5- mavzu. Atrof muhitning ekologik omillari va kimyoviy jarayonlari Reja



Yüklə 56,5 Kb.
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü56,5 Kb.
#168131
  1   2   3   4   5
Ma`ruza 5


5- mavzu. Atrof muhitning ekologik omillari va kimyoviy jarayonlari
Reja:
1. Atrof-muhit radionuklidlari.
2. Ekokimyoviy jarayonlar.
Tayanch so’z va iboralar: atrof-muhit, ifloslanish, tabiiy boylik, Atrof-muhit muhofazasining
huquqiy asoslari.
Ekologik omillarning organizmlarga ko‘rsatadigan ta’siri turlicha bo‘lsada, ular quyidagi
qonuniyatlarga asoslanadi:
1. Organizmning turli funksiyalariga bir omil ta’sirining turlicha bo‘lishi. Alohida olingan bir
omil bir organizmning turli funksiyalariga turlicha ta’sir qiladi. Masalan: havo haroratining 40-45оC
issiq bo‘lishi sovuqqonli hayvonlarda (masalan, sudralib yuruvchilarda) modda almashinuv
jarayonini tezlashtiradi, lekin shu bilan birga ularning harakatchanligini susaytiradi, ya’ni
organizmning to‘laqonli yashashiga xalaqit beradi.
Organizmlar o‘zining hayot faoliyatidagi barcha jarayonlarni saqlab qolish uchun ularni
omillarning optimal ta’siriga moslashtirishga harakat qiladi. Bunga misol qilib qushlarning
mavsumiy ko‘chib yurishlarini, deraza oldidagi o‘simlik o‘zining yaproqlarini yorug‘lik tushadigan
tomonga qaratishi (fototropizm) va shu singarilarni keltirish mumkin.
2. Muhit omillari ta’sir kuchining turli individlar uchun turlicha bo‘lishi. Organizmlarning
muhit omillari ta’sir kuchiga bardosh doirasi bir turga mansub individlarda ularning fiziologik
holati, yoshi va jinsiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Masalan: tegirmon kapalagining lichinkasi 7оC
sovuqda halok bo‘lgani, holda, uning voyaga etgan individi 22оC, tuxumlari esa 27оC gacha
sovuqqa chidaydi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, ekologik valentlik alohida
olingan bir individga ko‘ra tur miqyosida kengroq bo‘ladi.
17
3. Organizmda muhitning turli omillariga moslashish turlicha bo‘lishi. Organizmning
ekologik valentligi muhitning turli omillariga nisbatan turlicha bo‘ladi. Masalan; biror evriterm
organizm harorat o‘zgarishining keng diapazoniga bardosh beraolgani holda, u bosim, sho‘rlik va
shunga o‘xshagan boshqa omillarning o‘zgarishiga bardoshsiz bo‘lishi mumkin. Organizm
moslasha oladigan omillar turining ko‘pligi organizmning «ekologik spektri»ni belgilaydi.
4. Ekologik spektrning har xil turdagi organizmlarda har xil bo‘lishi. Muhit omillarining
xilma-xilligiga moslasha olish imkoniyati har xil turda har xil bo‘lib, bu imkoniyat hatto bir-biriga
yaqin turlarda ham bir xil bo‘lmaydi. Ba’zi omillarga nisbatan moslashish turlararo bir-biriga yaqin
kelishi mumkin, lekin ular muhitning barcha omillariga aynan bir xil moslasha olmaydi, ya’ni har
xil turdagi organizmlarning ekologik spektri har xil bo‘ladi.
5. Omillarning birgalikda ta’sir qilishi. Organizmlarning alohida olingan biror bir omilga
moslashuvida boshqa omillarning ham ta’siri bo‘ladi. Masalan: jazirama issiqqa bardosh berish
quruq iqlimda nam iqlimga ko‘ra oson kechadi. Havoning namligi yuqori bo‘lgan joyda uning
namligi past joyga qaraganda sovuqqa bardosh berish oson. Demak, organizmning issiqqa
