часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
ноябрь
, 2022
г
516
Masalan, o`qituvchi o`quvchilarga biror narsani o`rgatish uchun ular bilan munosabatga
kirishishi kerak.
Muloqot kishilarning hamkorlikdagi faoliyati ehtiyojlari asosida tug`iladigan ular
o`rtasidagi aloqa rivojlanishining ko`p qirrali jarayonidir. Muloqot hamkorlikdagi faoliyat
qatnashchilari o`rtasida axborot almashinishni o`z ichiga oladi, bu muloqotning
kommunikativ tomonini ifodalaydi. Odamlar bir - biri bilan munosabatga kirishishda tildan
muomala vositasi sifatida foydalanadilar. Muloqotning ikkinchi tomoni muomalaga
kirishuvchilarning o`zaro ta`siridir. Bunda faqat so`zlar emas, balki harakat va holatlar
ham almashinadi. Muloqotning uchinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning bir - birini
idrok qilishidir. Muomalaga kirishuvchilarning bir -birini to`g`ri tushunishi muhim
ahamiyatga ega. Shunday qilib, muloqotning shartli uch tomonini ajratish mumkin:
kommunikativ (axborot berish), interaktiv (o`zaro ta`sir) va pertseptiv (o`zaro idrok qilish).
Muloqotning bu uch tomonining birligi muomalaga kirishuvchi kishilarning o`zaro
munosabati va hamkorlikdagi faoliyatining tashkil etish usuli sifatida namoyon bo`ladi.
Muloqotning qonuniyatlarini, malaka va qobiliyatlarining shakllanishi bilish pedagog
uchun g`oyat muhimdir. Bu to`laqonli pedagogik muloqotni yoki muomalani yo`lga
qo`yishini ta`minlaydi. Pedagogik muloqot-pedagog va o`quvchilarning o`zaro ta`sir etish
usullari yig`indisidir. Muloqotning mazmuni - axborot almashish, o`qituvchi tomonidan
turli kommunikativ vositalar yordamida o`quvchilar bilan o`zaro tushunish va o`zaro
munosabatlarni tashkil etishdir.
METODOLOGIYA Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko’rsatuvchilar o’rtasida axborot
ayiriboshlashni o’z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ (o’zaro aloqaga
doir) jihati hisobga olinadi. Muloqot tushunchasini kommunikatsiyadan farqlash kerak.
Kommunikatsiya – tirik va o’lik tabiatdagi tizimlar o’rtasida axborot almashinuvini
anglatadi. Hayvonlar o’rtasidagi signallar almashinuvi, insonning texnik vositalar bilan
aloqa qilishi – bularning barchasi kommunikatsiya. Muloqot esa faqat insonlar
o’rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Muloqotning yana bir jihati munosabatga
kirishuvchilarning o’zaro birgalikdagi harakati – nutq jarayonida faqat so’zlar bilan emas,
balki harakatlar bilan ham muloqot yuritishdan iborat. Munosabatning keyingi jihati
muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishidadir. Muloqotning funksiyalari
xilma-xil bo’lib, eng keng tarqalgan B.F. Lomov taklif etgan tasnifga ko’ra ular
quyidagilardan iborat:
1. Informatsion-kommunikativ funksiya – axborot almashinuvini ta’minlash vazifasi.
Axborot almashinuvi turli belgilar, tizimlar orqali amalga oshiriladi. Odatda verbal (unda
belgilar tizimi sifatida nutq ishlatiladi) va noverbal (unda nolisoniy belgilar tizimi
ishlatiladi) kommunikatsiya farqlanadi. Noverbal kommunikatsiya bir necha shakldan
iborat: - Kinetika (imo-ishora, mimika, pantomima) - Paralingvistika (ovoz lokalizatsiyalari,
pauzalar) - Proksemika (masofa va vaqt me’yorlari) - Vizual aloqa (ko’zlar orqali) -
Takesika (jismoniy aloqa)