4. Мuloqot axborot almashinuvi sifatida
Odamlar o‘rtasidagi axborot almashinuvining xususiyati
sheriklarning belgili tizim
vositasida bir-birlariga o‘zaro ta’sir ko‘rsatishlari bilan belgilanadi,
boshqacha aytganda,
bunday axborot almashinuvi sherikning holati, hissiyoti va hulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatishini
taxmin qiladi. Bunday vaziyatda muloqot belgisi mehnat quroliga o‘xshash vazifani
bajaradi.
Shunday qilib, kommunikativ ta’sir bir kommunikantning
boshqasiga uning hulq-
atvorini o‘zgartirish maqsadida ko‘rsatadigan psixologik ta’siridan o‘zga narsa emas.
Kommunikatsiya samaradorligi bu ta’sirning, aynan, qanchalik ro‘yobga chiqqanligi bilan
o‘lchanadi.
Istalgan axborot belgili tizimlar vositasida yetkazilishi mumkin. Psixologiyada verbal
(nutq) va noverbal (nutqiy bo‘lmagan vositalar) kommunikatsiya mavjud. Nutq
kommunikatsiyaning universal vositasidir. Nutq insonning
boshqalar bilan tabiiy til
vositasida amalga shiriladigan muloqot jarayoni demakdir. Muloqot samaradorligi
muloqotdagilar
uchun umumiy tilni, shuningdek, ta’lim,
umumiy madaniyat va nutq
madaniyati kabi muhim bo‘lgan omillarni belgilab beradi. Verbal nutq muloqotning
noverbal vositalaridan foydalanish bilan to‘ldiriladi.
REFERENCES :
1. M. A. Maxsudova. MULOQOT PSIXOLOGIYASI. TOSHKENT «TURONIQBOL» 2006.
2.https://peskiadmin.ru/uz/ponyatie-kultury-obshcheniya-kultura-obshcheniya-
ikultura.html
3. E. G'oziyev. Muomala psixologiyasi. T. 2001 .