moslashuvida ham, sovuqqa moslashuvida ham muhitning ikkala omili ya’ni harorat va namlik
birgalikda ta’sir qiladi.
Ammo birgalikda ta’sir qiladigan omillarning ta’sir darajasi hech qachon bir xil bo‘lmaydi,
doimo ularning biri asosiy, boshqalari esa unga qo‘shimcha ya’ni to‘ldiruvchi sifatida harakat
qiladi. SHuni aytish kerakki, organizm uchun omillarning barchasi ham zarur va hech qachon bir
omilning o‘rnini boshqa omil bosa olmaydi. Masalan: butunlay quruq tuproqka ekin ekib, unga
issiqlik, yorug‘lik, ozuqa va boshqa barcha omillarni etarli qilib berganimiz bilan u ekin
ko‘karmaydi, chunki bu erda namlik omilining ta’siri etishmaydi.
6. Omillarning cheklovchi ta’siri. Organizm yashashi uchun zarur bo‘lgan omillarning
ko‘pchiligi yashash uchun qulay bo‘lsa-yu, ularning birortasi optimumdan uzoqlashib, kritik
nuqtaga etsa, bunday sharoitda organizm yashayolmaydi. Bunday omil cheklovchi omil hisoblanib,
organizmning o‘sha joyda yashashiga imkoniyat bermaydi. SHuning uchun ham, aytish kerakki,
cheklovchi omillar turlarning geografik tarqalishini belgilaydi.
Cheklovchi omillar abiotik, biotik yoki antropik bo‘lishi mumkin. Bularni quyidagi
birnechta misollar bilan tushunib olish oson. Masalan: biror tur o‘z arealini shimolga
kengaytirganida u o‘z arealini iqlimning kritik nuqtasigacha kengaytirishi mumkin. Undan narida
esa iqlimning cheklovchi omili ta’sir qilib, boshqa kengaytirishga imkon bermaydi. Demak, bu erda
sovuq harorat cheklovchi abiotik omil hisoblanadi. Biror geografik maydonda kuchli raqibning
yashashi u erga kuchsiz organizmning kirishiga yul bermaydi. Bunda cheklovchi omil biotik bo‘lib,
u o‘sha kuchli raqib hisoblanadi. Don ekiladigan maydonlar atrofidagi daraxtlarda dala va uy
chumchuqlarining ko‘plab uyalarini ko‘rish mumkin. Ammo insonning bu daraxtlarni yo‘qotishi
yoki maydonga don ekmasligi chumchuqlarni bu erni tashlab ketishga majbur qiladi. Bunda
cheklovchi omil antropik omil, ya’ni inson faoliyati bo‘lib hisoblanadi.
Shunday qilib, cheklovchi omillar organizmlar hayotining kaliti hisoblanadi. Cheklovchi
omillarning ta’siri joy va vaqtga ko‘ra o‘zgarib turadi. SHuning uchun ham bu omillarni yaxshi
o‘rganish organizm hayotini to‘g‘ri boshqarish, o‘simlik va hayvonlarni parvarishlash, ulardan mo‘l
mahsulot olish va bir erdan boshqa erga ko‘chirib, iqlimlashtirish imkonini beradi.
Insoniyat sivilizatsiyasi rivojlangan hozirgi kunda biosfera ifloslanishining asosiy qismi
kimyoviy vositalar loqali sodir bo‘ladi. Xalq xo‘jaligining turli sohalari – sanoat ishlab chiqarishi,
energetika ob’ektlari va transport vositalari muhitga u yoki bu turdagi kimyoviy vositalarni muttasil
tashlaba turadilar. Ularning belgilangan me’yordan ortiq tashlanishi muhitning kimyoviy
ifloslanishiga olib keladi.
Muhitni ifloslovchi moddalarning turi ishlab chiqariladigan xomashyoning kimyoviy
tarkibiga va uni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan yoqilg‘i turiga bog‘liq. Masalan,
metallurgiya zavodlaridan havoga metall changi, shuningdek yonish jarayonida hosil bo‘ladigan
oltingugurt angidridi, uglerod va azot oksidlari, zaharli ftor birikmalari, xlor va boshqa murakkab
tarkibli gazlar chiqariladi.
18

Yüklə 56,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin