5- mavzu. Atrof muhitning ekologik omillari va kimyoviy jarayonlari Reja


Ionlashtiruvchi radiatsiya (nurlanish) nima?



Yüklə 56,5 Kb.
səhifə5/5
tarix28.11.2023
ölçüsü56,5 Kb.
#168131
1   2   3   4   5
Ma`ruza 5

Ionlashtiruvchi radiatsiya (nurlanish) nima?
Radiatsiya tirik to‘qimalarni erkin radikallarni hosil qilish, ya’ni elektronlarni molekulalardan
chiqarish hisobiga ishdan chiqaradi. Elektronni atom yoki molekuladan chiqarish elektronni ionga
20
aylantiradi. Ionlashtiruvchi radiatsiya termini shu erdan kelib chiqqan. Rentgen, gamma nurlari, alfa
va beta radiatsiyalarining barchasi ionlashtiruvchi radiatsiya turlari hisoblanadi.
Ionlashtiruvchi radiatsiya eng ko‘p ta’sir ko‘rsatadigan modda bu suvdir. Suv esa inson
organizmida katta miqdorda mavjud. SHu sababli ortiqcha radiatsiyalardan organizmni himoya
qilish muhim. Afsuski, Fukushima voqeasi va boshqa shunga o‘xshash voqealar radiatsiyadan
himoyada bo‘lishni nihoyatda qiyinlashtiradi.
Radionuklid – radiofaollikka ega bo‘lgan nuklid.
Har bir radionuklid o‘ziga hos har-xil havf-xatarni tashiydi, shuning uchun ham ulardan
himoyada bo‘lish usullarini har biri uchun alohida ko‘rib chiqamiz.
Radioaktiv Yod-131 (Radioactive Iodine-131)
Tiroid (bo‘qoq) bezining radioaktiv yodni yutishini minimallashtirish va organizmni himoya
qilish uchun oddiy yod iste’mol qilinsa bo‘ladi. Biroq bunda yod radiatsiya ta’siridan oldin yoki
radiatsiya ta’siriga uchragan vaqtning ilk 12 soati ichida iste’mol qilinishi kerak. Yodning turli
ko‘rinishlaridan, masalan Kaliy yodiddan foydalansa bo‘ladi.
Radioaktiv yod 8 kun ichida o‘z radioaktiv hususiyatlarini yo‘qotadi.
Uran (Uranium)
Uran ming yillar ichida o‘z radioaktiv hususiyatlarini yo‘qotishi mumkin, ammo shunda ham
juda toksik (zararli) metalligicha qoladi.
Uran zararlarini kamaytirish uchun oddiy osh sodasi (sodium bicarbonate) dan foydalansa
bo‘ladi. Osh sodasi (natriy bikarbonat) teri orqali ham organizmga singadi, shu sababli uni vanna
olganda suvga solib, shu suvda 15-20 daqiqa yotsa bo‘ladi.
Natriy bikarbonat uran zararlarini kamaytirib, uni buyraklar orqali filtrlab chiqarib yuboradi.
Seziy-137 (Cesium-137)
Seziy 30 yil ichida o‘z radioaktiv hususiyatlarini yo‘qotadi, ammo shunda ham toksik (zararli)
metalligicha qoladi.
Plutoniy (Plutonium)
Atom stansiyalarida uran qo‘llanganda uran plutoniyga aylanadi. Plutoniy juda ham havfli
moddadir. Plutoniyning 1 gramm miqdori 10 million odamni o‘ldira oladi.
Plutoniy o‘zidan alfa zarralarni tarqatadi. Bu alfa zarralar nafas yo‘llari orqali odam ichiga
kiradi va o‘pka hujayralarini nobud qiladi. Bu esa o‘pka kasalliklari va saratonni keltirib chiqaradi.
Zarralar o‘pka orqali qonga o‘tadi va boshqa organlarga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Yüklə 56,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin