Organizmni chiniqtirish -organizmning noqulay iqlim sharoitlari (havoning past va yuqori harorati, past atmosfera bosimi va boshqalar) taʼsiriga chidamini oshirish tadbirlari. Organizmni chiniqtirishni bolalikdan boshlash muhim. Odam organizmi oʻzgarib turadigan tashki muhit sharoitlariga muvofiqlashgan holda (qarang Adaptatsiya) chiniqib boradi. Biror omil (sovuq, issiq va boshqalar)ning muntazam, koʻp marta taʼsir etishi va ular dozasini tobora oshira borish yoʻli bilan chiniqtiruvchi effektga erishiladi, chunki shunday sharoitlardagina organizmda moslashadigan uzgarishlar rivojlanadi: neyrogumoral va moddalar almashinuvi jarayoni takomillashadi, atrof muhitdagi no-xush omillar taʼsiriga organizmning umumiy qarshiligi oshadi

Organizmni chiniqtirishga organizmning muayyan fizik omillar taʼsiriga sezuvchanligini astasekin pasaytirish orqali erishiladi. Chunonchi, maʼlum darajadagi sovuq bilan muntazam taʼsir koʻrsatish, asosan, past harorat taʼsiriga, issiq bilan taʼsir koʻrsatish esa yuqori harorat taʼsiriga chidamlikni oshiradi. Organizmning sovuqqa chidami oshirilgan bulsada, issiqqa yoki past atmosfera bosimi va boshqalarga chidash bera olmaydi. Chiniqtiruvchi muolajalar toʻxtatilgandan sung chiniqish kuchi pasayadi va, odatda, 1 — 1,5 oydan keyin biror xil fizik omilga chidamlilik yoʻqoladi.