Исследование в XXI веке ноябрь, 2022 г 515 shaxslararo kommunikatsiyaning o’ziga xos jihatlari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix20.11.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#164720
növüИсследование
1   2   3   4   5
Islamov Kamoldin Komiljon og’li


часть
1
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
ноябрь
, 2022 
г
516 
Masalan, o`qituvchi o`quvchilarga biror narsani o`rgatish uchun ular bilan munosabatga 
kirishishi kerak. 
Muloqot kishilarning hamkorlikdagi faoliyati ehtiyojlari asosida tug`iladigan ular 
o`rtasidagi aloqa rivojlanishining ko`p qirrali jarayonidir. Muloqot hamkorlikdagi faoliyat 
qatnashchilari o`rtasida axborot almashinishni o`z ichiga oladi, bu muloqotning 
kommunikativ tomonini ifodalaydi. Odamlar bir - biri bilan munosabatga kirishishda tildan 
muomala vositasi sifatida foydalanadilar. Muloqotning ikkinchi tomoni muomalaga 
kirishuvchilarning o`zaro ta`siridir. Bunda faqat so`zlar emas, balki harakat va holatlar 
ham almashinadi. Muloqotning uchinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning bir - birini 
idrok qilishidir. Muomalaga kirishuvchilarning bir -birini to`g`ri tushunishi muhim 
ahamiyatga ega. Shunday qilib, muloqotning shartli uch tomonini ajratish mumkin: 
kommunikativ (axborot berish), interaktiv (o`zaro ta`sir) va pertseptiv (o`zaro idrok qilish). 
Muloqotning bu uch tomonining birligi muomalaga kirishuvchi kishilarning o`zaro 
munosabati va hamkorlikdagi faoliyatining tashkil etish usuli sifatida namoyon bo`ladi. 
Muloqotning qonuniyatlarini, malaka va qobiliyatlarining shakllanishi bilish pedagog 
uchun g`oyat muhimdir. Bu to`laqonli pedagogik muloqotni yoki muomalani yo`lga 
qo`yishini ta`minlaydi. Pedagogik muloqot-pedagog va o`quvchilarning o`zaro ta`sir etish 
usullari yig`indisidir. Muloqotning mazmuni - axborot almashish, o`qituvchi tomonidan 
turli kommunikativ vositalar yordamida o`quvchilar bilan o`zaro tushunish va o`zaro 
munosabatlarni tashkil etishdir.
METODOLOGIYA 
Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko’rsatuvchilar o’rtasida axborot 
ayiriboshlashni o’z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ (o’zaro aloqaga 
doir) jihati hisobga olinadi. Muloqot tushunchasini kommunikatsiyadan farqlash kerak. 
Kommunikatsiya – tirik va o’lik tabiatdagi tizimlar o’rtasida axborot almashinuvini 
anglatadi. Hayvonlar o’rtasidagi signallar almashinuvi, insonning texnik vositalar bilan 
aloqa qilishi – bularning barchasi kommunikatsiya. Muloqot esa faqat insonlar 
o’rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Muloqotning yana bir jihati munosabatga 
kirishuvchilarning o’zaro birgalikdagi harakati – nutq jarayonida faqat so’zlar bilan emas, 
balki harakatlar bilan ham muloqot yuritishdan iborat. Munosabatning keyingi jihati 
muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishidadir. Muloqotning funksiyalari 
xilma-xil bo’lib, eng keng tarqalgan B.F. Lomov taklif etgan tasnifga ko’ra ular 
quyidagilardan iborat:
1. Informatsion-kommunikativ funksiya – axborot almashinuvini ta’minlash vazifasi. 
Axborot almashinuvi turli belgilar, tizimlar orqali amalga oshiriladi. Odatda verbal (unda 
belgilar tizimi sifatida nutq ishlatiladi) va noverbal (unda nolisoniy belgilar tizimi 
ishlatiladi) kommunikatsiya farqlanadi. Noverbal kommunikatsiya bir necha shakldan 
iborat: - Kinetika (imo-ishora, mimika, pantomima) - Paralingvistika (ovoz lokalizatsiyalari, 
pauzalar) - Proksemika (masofa va vaqt me’yorlari) - Vizual aloqa (ko’zlar orqali) - 
Takesika (jismoniy aloqa)


Международный
научный
журнал

4 (100), 
Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin