часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
январрь
, 202
3
г
484
Oila ijtimoiy institut sifatida muayyan darajalarga ega bo'ladi. Dastlab, er- xotinning
nikohdan o'tishi oqibatida oila vujudga keladi. Birinchi farzandning dunyoga kelishi esa
bolali oilani yuzaga keltiradi. Bu holat oilani yanada mustaxkamlaydi. Xattoki, bir-birlarini
sevib kurilgan oila ham, agarda farzandli bo'lmasa, mustaxkam bo`la olmaydi, bundan
ko'rinib turibdiki, oilaning avlod qoldirishlik funksiyasi jamiyat xayotida ham, oila
mustaxkamligini saqlashda ham muhim rol o'ynaydi. Oilaning yana bir darajasi - ko'p bolali
oilalar soni xozirga kelib, maʼlum ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta'siri bilan borgan sari kamayib
ketmoqda.
Oila tipining muhim belgilari quyidagilar hisoblanadi: oila a'zolarining yoshi,
oiladagi bola soni, murakkab oilalar, bunday oilalar bizning sharoitimizda ko'plab uchraydi.
Bunady oila tarkibi bir necha - ikki yoki undan ortiq nikohli juftdan iborat bo'ladi.
Respublikada oilaning o'rtacha soni 5,5 kishidan iborat, bir qancha viloyatlarda esa 6
kishidan iborat, bu ko'rsatkich MDX ning Yevropa qismidagi mamlakatlarida 3,2 kishini
tashkil kishini tashkil etadi.
Davlatning vujudga kelishi bilan oilaviy xayotni boshqarish huquqiy harakterga ega
bo'lgan. Nikohni yuridik jihatdan rasmiylashtirish nafaqat er-xotin oldiga, balki davlat oldiga
ham muayyan javobgarlik (burch, vazifa, ma'suliyat) kuyadi. Shundan boshlab oilaviy
munosabatlar muammolarini na'zorat qilish, huquqiy jihatdan boshqarish davlat zimmasiga
yuklatildi.
Nikoh munsabatlarini, yolg'iz yashovchilari, oilaviy buzilish sabablarini o'rganish
jamiyat ijtimoiy tarkibini ijobiy rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Oddiy bir misol:
diniy munosabatlar asosida, avval nikoh muqaddas hisoblanar edi. Sobik totalitar tizim
asorati sifatida biz bu masalaning ancha keyingi o'rinlardan biriga surilib qolganligini guvoxi
bo'lib turibmiz.