часть
2
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
март
, 2023
г
626
manbadir. Uning o‘zi va atrofidagilar uchun foydali, samarali jihatlarining kupayib borishi
nafaqat uning o‘zini, balki atrofdagilar ma’naviy-axloqiy xislatlarini ham tuzatib boradi. Shu
sababni jamiyat taraqqiyoti talablarida inson qadriyati milliy qadriyatlardan kelib chiqishiga
ko‘ra ijtimoiy mazmunmohiyatga egadir, ular insonning ta’limi, tarbiyasi va kundalik
mehnat faoliyati natijasida shakllanadi. Inson shaxsi, ijtimoiy tarbiyadan kelib chiqadigan
qadriyatlar, inson manaviy-axloqiy miyorlari, xulq-atvori va yurish turishini tartibga solib
turadigan bir kuchdir. Buning ta’siri natijasida insonning nafaqat xarakteri, balki uning
xayoli yangicha mazmun kasb etib, boyib boradi. Mustaqillik yillarida milliy qadriyatlar
tiklanishi natijasida inson qadr-qimmatini e’zozlash uning bilimi, madaniyat saviyasini
o‘stirish hamda ichki qobiliyat-ko‘nikmalarini rivojlantirishga keng yo‘l ochildi so‘nggi o‘n
yilliklar davomida inson shaxsi, uning haq-huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini
muhofaza qilish bo‘yicha ancha katta ishlar amalga oshirildi. Bulardan eng diqqatga sazovor
jihati oila va maktab hamkorligini kuchaytirish, uning samaradorligi oshirishga
qaratilganligidir.
Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek, "Bugungi kunda butun
dunyo, ayniqsa, islom ham jamiyati davrning tahlikali tahdidlari bilan yuzma - yuz turibti.
Islom dinini siyosiylashtirish va musulmon yoshlarini radikallashtirish borasidagi urinishlar
bunday xatarlarni ota jiddiy tahlil qilish, baholash va ularga munosib javob berishni taqozo
etmoqda. Shunday ekan, globallashuv jarayonlari tufayli inson faoliyatida uchrayotgan
salbiy amallarning oldini olish uchun uni milliy qadriyatlar, diniy qadriyatlar va
umuminsoniy madaniyat yutuqlari asosida tarbiyalash bugungi kun talabidir.” Bizga
malumki, umuminsoniy qadriyatlarning ilk kurtaklari Sharqda shakllanib, diniy qadriyatlar
inson ma'naviyatining tarkibiy qismi sifatida e„zozlanib kelmoqda. Sharq qadriyatlari o`z –
o`zanida rivoj topib borishi bilan bir qatorda insoniyatning kelgusi taraqqiyotiga zamin
bo`lib xizmat qildi, hamda o`zining ijobiy ta`sirini ko`rsatdi. Sharq sivilizatsiyasi va
madaniyati xalqlarni ma„naviy ruhiy jihatdan buyuk o`zgarishlarga tayyorlashda mayoq
vazifasini o`tab kelmoqda. Tarixning guvohlik berishicha, o`zbek xalqi eng qadimiy
xalqlardan biri bo„lib, jahon sivilizatsiyasida munosib o`rnini egallab kelmoqda. Chunki
jahon miqyosida o`zining aql - idroki, tafakkur qilish qobiliyati umuminsoniy qadriyatlar
talabiga javob beradigan buyuk alloma mutaffakkirlarni yetkazib berdi. O`zbek xalqi milliy
qadriyatlarini xarakterlaydigan o`ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: yuksak
insonparvarlik, bag`rikenglik, mehmondo`stlik, hamma millat va elat vakillariga izzat
hurmat ko`rsatish, mulohazalilik, sharm- xayolilik, bolajonlilik, hamdardlik, mahalladoshlik,
halollik va boshqalar. Bu va shunga o`xshash o`zbek milliy qadriyatlar Yangi O`zbekistonda
yashayotgan har bir kishining ko„nglida g„ururlanish hissiyotini paydo qiladi va bu bilan
haqli ravishda faxrlanadi. Bugungi adolatli davlat bunyod etilayotgan davrda o`tmish
ajdodlarimizning tajribalarini o`rganish, ularning ibratli ishlaridan ijobiy saboq olish,
umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan yangicha dunyoqarashni va milliy mafkurani
shakllantirish, harakatlar strategiyasidan taraqqiyot strategiyasi sari tamoyiliga asoslangan
barqaror