Международный
научный
журнал
№
4 (100),
часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
ноябрь
, 2022
г
518
kayfiyatlar, hissiyotlar, mayllar va h.klar bilan almashinuvi ko‘zda tutiladi.
Lekin
kommunikativ jarayonda ma’lumotlarning oddiy almashinuvi emas, balki, kamida ularning
faol almashinuvi sodir bo‘ladi.
“Muloqot” tushunchasini “kommunikatsiya” tushunchasidan farqlash lozim.
Kommunikatsiya jonli va jonsiz tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot almashinuvini
anglatadi. Hayvonlar o‘rtasidagi
signallar almashinuvi, daraxtlardagi irsiy belgilarning
uzatilishi, insonning turli-tuman texnik vositalar bilan aloqaga kirishishi –
bularning
barchasi kommunikatsiya hisoblanadi. Muloqot faqat insonlar o‘rtasidagina amalga
oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan
boshqalar bilan muloqotda, munosabatda bo‘lish
jarayonida ijtimoiylashib, shaxsga aylanib boradi. Muloqot tufayli inson ijtimoiy tajriba va
madaniyatni egallaydi. Umuman olganda, muloqot fenomeni psixologiya fanida atroflicha
o‘rganilgan. B.F.Lomov , L.A.Karpenko va boshqalar muloqotning funksiyalari,
ichki
tuzilishi, xususiyatlari borasida jiddiy tadqiqotlar e’lon qilishgan.
Dostları ilə paylaş: