalo, o’zimizni tarbiyalashimiz lozim ekanligini unutmasligimiz
lozim.
Hozir ko’pgina rivojlangan shaharlarda yashovchi ba’zi bir oilalar asosan rus tilida
so’zlashadi. Bu albatta yaxshi. Chunki bolalar juda kichik yoshdan boshlab til o’rgana oladi.
Lekin masalaning boshqa tomoni ham bor. Aytmoqchimanki, bunday oilada yashovchi ba’zi
bolalar o’z ona tilida muloqot qilishga qiynaladi. Hozirgi kunda bunday turdagi bolalarni
ko’p uchratish mumkin, nafaqat bolalar balki kattalarni ham. Xujjatga qarasangiz millati
o’zbek, lekin o’zbek tilida muloqot qilishga qiynalishadi. Shuning uchun bolalarni kichik
yoshidan boshlab o’z ona tiliga hurmat qilishga o’rgatish muhim dolzarb masalalardan
biridir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy ruhda tarbiyalash, shuningdek o’z ona tilisini
tanitish uchun aynan o’zbek xalq ertaklardan foydalanish ham muhim ahamiyatga ega
hisoblanadi.
Ushbu fikrlarni bayon etar ekanmiz, avvalo bir savol tug’iladi. “Hozirgi kun
tarbiyachilari qancha ertak biladi?” aynan shu savol og’riqli nuqtalarimizdan birini ochib
beradi. Ho’sh, hozirgi kun tarbiyachilari, nafaqat tarbiyachilar balki ota-onalar qancha ertak
biladi? Hozirgi kun bolalari ertak eshitayaptimi o’zi? Afsuski, bu savollarga har doim ham