часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
январрь
, 202
3
г
483
nazariya sifatida xozirgi davr jamiyat ijtimoiy xayotini ilmiy jihatdan o'rganishda muhim
ahamiyatga egadir.
Oila-nikoh munosabatlarining asosiy sotsiologik tushunchalariga quyidagilar kiradi:
Oilaviy xayot sharoiti, oila tarkibi, oila funksiyasi, oila turmush tarzi, oilaviy mafkura va
boshqalar.
Bu tushunchalar oila-nikoh munosabatlarining eng muhim jihatlarini o'zida
ifodalaydi.
Oila jamiyat ijtimoiy tarkibining muhim elementi sifatida o'ziga xos ijtimoiy
vazifalarni bajaradi. Oilaning ijtimoiy vazifasi (funksiyasi) deganda, oila va uning a'zolari
hayot faoliyati, faollikni namoyon qilish usuliga bag'ishlanadi. Ularga quyidagilar kiradi:
biologik ko'payish, tarbiyaviy, xo'jalik-iqtisodiy, o'zaro yordam, kommunikativ, regulyativ
kabilar.
Ayniqsa, oilada bola tarbiyasi, keksalarga yordam, mehnatga layoqatini
yuqotganlarga g'amxurlik qilish, oilaviy an'analarni saqlash va ma'naviy munosabatlarni
tartibga solish kabi muhim ahamiyatga ega ijtimoiy munosabatlar mujassamlashgandir.
Oilada "voyaga yetgan, mehnatga layokatli farzandlar o'z ota- onalariga g'amxurlik qilishga
majburdir".
Shunday qilib, "oila turmush va vijdon qonunlari asosida quriladi, o'zining ko'p
asrlik mustaxkam va ma'naviy tayanchlariga ega bo'ladi, oilada demokratik negizlarga asos
solinadi, odamlarning talab extiyojlari va qadriyatlari shaqllanadi".
Xozirda, turli mamlakatlarda, jumladan O'zbekiston respublikasida ham oilaning
moddiy ne'matlar ishlab chiqarish funksiyasining salmog'i yanada ortmoqda. Bozor
munosabatlarnining tarkib topishi natijasida bu funksiyaning bajarilishi, oilaning boshqa
funksiyalarini faol amal qilishiga sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. Masalan: oilaviy kichik
korxonalar, ustaxonalar, kooperativlar, oilaviy fermer xo'jaliklari, ijara qudratlari kabi ishlab
chiqarish funksiyasining amal qilishi bilan jamiyat taraqqiyotida nafaqat iqtisodiy jihatdan
ahamiyatliroqdir, ko'p jihatdan aholini ijtimoiy foydali mehnat bilan band qilish,
xo'jalikuchun zarur mollar bilan taʼminlash (xo'jalik-iqtisodiy funksiyasi) bolalarda
yoshlikdan mehnat kunikmalarini shakillantirish (tarbiyaviy funksiyasi), ijtimoiy-psixologik
(o'zaro yordam funksiyasi), oila byudjetini ta'minlaydi. Er-xotin va farzandlar o'rtasidagi
ruhiy uyg'unlikni (kommunikativ funksiyasi) mexr-oqibat munosabatlarini yanada oshiradi.
Oila asosini nikoh munosabatlari tashkil qiladi. Nikoh - bu tarixan vujudga kelgan er
va xotin o'rtasidagi munosabatlarning ijtimoiy-ahloqiy shaqlidir. Nikoh orqali jamiyat er-
xotinning o'zaro jinsiy xayotini tartibga soladi va ularning oiladagi huquq-burchlarini
qonunlashtiradi. Shu bilan birga, oila nikohga nisbatan yanada murakkabroq bo'lib, nafaqat
er-xotinni, balki ularning farzandlarini va shu oila tarkibiga kiruvchi qarindoshlarni ham o'z
ichiga oladi.