часть
2
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
май
, 2023
643
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali amalga oshirilmoqda[3].
SOLIQ TIZIMIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING ASOSIY MAQSADLARI QUYIDAGILARDAN IBORAT 1. Soliq tushumlari bo'yicha ma'lumotlarni olish.
2. Ish samaradorligini oshirish.
3. Qog'ozdagi ish oqimining hajmini kamaytirish.
4. Soliq tekshiruvlarini ma'lumotlar bilan ta'minlash.
5. Soliq to'lovchilar to'g'risidagi ma'lumotlarning ishonchliligini oshirish.
6. Soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish.
Boshqa har qanday avtomatlashtirilgan tizimlarda bo'lgani kabi, Soliq tizimida axborot
texnologiyalaridan foydalanishga ham bir qator talablar qo'yiladi, birinchi navbatda, tegishli
funksiyalarni samarali bajarish bilan bog'liq. Ishlab chiqilgan soliq axborot tizimi nafaqat
soliq organlari ishlarini osonlashtirishga imkon beradi, balki uning barcha faoliyat
elementlarini ham tartibga soladi. Tizim alohida elementlarni va butun tizimni boshqaradi.
Hozirgi kunda elektron deklaratsiyalar ham yaratililmoqda. Endi soliq to'lovchilarga
soliq deklaratsiyasini elektron shaklda topshirish imkoniyati mavjud va bu, shubhasiz, ularni
soliqlarni yig’ish jarayonini osonlashtiradi. Bu usldan foydalanish ancha afzallikka ega
bo’lmoqda chunki soliq to'lovchilar endi soliq idoralariga tashrif buyurishi shart emas.
Shuningdek, o'z navbatida, soliq inspektsiyasi kiruvchi ma'lumotlarni qo'lda qayta ishlash
bilan shug'ullanmaydi, chunki soliq tizmida axborot texnologiyalaridan foydalanib
avtomatlashtirilgan axborot tizimini modernizatsiya qilish imkoniyati mavjud. Ma'lumot
elektron shaklda qabul qilinadi va avtomatik hisoblash darhol amalga oshiriladi.
DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARIDA ZAMONAVIY AXBOROT