Teri qizaradi va ushlab koʻrganda iliq tuyuladi (reaksiyaning ikkinchi fazasi). Bemor ilib, juda rohatlanadi, yengil tortadi va tetik boʻladi. Sovuq va salkin suv taʼsirini mexanik taʼsirot — ishqalash, uqalash bilan qoʻshib olib borilsa, rohatbaxsh sezgi paydo boʻladi.

Indefferent, yaʼni gavda temperaturasiga yaqin temperaturadagi suv tinchlantiruvchi taʼsir koʻrsatadi, biroq muolajaning uzoq davom etishi odamni xrldan toydiradi.
Iliq suv nerv sistemasini tinchlantiradi va uyquning yaxshilanishiga yordam beradi.
Issiq suv taʼsirida dastlab teri tomirlari qisqa muddatga torayadi. Bunda yurak urishi tezlashadi, kon bosimi bir oz oshadi, koʻp ter chiqadi. Keyin teri tomirlari juda kengayib ketadi, biroq tana ancha issiq suv ichida boʻlganidan issiklik ajralmaydi. Bu muolajada yurak tomir sistemasiga zoʻr kelishi sababli qon aylanishining buzilishi, stenokardiya, gipertoniya kasalligida, shuningdek, roʻyi rost aterosklerozda issiq suv muolajalari buyurilmaydi.

Suv bilan davolashd.da temperatura taʼsirini, muolaja davomliligini, taʼsir etish maydonini oʻzgartirish yoʻli bilan organizmning qator aʼzolari va sistemalarida turli reaksiyalarni paydo qilish mumkin.