Исследование в XXI веке октябрь, 2022 г 202 zamonaviy pardozbop qurilish materiallari



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix30.11.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#71556
növüИсследование
  1   2
Abdumalikov Abrorjon



Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» октябрь, 2022 г
202 
ZAMONAVIY PARDOZBOP QURILISH MATERIALLARI
 
Abdumalikov Abrorjon 
Ohunova Gulhayo
Farģona politexnika instituti talabalari 

Anotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada pardozbop qurilish materiallari haqida 
ma'lumotlar hamda eng zamonaviy padozbop materiallar haqida ma'lumotlar yoritib 
berilgan.Bundan tashqari pardozbop qurilish materiallar sanoati haqida ma'lumotlar ham 
keltrilgan. 
Kalit sòzlarpardozbop tosh materiallar,travertin,fasad penoplas,plitka,silikon. 
 
Bugungi kunda har bir soha singari qurilish sohasi ham jadal rivojlanib 
bormoqda.Yangidan yangi zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda . Ishlab 
chiqarilayotgan ushbu qurilish materiallari tufayli bugungi kunda bir biridan hashamdor va 
zamonaviy bino va inshootlar qurilmoqda. Bu bino va inshootlarning mustahkamligi albatta 
qurilish materialini toģri tanlashga boģliqdir . Hozirgi kunda mustahkam hamda zamonaviy 
bino va inshootlar qurish davr talabi hisoblanadi . Bino va inshootlarni qurishda ularni 
qurish uchun ishlatilayotgan har bir qurilish materialini òz vazifasi bor. Bino chiroyli va 
hashamdor kòrinishi uchun pardozbop qurilish materiallaridan foydalaniladi. Pardozbop 
qurilish materiallari bu bino va inshootlarni tashqi fasadini bezashda foydalaniladigan 
materiallar hisoblanadi. Turar joy , jamoat va sanoat binolarini qurishda pardozlovchi 
materiallarni tòģri tanlash muhim ahamiyatga ega. Asosan pardozlovchi material sifatida 
tabiiy pardozbop toshlardan qayta ishlangan plitalar , me'moriy mahsulotlar keng qòllanib 
kelinmoqda. Tabiiy pardozbop tosh maxsulotlaridan binolarni bezatish uchun turli xil fasad 
tizimlarida faol foydalanilmoqda. Tabiiy pardozbop tosh maxsulotlariga marmar , granit , 
gabbro va boshqa materiallarni misol qilishimiz mumkin. Hozirgi kunda Òzbekistonda 101 
ta tabiiy pardozbop tosh konlari davlat zaxirasiga kiritilgan bòlib 51 ta kondan hozirda 
foydalanilmoqda. 2018 yilda tabiiy pardozbop tosh konlaridan jami 209,0 mln.m3 marmar, 
granit, gabbro va boshqalar qazib olingan. Bu 2017 yilga (131,5 mln.m3) nisbatan 37 % ga 
ortganligini ko‘rsatadi.2018 yilda tabiiy pardozbop toshlarni qayta ishlashga ixtisoslashgan 
155 ta korxona tomonidan 4,5 mln.m.kv dan ortiq marmar, granit, gabbro va boshqalardan 
plitalar, me’moriy mahsulotlar (yo‘l va yo‘lak bordyurlari, arxitekturaviy mahsulotlar va 
boshqalar) ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bugungi kunda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” 
uyushmasi va viloyatlar hokimliklari tomonidan amalga oshirilgan yirik investitsiya 
loyihalarning ishga tushirilishi natijasida respublika hududida tabiiy pardozbop toshlarni 
qayta ishlashga ixtisoslashgan 200 dan ortiq korxonalar faoliyat yuritmoqda.2019-2021 
yillarda tabiiy pardozbop toshlarni (marmar, granit, gabbro va boshqalar) qazib olish va 


Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» октябрь, 2022 г
203 
qayta ishlash bo‘yicha bir qator investitsion loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. 
Natijada yillik ishlab chiqarish quvvati qariyb 3,0 mln. metr kvadratni tashkil etadi. 
Bundan tashqari shuni aytib òtish joizki bugungi kunda yangidan yangi pardozbop 
qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda . Bunday materiallarga quydagilarni misol 
qilishimiz mumkin 
1. Travertin 
2. Fasad penoplast 
3. Fasadbop marmar plitka 
4. Marmar qirindilari 
5. Fibrosement va boshqalar. 
Travertin ( fransuzcha travertin)-kaltsiy korbanat minerallari natijasida hosil bo’lgan 
cho’qindi tog’ jinslaridan hosil bo’lgan . Asosiy xossalari :suv o’tkazuvchanligining nisbatan 
yuqori foiziga qaramay ,tabiiy travertin sovuqqa chidamli xususiyatlarga ega va bardoshlidir 
,ovoz o’tkazish xususiyatlariga ega. Travertin zichligi -2.5-2.74 g/sm3 gacha bo’ladi. Issiqlik 
o’tkazuvchanlik koffitsienti 2-2.5 W/mC0 ga teng. G’ovaklilik – 8.2 %. Og’irligi bo’yicha 
suvni yutish -1.7 % . Mustahkamligi -47 Mpa. Travertin ko'pincha qurilish materiali sifatida 
ishlatiladi . Odatda zaiflik tekisliklari yo'q va uning yuqori porozligi uning kuchi uchun engil 
vaznga ega bo'ladi, yaxshi issiqlik va akustik izolyatsiyalash xususiyatlarini beradi va 
ishlashni nisbatan osonlashtiradi. Zich travertin jilolanganda ajoyib dekorativ tosh hosil 
qiladi. Rimliklar ibodatxonalar, yodgorliklar, suv quvurlari, hammom majmualari va 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin