On – line amaliyot dars.
Dars turi: Diplom oldi amaliyot
Sana: 28.04.2020
Uslubiy rahbar : Tishabayeva N.A.
I – Bo’lim : “Jamoada hamshiralik ishi “ fanidan klinik amaliyot.
Mavzu 2: Profilaktik emlash tashkil etish va olib borish.
Reja:
Emlashni tashkil etish aigoritmi
Vaksina yuborish usullari va standart texnikasi.
Emlashga qarshi kursatmalar.
Emlashdan keyin ko’zatuv algoritmi.
Emlashni tashkil etish algoritmi:
Vaksina olish uchun talabnoma berish
1- Vaksinalash sanasigacha zarur bolgan vaksina miqdoriga
buyurtma berib vaksinani saqlash muddatini minimumga olib boring.
2- Vaksinalash uchun zarur bolgan vaksina miqdoriga buyurtma bering.
3- Ortiqchasi saqlash muddatining cho‘zilishiga va uning
samaradorligi yo‘qolish xavfiga yul qo’ymang.
3- Klinika odatda bir haftadan bir oygacha bolgan ehtiyojlarni
qondirish uchun yetarli bolgan vaksina zahirasiga ega boladi.
Biroq talab qilingan miqdorning ortish yoki kamayishiga bogliq bolgan
quidagilar omillarni ham hisobga oling:
- mavsumiy farqlar;
- vaksinaning talab qilingan miqdorining o ‘zgarishiga ta ’sir etuvchi
maxsus tadbirlar (masalan, profilaktik tadbirlar);
- o‘zidan keyin vaksinaning talab etilgan miqdorining o ‘zgarishini
keltirib chiqaruvchi muolajadagi o‘zgarishlar;
4- vaksinalash bilan bogliq tibbiy jihozlarga buyurtma bering
Vaksinalarni joylashtirish va saqlash algoritmi :
1-Vaksinalarni muzlatgichda ishlatish paytigacha saqlang.
2-Agar vaksinani poliklinika hududidan tashqariga olib borish kerak
bo'lsa, uni izolyatsiyalangan sovuq konteynerga foydalangungacha
qadar joylashtiring.
3- Vaksinani xona haroratida qoldirmang.
4-Ishlatilmagan vaksinani darhol muzlatgichga soling.
5-Qizamiq, epidemik parotit, qizamiqli qizilchaga qarshi va BSJ
vaksinalari yorug‘likdan himovalangan joylarda saqlang.
6-Vaksina ampulasidan bitta dozani olinib, ochiq ampulalarni ishlatishga
quyidagi sharoitlarga amal qiling:
- agar yaroqlilik muddati o ‘tmagan bolsa;
- vaksina ≪sovuq zanjirining≫ tegishli sharoitlarida (2-8 C)
saqlansa;
7- markazdan tashqarida vaksinatsiya o‘tkazish uchun olingan
ochiq ampulalar ish kun oxirida yo‘q qiling.
8- to‘g‘ri saqlash uchun sovuqda saqlash zanjiri qoidalariga
amal qiling.
Sovuqda saqlash zanjiri
U nima degani? Sovuqda saqlash tushunchasi vaksinani bexatar 2°-8° С da saqlash va transportirovkasiga tegishlidir. Har qanday immunizatsiya dasturining muvaffaqiyati samarali ta’sirga ega vaksinani yuyuborishiga bog’liq Agar transportirovka va saqlash harorati juda yuqori yoki juda past bo‘lsa, vaksina o‘z samaradorligini tez yo‘qotadi.Demak, vaksinani ishlab chiqilgan paytidan, trasportirovka va
muzlatgichda saqlash, mijozga yuborish paytgacha vaksina uchun
sovuqda saqlash zanjiriga amal qilish zarur.
Sovuqda saqlash zanjiriga amal qilishga samarali vaksinani
muhtoj aholiga, ayniqsa bolalarga yetkazib berishni taminlaydigan
barcha insonlar, asbob-uskunalar va muolajalar jalb qilingan.
Sovuqda saqlash zanjiriga amal qilish zarurati:
Vaksinalar - bu sezgir biologik moddalar b o iib , ularning
samaradorligini ta ’minlash uchun 2-8°C haroratda saqlashi lozim.
Aks holda vaksinaning samadorligi pasayadi yoki umuman yo‘qoladi:
-yuqori saqlash haroratida;
- muzlatilganda;
- yorugiik nuri ta’sir etganda.
Samaradorlikning yo‘qolishi - tuzatib boimaydigan jarayon.
Demak, vaksinani saqlash sharoitiga qattiq amal qilish kerak.
Vaksina yuborish joyi va usullari
Chaqaloqlar va 1 yoshgacha bolgan bolalarni vaksinalashda
sonning old yonbosh qismi ma’qul hisoblanadi.
Kattaroq yoshdagi bolalar (yurishni boshlaganlar) va kattalar uchun
deltasimon mushak eng qulay yuborish joyi sanaladi.
Vaksinani sonning old yonbosh sohasiga yuborish dumba
mushagiga yuborishdan ko‘ra afzalligi shundan iboratki, dumba
mushagiga yuborishda ayniqsa chaqaloqlarda nerv holatining
o ‘zgaruvchanligi sababli nervini shikastlash xavfi mavjud.
Boshqa yana bir sababi shundan iboratki, sonning old yonbosh sohasi
mushak massasining hajmi dumba mushagi massasidan ortiqligidir -
muskul orasi in’eksiyasini dumba sohasiga yuborishdagi ayrim
urinishlar teri osti infeksiyasi bilan og‘ir mahalliy reaksiyaning
rivojlanishini keltirib chiqaradi.
Va nihoyat, gepatit V va qutirishga qarshi vaksinalar dumba
sohasiga yuborilsa, kamroq immunogen hisoblanadi. BSJ
vaksinatsiyasida deltasimon mushak sohasi (bilak o ‘rtasi)dan
foydalanish zarur, chunki bilakning yuqori boiishiga in’eksiya qilish
kelloidli chandiqning rivojlanish xavfini keltirib chiqarishi mumkin.
Vaksina yuborishning standart texnikasi va ignaning o‘lchami
1.Infeksiyasi tarqalishi va igna sanchib oldini olish maqsadida kasb
xavfsizligining standart choralariga amal qiling.
2.Har bir in’eksiya yuborishida yangi, steril bir martalik
shpritslardan foydalaning.
3. Katta miqdordagi doza bolgan ampulalardan
foydalanmang.
Agar shunday ampuladan foydalanilsa, shpris yoki ignani ampulaga tegmasligini nazorat qiling.
4.Ishlatilgan igna va shpritslarni qaytadan ishlatilishi va ignadan
jarohatlanishning oldini olish maqsadida o‘tkazmaydigan butun (teshik emas)
konteynerlarda saqlang.
5.Aksariyat vaksinalarni muskul to ‘qimasiga chuqur yuboring.
Qisqa ignadan foydalanish teri osti infeksiyasining rivojlanish xavfini
oshiradi. Ayniqsa, bu inaktiv vaksinalarga tegishli.
6.Vaksinalarni yuborishda qo’laniladigan ignaning stan d a rt
kattaligi - 23, uzunligi 25 mm. 7. Qoidadan istisno holatlar: - 1oylik va undan kichik chala tug‘ilgan bolalar, shuningdek kichik vazn bilan tug‘ilgan chaqaloqlar uchun - igna kattaligi 23, uzunligi 25mm yoki igna kattaligi 26 uzunligi 16 mm bo‘lishi; - bilakning yuqori qismiga qilingan teri osti infeksiyalari uchun -igna kattaligi 25, uzunligi 16 mm (kichkina bolalar uchun igna kattaligi27, uzunligi 12 mm); - Katta odamlarga muskul orasiga infeksiyalar uchun – igna kattaligi 23, uzunligi 38 mm; - teri osti infeksiyalari - BSJ (silga qarshi) vaksinatsiyasi uchun -igna oichami 25-27, uzunligi 10 mm bolishi kerak.
Muskul orasiga vaksinatsiya qilishda ignani kiritish burchagi
Igna sonning yon mushagi yoki deltasimon mushakka 45-60 burchak
ostida kiritilishi lozim. Yon mushakka igna kiritilayotganda tizza
yo‘nalishi bo'yicha, deltasimon mushakka kurak yo‘nalishi bo‘yicha
kiritilsa nerv yuzaga keladi. Ignani 45-60 burchak ostida kiritilishi
mushakka kirishda to ‘qima qarshiligini kamaytiradi.
Dozalash
Vaksinaning dozasi uni qo’lash bo'yicha tavsiyanomalarga mos
kiling.
Izoh:
- past dozalar yetarlicha himoyani ta ’minlamasligi mumkin;
- past sinama dozalar tavsiya etilmaydi. Sinama doza sezgirligi
yuqori shaxslarda to ‘liq doza singari asosiy qo‘shimcha effektlar
paydo qilishi mumkinligiga ega. Demak, sinama doza vaksinatsiya
paytida qilinishi kerak emas;
- tavsiya etilgandan yuqori dozalar yuborilish joyida yoki
organizmda vaksinaning yuqori va xavfli tarkibini keltirib chiqarishi
mumkin.
Quruq vaksinalarni tayyorlash
1.Quruq muzlatilgan vaksinalarni foydalanish muddatlari bo‘yicha
tavsiyalarga muvofiq to ‘g‘ri suyultirish va foydalanish vaqtida
tayyorlang.
2. Tiklangan vaksinalar yaroqsizlik belgilari bor yo‘qligi
tekshiring (rang va xiraligi).
Yodda tuting: qizamiqqa qarshi vaksina qisqa muddat ichida xona harorati sharoitida yaroqsiz
bo‘lib qoladi.
3.Vaksinani tiklash uchun 21- o‘lchovdagi steril ignada,
vaksinani yuborish uchun 23 o ‘lchovdagi uzunligi 25 mm bo‘lgan
ignadan foydalaning.
Ampuladan shpritsga vaksinani tortish
1.Ampuladan shpritsga vaksinani rezina tig‘ini orqali tortishda yangi
ignadan foydalaning.
2. Agar vaksina ochiq ampuladan tortilsa, shu ignaning o ‘zidan foydalanish mumkin. Mayda havo pufakchalarini yo‘qotish shart emas.
3.In’eksiya uchun qo’laniladigan igna yoki shpritsdan ampuladan
vaksina tortishda zaharlanish xavfi tufayli foydalanmang.
4.Ko‘p dozali apmulalarda ham foydalanmang, tanlashning
iloji bo‘lmaydigan holatlardan tashqari.
vaksinaning foydasi kam boiadi.
Vaksinani tayyorlash texnologiyasi
Qizamiq, epidemik va qizamiqli qizilchaga qarshi vaksina quruq
muzlatilgan preparat bo‘lib tarkibi qizamiq, parotit va qizamiqli
qizilchaning tirik kuchsizlantirilgan virusidan iborat bo'ladi.
Izoh:
Liofilizatsiyalangan vaksina ishlab chiqaruvchi tomonidan qo‘shib
berilgan erituvchi yordamida yuborishga tayyorlanadi. Bu vaksina
tayyorlangandan keyin 1 soat ichida ishlatilishi lozim. Tayyorlangan
qizamiqqa qarshi vaksina ju d a ham barqor b o ‘ladi va xona haroratida o ‘z samaradorligini yo‘qotadi, 22-25°C haroratda 1 soat ichida vaksina samaradorligi 50% yo'qoladi, 37°C yuqori haroratda 1 soat mobaynida to ‘liq inaksivatsiya boshlanadi.
Bitta doza 0,5 ml mushak orasiga yoki chuqur teri ostiga yuboriladi.
Immunizatsiya retsepiyent (vaksina qabul qiluvchi)larning 95%
uchchala virusga ham immunitet hosil qiladi. Vaksina yuborilishi
bilan hosil boigan antitelo (zich jismlar). Endemik kasallik mavjud
bo‘lmasa 16 yilgacha turg‘un bo‘ladi.
Qo‘shimcha ta’sirlar
- Emlashdan keyin holsizlik, isitmalash yoki toshmalar toshishi
mumkin. U belgilar vaksinatsiyadan bir haftadan keyin namoyon
bo‘ladi va ikki uch kun davom etadi.
- Bir ikki yoshdagi 6000 ziyod bola ishtirokida o ‘tazilgan
tadqiqotlarda belgilangan sipmtomlar tabiati, chastotasi, vaqti va
davomiyligi b o ‘yicha o ‘xshashaligini ko‘rsatdi. Vaksinatsiyadan
keyingi 6-11 kun mobaynida bolalarning 0,1 % tirishishlar qayd
etilgan. Quloq oldi bezlarining shishishi 4 yoshgacha b o ig a n
bolarning 1 % odatda 3-haftada, ba’zida esa kechroq kuzatilgan.
Entsefalit rivojlanish holatlari 1 millionga 1 tani tashkil etadi.
- Chegaralangan xarakterdagi trombotsitopeniya ushbu 3
komponetli vaksinadan qizilcha komponenti bilan bogiiq.
- Ota-onalami ehtimoliy simptomlar haqida xabardor qilish va
haroratni tushirish, shu jumladan vaksinatsiyadan keyin 5-12 kun
mobaynida paratsetamol ichirish bo‘yicha tavsiyalar berish lozim.
Bundan tashqari post vaksinatsiya sindromi infeksiya hisoblanmasligini
aytib, ota-onalami tinchlantirishi lozim.
- Jiddiy va yaqqol namoyon b o ig a n reaksiya holatlar haqida
tegishli shaxslami xabardor qilish lozim.
Qarshi ko‘rsatmalar
- Og‘ir kasallik bilan og‘rigan yoki zaif immunitetli bolalar,
immunosupressiv terapiya yoki radioterapiya yoki katta dozada
gormonal preparatlar (3 mg/ kg prednizalon) qabul qiluvchi bolalar;
- neomitsinga allergiyasi bor bolalar;
- emlash paytida o ‘tkir isitmalash holatidagi bolalarni emlash
sog'aygungacha qoldiriladi;
- 4 hafta davomida boshqa tirik vaksinalarni (shu jumladan BSJ)
qabul qiluvchi bolalar. 3 komponetli vaksina bilan emlashni hech
bo'lmaganda so‘ngi vaksinatsiyaning oxirgi kunidan boshlab bir oy
muddatga qoldirib turish lozim;
- agar bu vaksina bilan ayol kishi emlansa, (qizilchaga qarshi
emlanganidek) emlashdan keyingi 2 oy mobaynida homiladorlikdan
saqlanishi lozim;
- ushbu vaksina immunoglobulin yoki toza qon olingandan keyingi
3 oy ichida yuborilmasligi lozim.
Vaksinatsiyadan keyingi kuzatuv
1.Vaksina qabul qiluvchi (retsepiyent)lar ma’lum bir vaqt mobaynida
kuzatuv ostida bo‘lsing.
2. Vaksina qabul qilgan mijozlar emlash xonasida 15 daqiqagacha o ‘tirib tursin.
3. Eng jiddiy hayotga xavf tug‘diruvchi reaksiyalar emlashdan keyingi 10 minut
ichida sodir bo‘ladi.
Bolalar va chaqaloqlarda anafilaktik shok eng katta reaksiya sanaladi.
Vaksina yuborilishi bilanoq yoki ozroq vaqt o‘tgandan keyin xushdan ketish, kattaroq yoshdagi bolalar va kata yoshli odamlarda eng ko‘p tarqalgan reaksiya hisoblanadi.
Shu sababli kattalarni vaksinatsiyadan keyingi 1 soat ichida avtomobil boshqarish
yoki stanokda ishlash xavfliligi to ‘g‘risida ogohlantirish lozim.
Anafilaktik reaksiya
Eskirgan vaksinatsiyadan keyingi anafilaktik reaksiya holatlari kam
bo‘lsa-da, ular taqdirida bor holatlar bo‘lishi mumkin. Vaksinatsiya
bilan shug‘ullanadigan tibbiyot xodimlar, anafilaktik reaksiya
konvulsiya yoki xushdan ketish holatlarini farqlay olishi zarur.
Xushdan ketish holati nisbatan yoki o‘smirlarda vaksinatsiyadan
keyin tarqalgan, biroq kichkina bolalarda ham kuzatiladi, to^atdan
xushdan ketish hollarida qattiq puls mavjud bo‘lgan holatlardan
tashqari, anafilaktik shokka shubha qilish mumkin.
Anafilaktik reaksiya belgilari
Anafilaktik reaksiya - tezda boshlanadigan, tomirlar kollapsi bilan
xarakterlanadigan reaksiya, uncha og‘ir b o ‘lmagan (va k o ‘p
uchraydigan) shakllarida generallashgan eritma va eshakem, nafas
traktining yuqori va quyi bolishi obstruksiyaning dastlabki belgilari
sanaladi. Og‘ir holatlarda esa dastlabki belgilarga cho’loqlanish, rang
oqarish, xushdan ketish va gipotoniya belgilari qo'shiladi. Vaksinatsiya
bilan shug'ullanuvchi tibbiy xodim anafilaktik reaksiyaning
quyidagi belgilari va simptomlarini farqlay olishi zarur:
- teri simptomlari, misol uchun, tezda eshakemning paydo bo‘lishi
(dumaloq shaklda, chetlari eritematoz ko'tarilgan va markazi oqargan,
qichiydigan pufaklar);
- quyi nafas yo‘llaridan obstruksiya belgilari masalan, tovushning
xirillashi va halqumda hiqildoq va kichik tilda qon tomirlarining
shishishini keltirib chiqaruvchi stridoroz nafas;
- nafas yo‘lining quyi bo'limidagi obstruksiya belgilari, misol
uchun, to ‘sh ostida og‘irlik borligini su b ’ektiv his etish va
bronxospazm sababli nafas chiqargandagi xushtakli hansirash;
- abdominal tirishishlar va diareya;
- bolalardagi og‘ir anafilaktik reaksiya belgilari hisoblanadigan
oqsoqlik va rangsizlik belgilari;
- taxikardiyaga bogiiq yaqqol nomoyon bo'ladigan gepatomiya va
yurak tomir tizimi buzilishining boshqa belgilari, misol uchun, sinusli
taxikardiya yoki og‘ir bradikardiya.
Anafilaktik reaksiyani davolash algoritmi:
1.Vaksinatsiya paytida adrenalin doimo qo’l ostingizda bo‘lsin!!!
2. Mijozni chap yoniga yotqizing !
3. Agar mijoz xushsiz bo‘lsa, og‘iz va yutqun yoki endotraxeal zond kiriting !
4.Mushakka chuqur tarzda adrenalin yuboring!
(Agar kuchli markaziy puls bo‘lsa va mijoz holati yaxshi bo‘lgan holatdan tashqari holatlarda).
5.Adrenalin dozasi quyida keltirilgan
- Agar mijoz ahvoli 10 daqiqa ichida yaxshilanmasa, adrenalin
dozasini maksimum 3 dozadan oshirmasdan takrorlang !
- Agar kislorod boisa niqob orqali kilorod bering, juda sekin !
- Shoshilinch yordam shifokorini chaqiring!
- Mijozni yolg‘iz qoldirmang!
- Zarurat tug‘ilganda yurak-o‘pka reanimatsiyasini amalga oshirishni boshlang !
- Barcha holatlarda kuzatish va davolash maqsadida mijozni kasalxonaga
yotqizing !
- Ko‘pincha suyuqlik hajmini toidiring va adrenalinning
qo‘shimcha dozasini qiling ! (hattoki adrenalin infuziyasini).
- Adrenalin tavsiya etilgan dozasi - 0.01 ml / tana vazniga chuqur
mushak orasiga in ’eksiya qilinadi. Adrenalin 1:100 tarkibi 1 mg
adrenalin 1 mlga.
Quyidagi jadvalda tana vazni aniq bo‘lmagan mijoz uchun adrenalin
dozasi keltirilgan:
1 yoshgacha - 0.05 - 0.1ml
1-2 yosh - (taxminan 10 kg)-0.15 ml
2-3 yosh - (taxminan 15 kg)-0.2ml
4-6 yosh - (taxminan 20 kg)- 0.2 ml
7-10 yosh - ( taxminan 40 kg)- 0.3 ml
11-12 yosh - ( taxminan 40 kg)-0.4 ml
12 yosh va undan katta - 0.4-1.0 ml (1.0 ml- maksimmal doza).
Adrenalin qo’lanilishi - bu preparatning har doim topish mumkinligi
sababli tavsiya etilgan.
Adrenalinning kichik dozalarini o‘lchashning boshqa usuli - 10
yoshgacha bo'lgan bolalarga 1:10000 nisbatda adrenalinni qoilash:
agar 1:10000 nisbatdagi adrenalin ampulalari b o ‘lmasa 1:1000
nisbatdagi 1 ml adrenalin ampulasini 9 ml suvda yoki in’eksiya uchun
normal fiziologik eritmada eritish lozim.
1:10000 adrenalin dozasi 1 kg tana vazniga 0,1 ml mos keladi
(maksimum 3 ml).
Agar bola vazni aniq bo‘lmasa uni taxminan hisoblab chiqish
mumkin. Shundan kelib chiqib har bir yoshga 0,3 ml yuborish
(maksimum 3 m l) lozim.
Adrenalinning 1:1000 dozalari kattalar uchun 0,5 ml yoki 1,0 ml
adrenalin yuborilishi zaruriy hollarda 3 martagacha takrorlanadi. 0,5
ml dozani keksalar va nozik gavda tuzilishiga ega mijozlar uchun
yuborish lozim.
Anafilaktik reaksiyaning barcha holatlari to ‘g‘risida tegishli
shaxslarni xabardor qilish lozim.
Topshiriqlar: 1.Vaksinalar saqlash algoritmi harakatlari qanday
2.Muammoli masala: Yozh hamshira chaqaloqka vaksinani dumba mushagiga yubordi. Hamshira qanday hatoga yul qo’ydi
3. Muammoli masala: 7 yoshli qizchasi shamollab qoldi va kechasi bilan tana harorati ko’tarilishi ko’zatilgan(38 gr).Kizchaning onasi unga paratsetamol dori ichish uchun berdi.Ertalab onasi qizchasini navbatdagi vaksinatsiuya uchun poliklinikaga olib bordi.Vaksinatsiydan keyin darhol kizchasi onasi bilan yuga ketgach, yuga yetolmay kuchada husdan ketdi. va unda tutqanoq ko’zatildi.Hamshira qanday hatoga yul qo’ydi va kizchasiga tez tibbiy yordam algoritmi nimadan iborat
Dostları ilə paylaş: |