Исследование в XXI веке март, 2023 г 625 yoshlarni oilada ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix30.09.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#150879
növüИсследование
1   2   3   4   5
Xojiyeva Matluba Shukurovna


часть
2
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
март
, 2023 
г 
626 
manbadir. Uning o‘zi va atrofidagilar uchun foydali, samarali jihatlarining kupayib borishi 
nafaqat uning o‘zini, balki atrofdagilar ma’naviy-axloqiy xislatlarini ham tuzatib boradi. Shu 
sababni jamiyat taraqqiyoti talablarida inson qadriyati milliy qadriyatlardan kelib chiqishiga 
ko‘ra ijtimoiy mazmunmohiyatga egadir, ular insonning ta’limi, tarbiyasi va kundalik 
mehnat faoliyati natijasida shakllanadi. Inson shaxsi, ijtimoiy tarbiyadan kelib chiqadigan 
qadriyatlar, inson manaviy-axloqiy miyorlari, xulq-atvori va yurish turishini tartibga solib 
turadigan bir kuchdir. Buning ta’siri natijasida insonning nafaqat xarakteri, balki uning 
xayoli yangicha mazmun kasb etib, boyib boradi. Mustaqillik yillarida milliy qadriyatlar 
tiklanishi natijasida inson qadr-qimmatini e’zozlash uning bilimi, madaniyat saviyasini 
o‘stirish hamda ichki qobiliyat-ko‘nikmalarini rivojlantirishga keng yo‘l ochildi so‘nggi o‘n 
yilliklar davomida inson shaxsi, uning haq-huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini 
muhofaza qilish bo‘yicha ancha katta ishlar amalga oshirildi. Bulardan eng diqqatga sazovor 
jihati oila va maktab hamkorligini kuchaytirish, uning samaradorligi oshirishga 
qaratilganligidir.
Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek, "Bugungi kunda butun 
dunyo, ayniqsa, islom ham jamiyati davrning tahlikali tahdidlari bilan yuzma - yuz turibti. 
Islom dinini siyosiylashtirish va musulmon yoshlarini radikallashtirish borasidagi urinishlar 
bunday xatarlarni ota jiddiy tahlil qilish, baholash va ularga munosib javob berishni taqozo 
etmoqda. Shunday ekan, globallashuv jarayonlari tufayli inson faoliyatida uchrayotgan 
salbiy amallarning oldini olish uchun uni milliy qadriyatlar, diniy qadriyatlar va 
umuminsoniy madaniyat yutuqlari asosida tarbiyalash bugungi kun talabidir.” Bizga 
malumki, umuminsoniy qadriyatlarning ilk kurtaklari Sharqda shakllanib, diniy qadriyatlar 
inson ma'naviyatining tarkibiy qismi sifatida e„zozlanib kelmoqda. Sharq qadriyatlari o`z – 
o`zanida rivoj topib borishi bilan bir qatorda insoniyatning kelgusi taraqqiyotiga zamin 
bo`lib xizmat qildi, hamda o`zining ijobiy ta`sirini ko`rsatdi. Sharq sivilizatsiyasi va 
madaniyati xalqlarni ma„naviy ruhiy jihatdan buyuk o`zgarishlarga tayyorlashda mayoq 
vazifasini o`tab kelmoqda. Tarixning guvohlik berishicha, o`zbek xalqi eng qadimiy 
xalqlardan biri bo„lib, jahon sivilizatsiyasida munosib o`rnini egallab kelmoqda. Chunki 
jahon miqyosida o`zining aql - idroki, tafakkur qilish qobiliyati umuminsoniy qadriyatlar 
talabiga javob beradigan buyuk alloma mutaffakkirlarni yetkazib berdi. O`zbek xalqi milliy 
qadriyatlarini xarakterlaydigan o`ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: yuksak 
insonparvarlik, bag`rikenglik, mehmondo`stlik, hamma millat va elat vakillariga izzat 
hurmat ko`rsatish, mulohazalilik, sharm- xayolilik, bolajonlilik, hamdardlik, mahalladoshlik, 
halollik va boshqalar. Bu va shunga o`xshash o`zbek milliy qadriyatlar Yangi O`zbekistonda 
yashayotgan har bir kishining ko„nglida g„ururlanish hissiyotini paydo qiladi va bu bilan 
haqli ravishda faxrlanadi. Bugungi adolatli davlat bunyod etilayotgan davrda o`tmish 
ajdodlarimizning tajribalarini o`rganish, ularning ibratli ishlaridan ijobiy saboq olish
umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan yangicha dunyoqarashni va milliy mafkurani 
shakllantirish, harakatlar strategiyasidan taraqqiyot strategiyasi sari tamoyiliga asoslangan 
barqaror 


Международный
научный
журнал

8
(100), 
Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin