Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-507-510
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 507 www.ares.uz
SMART TURIZM
Baxrom Boxodirovich Xashimov
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti asistenti
baxrom_akrombek@mail.ru
ANNOTATSIYA
Smart turizm haqida gaplashishdan avval turizm
nima ekanligini bilib
olishimiz lozim. Turizm so'zi (fransuzcha: our — sayr, sayohat), sayyohlik —
sayohat (safar) qilish; faol dam olish turlaridan biri.
Turizm deganda jismoniy
shaxsning doimiy istiqomat joyidan sogʻlomlashtirish, maʼrifiy,
kasbiyamaliy yoki
boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq toʻlanadigan
faoliyat bilan
shugʻullanmagan holda uzogʻi bilan 1 yil muddatga joʻnab ketishi (sayohat qilishi)
tushuniladi.
Kalit so`zlari:
turizm, O`zbekiston, smart, rivojlanish, UMS.
KIRISH
O'zbekistonda ham turizm kundan-kunga rivojlanmoqda. Shu bilan bir qatorda, smart
turizm ham. Smart turizm O'zbekistonda ham rivojlanishi
uchun qanday islohotlar
amalga oshirildi? Birgalikda ko'rib chiqamiz:
Smart-turizm: Sayyohlar qulayligi uchun Uzbekistan
Pass onlayn servisi ishga
tushirildi.
Toshkent shahridagi LOTTE City Hotel Tashkent
Palace mehmonxonasida
Uzbekistan Pass onlayn servisining ochilish marosimi bo‗lib o‗tdi.
Turizmni
rivojlantirish davlat qo‗mitasi vakillari shu haqida xabar berishdi.