Исследование в XXI веке октябрь, 2022 г 741 ish haqi va unga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix12.07.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#136446
növüИсследование
1   2   3   4   5
Pulatov Jahongir Shuxratjon o\'g\'li .p df


часть
1
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
октябрь
, 2022 
г
743 
Qaramog‘ida bo‘lganlarni ishga joylashtirish — armiya, temir yo‘llar, banklar va 
boshqa davlat organlarida xizmat qilayotgan shaxslarning qo‘riqchilari va qaramog‘idagi 
shaxslar ishga joylashish uchun ariza berishda ustuvor ahamiyatga ega. Natijada ular 
ko'proq iqtisodiy xavfsizlikka ega. Voyaga etgan o'g'il bolalar ba'zi sanoat hududlarida 
osongina ish topishlari mumkin, ammo boshqa hududlarda bunday yordam mavjud emas. 
Natijada, oldingi turdagi firmalarda ishchilarning haqiqiy daromadlari yuqori bo'ladi. 
Kasbiy xarajatlar - O'z kasbini davom ettirish uchun vaqti-vaqti bilan ba'zi xarajatlarga 
duch kelishi kerak. Masalan, kollej professori darslarga borishi uchun transport vositasini 
ijaraga olib, kitob va nashrlarga pul sarflashi kerak. Xuddi shunday, advokat transport 
vositasiga ega bo'lishi, kotibni ushlab turishi va advokatlar uyushmasiga badal to'lashi 
kerak. Haqiqiy daromadni to'g'ri hisoblash uchun barcha bunday xarajatlarni ish haqidan 
ushlab qolish kerak. 
Ish haqining ikki xil ko’rinishi mavjud bo’lib,ular nominal va real ko’rinishdagi ish 
haqilari. Nominal ish haqi xodimning o’z mehnati evaziga olgan pul daromadlari. Real ish 
haqi esa xodimning olgan ish haqiga qancha va qanday iste’mol buyumlari sotib olishi va 
madaniy-maishiy xizmatlardan foydalanish mumkinligini ko’rsatadi. Oddiyroq qilib 
aytganimizda, real ish haqi- bu nominal ish haqining xarid qilish qobiliyati. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatning miqdori va sifatiga qarab mehnatga haq 
to’lashning asosan vaqtbay va ishbay tizimlari mavjud. Vaqtbay ish haqi shaklida xodim 
oladigan ish haqi miqdori ishlgan vaqtga bog’liq bo’ladi. Agar ishchi qanchalik ko’p vaqt 
ishlasa, shunchalik ko’proq maosh oladi. Vaqtbay ish haqi ham har xil bo’lishi mumkin. 
Masalan, soatbay, kunbay va hokazo. Bunday ish haqini hisoblashda xodimning ishlagan 
vaqtini belgilangan vaqtbay maoshga ko’paytiriladi. Ikkinchi shakli bu ishbay ish haqidir. 
Bunday holatda ishchiga ish hajmi oldindan belgilab beriladi va umumiy ish haqi kelishib 
olinadi. Ish butunlay yakunlangandan keyin ish haqi to’liq to’lab beriladi. Bu holatimizda ish 
haqi ko’proq ish hajmiga bog’liq bo’ladi. Ishbay ish haqidan ko’pincha qurilishlarda 
foydalaniladi. 
Endi esa ish haqiga ta’sir etuvchi omillarni ko’rib o’tamiz. Bu omillar juda ko’p va 
hozir asosiylarini ko’rib o’tamiz. Ular bozor omillari va bozordan tashqaridagi omillar 
ko’rinishida bo’lishi mumkin. Bozor omillariga tovarlar va xizmatlar bozorida talab va taklif 
o’zgarishlari, mehnatga bo’lgan talab narxining o’zgaruvchanligi, iste’mol tovarlari va 
xizmatlar narxi o’zgarishi va boshqalar kiradi. Bozorga aloqasi bo’lmagan omillar ham juda 
ko’p. Misol uchun, maehnatning sifati va miqdoriga qarab maosh belgilanadi. Yoki 
xodimning ma’lumotiga qarab: o’rta ma’lumotliligiga qarab yoki oliy ma’lumotli. Albatta, 
o’z navbatida xodimning tajribasi ham juda katta rol o’ynaydi. Bundan tashqari, xodimning 
jinsiga, millatiga va yoshiga qarab ham ish haqi belgilanadi. Shuni unutmasligimiz kerakki, 
ish haqining asosiy vazifasi xodimning va uning oilasini farovon va yaxshi turmush tarzini 
kechirishni ta’minlashdir. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin