Page 40
ma’lumotingizning mazmunini kuchaytiradi. Yuz ifodasining turli-tuman bo’lishi
tinglovchining diqqati va qiziqishini ushalab turishda asosiy kalit bo’lib xizmat qiladi.
Sizning yurishingiz, turishingiz yoki o’tirganingiz ikkiyoqlamalik noverbal ma’noga
ega. Qomat o’zingiz va tinglovchi haqida nimalarni o’ylayotganingizni ko’rsatadi.
Bukchaysangiz, oyoqlaringizni bir-biriga urishtirsangiz, bu o’zingiz va atrofdagilarga
befarqligingizni bildiradi. Agar bog’lab qo’yilgandek bemalol harakatlanmasangiz
tashvishlanyotganday o’zingizga ishonmayotgan ko’rinasiz. Albatta bu noilojlikdan
kelib chiqadi, ammo har qanday vaziyatda o’zingizning pazitsiangzini a’lo darajada
ko’rsatish uchun mayor chegarasidan chiqmasligingiz kerak. Vaziyat talab qilayapdimi
erkin bo’ling, lekin chegaradan chiqmaslikka harakat qiling, faollik qiling, biror
kayfiyatingiz bo’lmagan paytda kuchli hayajonga berilib ketmang. Buning siri inson o’z
o’zini nazorat qilishda. Agar boshqalar ko’z o’ngizda o’zingzining qandayligingzini
tushunsangzi bundan o’zingzi istayotgan ko’rinishda bo’lish uchun foydalanishingiz
mumkin.
Sizning ovozingiz – sizing qurolingiz. Ovoz balandligi, ohangi, ifodalilik va bularni
ishlata olish maxorati sizning fikirlaringizni ochiq va ravshan ifodaydi hamda
ma’lumotingizni qabul qilayotgan tinglovchini tasirlantiradi. Agar parirayotganingizda
ovozingiz ming’irlab chiqsa tinglovchini zeriktirasiz. Agar ovozingizda qorquv bo’lsa
yoki tez-tez gapirsangi, ovozingizni boshqara olmasangiz tinglovchini ham qiyin
axvolga solasiz. Mashxur aktiyo’r Richard Barton o’z auditoriyasini yondaftarchasiga
yozilgan gaplarni muloyim ohangda o’qib qoyil qoldirishni yaxshi ko’radi.
Aytishlaricha Avram Linkolin Gettisbergning unutilmas murojatlarini deyarli shivirlab
aytar ekan. Men unisini ham, bunisini ham tavsiya qilmayman. Siz nutq so’zlamayapsiz,
siz o’z tinglovchilaringiz bilan gaplashyapsiz. Bu holatda o’z ovozingizga suxbat talab
qiladigan tus bering. Kotarinki rux, ilxom, xilma-xillik, samimiylik va boshqalar
bo’lishi mumkin.
Matinni hech qachon auditoriya oldida o’qimang. O’qilgan va og’izaki aytilgan
gaplar o’rtasida katta farq bo’ladi. Yaxshi tuzulgan, yaxshi yozilgan nutq qog’ozdagina
tasirli bo’lishi mumkin. Ammo ovoz chiqarib o’qilganda beo’xshov va qiziqarsiz
chiqadi. Matinni yodlamasak, o’qimasak u holda nima qilish mumkin? Nutqni
tayyorlaymiz, uning rejasini tuzamiz, qog’ozga maruza qilib yozib olamiz va
foydalanamiz. Albata kichkina va vertikaliga reja tuzib olishimiz maqsadga muofiq
bo’ladi. Unga eng kerakli so’zlarni yozib olamiz va o’z nutqimizni bayon qilamiz.
Qarmoq – bu diqqatni jalb qilish uchun foydalaniladigan maxsus takid yoki narsa-
buyum. Qarmoq televizor ko’rayotganigizda, radio tinglayotganingizda, kitob yoki
gazeta, jurnal o’qiyotganingizda, reklama lavxalani ko’zdan kechirayotganingizda
ertalabdan kechkacha ko’z oldingizda ko’rinib turadi. Gazetalar doimo qarmoqdan
foydalaniladi. Bu qarmoq ulardagi sarlavxalardir. Qarmoq jiddiy, samarali yoki xazilga