Page 114
uni uqish bilan shakllanadi. Shu sabbali tyurtimizda katta va kichik yoshlar orasida
kitobxonlik va kitob o‘qish an’anasi kenhg targ‘ib qilinmoqda va bu tashabbus orqali
xalqimizning barcha qatlami kitobga allaqachon yana-da ko‘proq mehr qo‘yishga
ulgurdi. Har yili o‘tkazilib kelinayotgan kitobxnlik tanlovlari yoshlarning bilimini
tajribada sinash uchun asos bo‘lmoqda.
3. Tadqiqot natijalari Internet resursi jadallashib rivojlanayotgan zamonda yoshlarning ilm olishi va
unga ergashishi sezilarli darajada osonlashdi, sababi: netvorking orqali dunyo yoshlari
o‘z fikr-mulohazalarini ijtimoiy tarmoqlarda yoritib berishi natijasida yoshlar bir-
biridan o‘rganib, dunyo talabiga mos fikrlamoqda. Uchinchi Renessans davrining
gurkirashida ijtimoiy tarmoqlar katta ahamiyat kasb etadi. Jahonga tahdid solayotgan –
kovid-19 kasalligi tufayli ta’lim jarayonlari va ko‘p bellashuvlar onlayn formatda bo‘lib
o‘tishi odatiy holga aylanib qoldi. Demak, endilikda internet tarmog’i hayotimizning
ajralmas qismi sifatida alohida muhimlikka egadir. Ijtimoiy tarmoqlardan yoshlarning
qay maqsadda foydalanishiga bevosita ma’naviyatning bir bo‘g‘iniga aylanib qolmoqda.
Quvonarlisi, yurtimizda kompyuter savodxonligi, dasturlash bilimini egallash uchun
yoshlarga kerakli shart-sharoitlar yaratib berolmoqda.
Internet tarmoqlardan foydalanish madaniyati ma’naviyatning asosiy
masalasidir. Hozirgi kunda tarmoqlarning xavfsizlik darajasi va ulardan unumli
foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish bevosita davlat tomonidan kafotlanishi zarur.
Internet va undagi kontentlar yosh avlodning ma’naviyat dunyosiga o‘z ta’sirini
o‘tkazmay qolmaydi. Undan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish hammamizdan birdek
mas’uliyat talab qiladi.
Maktablarda o‘quvchi yoshlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun hukumat o‘zining
barcha imkoniyatlarini safarbar qilmoqda. Iqtidorli va past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar
bilan ishlash jarayonlarida o‘qituvchilar metodikasida jahon standardlariga javob bera
oladigan o‘zgarishlar yuz berdi. Ta’lim muassasalari rahbarlari bilim va salohiyatini,
liderlik qobiliyatlarni oshirish uchun malaka oshirish kurslari tashkil qilishi yo‘lga
qo‘yildi. Ayniqsa, xalqaro, respublika, viloyat va tuman darajasida o‘z bilimi va kuchi
bilan bellashuvlarda g‘olib bo‘layotgan yoshlarni munosib taqdirlash mexanizmi yo‘lga
qo‘yib kelinoqda va bu, albatta, yoshlarni yorug‘ kelajakka, ularning davlat va jamiyat
hayotida o‘z o‘rinlari borligiga ishontiradi, inontiradi! Mana shunday sharoitlarga
munosib javob berayotgan yoshlar faoliyati televideniye, matbuot va internet
nashrlarida muttasil va mufassal yoritib kelinishi respublika bo‘ylab barcha yoshlarga
ruhiy dalda va motivatsiya beradi.
Yoshlar jamiyatimizning buguni va ertasidir. O‘zbekistonning eng katta boyligi
hamda bebaho xazinasi yoshlardir. Mamlakatimizda bizning huquq, manfaatlarimizni
himoya qilish, zaruru shart-sharoitlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza