MAVZU: “MEHNAT VA ISH HAQI HISOBI”
Maqsad:
Mehnat va ish haqini hisobga
olishning asosiy vazifalari,
mehnatga oid munosabatlarni tartibga solish
mehnat haqi hisoblashni
hujjatlashtirishni talabalarga o’rgatish.
Zarur adabiyotlar va jihozlar:
1.
O’zbekiston Respublikasi BHMS 21-son O’zR Moliya
Vazirligining
2002
y. 9 - sentyabrda 103-sonli buyrug’i.
2.
O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi to’g’risidagi Qonuni.
1996 y. 30 avgust.
3.
Makarov B.C. Teoriya buxgalterskogo ucheta. MT.: «Statistika»,
1974 g.
Ishning mazmuni:
5.1. Mehnat va ish haqini hisobga olishning asosiy vazifalari
Korxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati jonli mehnatni iste’mol
qilish bilan birga yuz beradi. Uning miqdori ishlagan kishi- soatlar bilan
o‘lchanadi. Mehnat jarayonida har bir xodimning bajargan ishi, tayyorlagan
mahsuloti, iste’molchilarga ko‘rsatgan
xizmatlari uchun sarflangan
mehnatiga haq to‘lash miqdorini asoslash hamda aniqlashni tatbiq qiladigan
o‘zaro munosabatlar vujudga keladi.
Ishlab chiqarish faoliyatida markaziy o‘rinni mehnat va uning natijalari
egallaydi, chunki uning yordami bilan mahsulot yaratiladi. Bu holat mehnat
munosabatlarini belgilaydiki, hech bir korxona kerakli miqdordagi va
tasnifdagi mehnat resurslarisiz o‘z maqsadiga erisha olmaydi. Mehnat
resurslari esa ishlaganliklari uchun mehnat haqi bilan ta’minlanadilar.
Mehnat haqi - bu mehnatning bahosi yoki narxidir. Uning miqdori va
dinamikasi
bozor omillariga, birinchi navbatda esa unga bo‘lgan talab va
taklifga bog‘liq.
Mehnat haqi - bu tovaming puldagi ifodasi “ishchi kuchi” yoki “ishchi
kuchining narxi”. Uning miqdori ishlab chiqarish sharoiti hamda bozor
omillari - talab va taklif, ya’ni bu omillar ta’sirida bozorda ishchi kuchi narxi
va ish haqi o‘rtasida tafovut yuzaga keladi (ish haqi haqiqiy narxidan oshishi
yoki kamayishi mumkin).
Mehnat haqi - bu jamiyat koMamida milliy daromadning ishchilar va
xizmatchilar o‘rtasida ular mehnatining miqdori va sifatiga muvofiq
taqsimlanadigan hamda shaxsiy iste’moli maqsadlari uchun foydalaniladigan
qismidir.
0‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning
mehnat qilish huquqi
0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan mustahkamlangan. Unga
ko‘ra, har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat
sharoitlarida ishlab va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan
himoyalanish huquqiga egadir .
Mehnat haqining miqdorini belgilash
ish beruvchi bilan xodim
o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari bilan
belgilangan eng kam miqdordan oz boMishi mumkin emas va uning eng ko‘p
miqdori biron-bir tarzda cheklanmaydi.
Mehnat va ish haqi hisobi - hisob ishlarining aniq va operativ
ma’lumotlar talab qiluvchi eng muhim hamda qiyin sohalaridan biridir. Unda
xodimlar sonining o‘zgarishi ish vaqtining sarflanishi, mehnatga haq to‘lash
fondi, to‘lov turlari va xodimlar toifa bo‘yicha hamda mehnatga haq to‘lash
fondidan tashqari amalga oshiriladigan boshqa to‘lovlar korxonaning har bir
xodimi bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Shu munosabat bilan korxonaning
buxgalteriya xizmati oldida mehnat me’yori va uni haq to‘lashni hisobga
olish, nazorat qilish vazifalari ham belgilanadiki, bu esa:
•
ishbay ishlovchilar va boshqa xodimlarning ish sifatini to‘g‘ri va o‘z vaqtida
hujjatlar bilan rasmiylashtirishni,
shuningdek,
ish haqini hsoblash va uni
belgilangan muddatlarda to‘lash;
•
soliqlar va boshqa ish haqidan ushlanmalar qo‘shilgan holda korxona
xodimlari bilan mehnatga haq to‘lashga doir hisob - kitoblami o‘z vaqtida
o‘rnatilgan muddatlarda olib borish;
•
hisoblangan mehnat haqi summasini va ijtimoiy sug‘urta fondlariga
ajratmalar summasini mahsulot tannarxiga to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida
o‘tkazish;
•
operativ boshqarish va zaruriy hisobotlami tuzish hamda ijtimoiy sug‘urta
fondlari bilan hisob - kitob qilish maqsadida mehnat va unga haq to‘lash
ko‘rsatkichlarini tezkor yig‘ish va guruhlash;
•
ish haqidan byudjetga majburiy to‘lovlami, shuningdek, korxonaga
yetkazilgan moddiy zararni ayrim tashkilotlar va jismoniy shaxslar
foydasiga to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida ushlab qolish va o‘tkazish;
•
xodimlar sonini va ish vaqtidan foydalanishni nazorat qilishni ta’minlash;
•
ish vaqtining to‘g‘ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish;
•
sarflangan mehnat yoki ishlab chiqarilgan mahsulotni tegishli hujjatlarda
o‘z vaqtida va to‘g‘ri aks ettirish;
•
hisoblangan ish haqini kalkulyatsiya obyektlari o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlash;
•
ish haqi va mehnatga haq to‘lashning ilg‘or usullarini amalda qoilash;
•
mehnatga haq toiash fondini to‘g‘ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish.
Asosiy bo‘lmagan faoliyatda band bo‘lgan xodimlar toifasiga uy- joy va
kommunal xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish, savdodagi, tibbiyot muassasalari
hamda maktabgacha tarbiya muassasalarida band bo‘lgan xodimlar kiradi.
Korxonada xodimlar bajaradigan vazifalariga ko‘ra
quyidagi guruhlarga
bo‘linadi: - ishchilar; - xizmatchilar.
Ishchilar tarkibiga moddiy ne’matlarni yaratish, tuzatish, yuklarni
ko‘chirish, yo‘lovchilar tashish, moddiy xizmatlar ko‘rsatish bilan bevosita
band bo‘lgan xodimlar kiradi.
Xizmatchilar tarkibiga rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xodimlar kiradi.
Boshqa xodimlar toifasiga
hujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish ishlarini
olib boruvchi, xo‘jalikka xizmat qiluvchi boshqa xodimlar (kassirlar,
nazoratchilar, tabelchilar, ish yurituvchilar va hokazolar) kiradi.