Международный научный журнал
№
6
(100),
часть
1
«
Новостиобразования
:
исследование
в
XXI
веке
»
январь
, 202
3
г
1265
FAVQULODDA VAZIYATLAR, ULARNING TURLARI VA XUSUSIYATLARI
Iminov Fazliddin Isaqjonovich
Farg’ona tumani 1-sonli kasb-hunar maktabi o’qituvchisi
Mamajonova Gulshoda Valijonovna
Quvasoy shahar 6-umumiy o’rta ta’lim maktabi
Annotatsiya
:
Ushbu maqolada maktab va kasb-hunar maktabi o’quvchilarida
Favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari. haqida to’liq ma’lumot berib
o’tilgan.
Kalit so’zlar
:
favqulodda vaziyat, tabiiy hodisa, atrof tabiiy muhit, zil-zila, avariya,
yong’in, portlash, sel olish, qor ko’chish.
Favqulodda vaziyat - odamlar qurbon bo‘lishiga, ularning sog‘lig‘i yoki atrof tabiiy
muhitga zarar etishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning
hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya,
halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga
kelgan holat.o‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining “texnogen, tabiiy va ekologik
tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to‘g‘risida” 455-sonli qaroriga (1998 yil 27
oktyabr) asosan favqulodda vaziyatlar ularning vujudga kelish sabablariga (manbalariga)
ko‘ra texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarga bo‘linadi va ular ushbu
vaziyatlarda zarar ko‘rgan odamlar soniga, moddiy zararlar miqdoriga va ko‘lamlariga
(hududlar chegaralariga) qarab lokal, mahalliy, respublika va transchegara turlariga
bo‘linadi.
Lokal favqulodda vaziyatga 10 dan ortiq bo‘lmagan odam jabrlangan, yoxud 100 dan
ortiq bo‘lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar fv paydo
bo‘lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiq bo‘lmagan
hamda fv zonasi ishlab chiqarish ob’ekti yoki ijtimoiy maqsadli ob’ekt hududi tashqarisiga
chiqmaydigan fv tegishli bo‘ladi.
Mahalliy favqulodda vaziyatga 10 dan ortiq, biroq 500 dan ko‘p bo‘lmagan odam
jabrlangan, yoxud 100 dan ortiq, biroq 500 dan ko‘p bo‘lmagan odamning hayot faoliyati
sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming
baravaridan ortiqni, biroq 0,5 million baravaridan ko‘p bo‘lmagan hamda fv zonasi aholi
punkti, shahar, tuman, viloyat tashqarisiga chiqmaydigan fv tegishli bo‘ladi. Respublika
favqulodda vaziyatiga 500 dan ortiq odam jabrlangan, yoxud 500 dan ortiq odamning hayot
faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar eng kam oylik ish haqi miqdorining 0,5
million baravaridan ortiq bo‘lgan hamda fv zonasi viloyat tashqarisiga chiqadigan fv tegishli
bo‘ladi.
Международный научный журнал
№
6
(100),
Dostları ilə paylaş: |