Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-507-510
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 508 www.ares.uz
operatorlari orasida birinchi bo‗lib turistik sim-kartalar va ikki maxsus tarif-rejasini
joriy qildi – Uzbekistan Pass 2000 i Uzbekistan Pass 5000. Ular O‗zbekistonga
tashrif buyurgan sayyohlarga mobil aloqa va Internetdan foydalanish imkonini
beradi. UMS shuningdek Uzbekistan Pass navigatoriga mobil Internet trafigi uchun
xarajat qilmay, imtiyozli kirish imkonini taqdim etadi. Sayyohlar uchun ikki xil - 5 va
10 dollarlik tariflar taklif etiladi.
Uzbekistan Pass o‗z sayti va mobil ilovasiga ega, uni market yoki v App
store'dan yuklab olish mumkin. Kompaniya O‗zbekistonga keluvchilar uchun
cho‗ntak formatidagi ko‗p tilli qo‗llanmalarni tayyorlagan, tizimga ulangan
foydalanuvchilar ularni mutlaqo bepul qo‗lga kiritishlari mumkin. Unda
O‗zbekistonning har bir viloyati, diqqatga sazovor maskanlari, tarixiy qadamjolari,
oshxonasi, bayramlari va sayyohlar uchun foydali boshqa ma'lumotlar bor. Bundan
tashqari, ilova orqali turpaket sotib olish yoki gid xizmatiga buyurtma berish
mumkin.
Sayyohlarning to‗liq xavfsizligi uchun SOS tugmasi ishlab chiqildi.
Favqulodda vaziyatlarda sayyoh Uzbekistan Pass servisi mobil ilovasidagi SOS
tugmasini bosib, yordam olishi mumkin. Diskont karta egasi bo‗lgan sayoh uni
faollashtirgan taqdirda avtomatik ravishda tibbiy sug‗urtaga ega bo‗ladi.
Shuningdek ilovada "Mobil navigator" mavjud. Uning o‗ziga xosligi shundaki,
turist borishi kerak bo‗lgan joyni belgilab, avtomatik ravishda yo‗nalish va yetib olish
vaqti hamda yaqin oradagi inshootlarga doir to‗liq ma'lumotni oladi. Yangi tizim
sayyohga ijaraga mashina olishni yoki taksiga buyurtma berishni taklif qiladi.
Dostları ilə paylaş: