RESEARCH FOCUS | VOLUME 1 | ISSUE 2 | 2022
ISSN: 2181-3833 ResearchBip (14) | Zenodo | Google Scholar
|
UIF (8.3)
Research Focus, Uzbekistan 176 www.ReFocus.uz
TILSHUNOSLIKNING GUMANITAR FANLAR BILAN O’ZARO MUNOSABATI VA
BOG’LIQLIGI
Akramjonova Gulandom Ibrohimjon qizi
Andijon davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.7326978
Annotatsiya:
Ushbu maqola orqali biz, avvalo, tilshunoslik fani keyin esa uning boshqa
gumanitar fanlar bilan o’zaro aloqalarini, ularning qay tomonlama bir-biriga bog’liq ekanligini,
qanday farqli va o’xshash jihatlari mavjudligini o’rganamiz. Ushbu maqola bizga nafaqat
tilshunoslik bo’limi bilan, balki yana boshqa gumanitar fanlar bilan ham bir qator tanishib
o’tishimizga kerakli va foydali manbaa bo’lib xizmat qiladi.
Kalit so’zlar:
tilshunoslik, gumanitar fan, tabbiiy fan, ijtimoiy fan, falsafa, didaktika,
psixologiya,
pedagogika,
sotsiolingvistika,
kompyuter
lingvistikasi,
etnolingvistika,
neyrolingvistika, pragmatika, matn tilshunosligi, gnoseologiya, diaxron tahlil, sinxron tahlil.
RELATIONSHIP AND CONNECTION OF LINGUISTICS WITH HUMANITIES
Abstract:
Through this article, we will study, first of all, the science of linguistics, and then
its interactions with other humanities, how they are related to each other, and what are their
differences and similarities. This article serves as a necessary and useful resource for us to get
acquainted not only with the department of linguistics, but also with other humanities.
Key words:
linguistics, humanitarian science, natural science, social science, philosophy,
didactics, psychology, pedagogy, sociolinguistics, computer linguistics, ethnolinguistics,
neurolinguistics, pragmatics, text linguistics, epistemology, diachronic analysis, synchronic
analysis.
KIRISH
Tilshunoslik fani o’zi nima? Ushbu fan asosan nimalarni o’rganadi? Kabi savollar
tilshunoslik fani bilan endigina tanishib chiqmoqchi bo’lgan o’quvchini, albatta, qiziqtirishi tabiiy
hisoblanadi.
Tilshunoslik bu tilning paydo bo’lishidan tortib, uning yillar, asrlar davomida qanday
rivojlanib borganligini hamda bugungi kunda qay darajada rivojlanayotganligini , til va tafakkur
o’rtasidagi munosabatlarni, til hamda jamiyat o’rtasidagi bog’liqlikni, tilning jamiyatdagi o’rni,
ichki tuzilishi, tilning tasnifi, uni tahlil qilish usullari va shunga o’xshash yana boshqa shu kabi
masalalarni o’rganuvchu fan hisoblanadi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Tilshunoslikni o’rganishda faqat o’zining doirasidan chiqmasdan o’rganish bu doirani
nihoyatda toraytirib yuboradi. Chunki tilshunoslikning ko’p tarmoqli ekanligi tilshunoslik fani
izlanuvchilariga ayon. Bunday ko’p tarmoqlilik, albatta, boshqa fanlar bilan o’zaro aloqa natijasida
yuzaga keladi. Ayniqsa tilshunoslik fani deyarli har bir fanga aloqador sanaladi, deyarli har bir fan
tarkibida ushbui fan bo’limlari mavjud. Tilni tilshunoslik bilan bir qatorda falsafa, psixologiya,
sotsiologiya, mantiq kabi gumanitar fanlar ham o’rganadi. Tilni o’rganishda ishtirok etadigan har
bir fanning tilga nisbatan o’zining turli xil munosabati mavjud. Tilshunoslik fanini umumiy
o’rganmoqchi bo’lgan inson , ya’ni umumiy tilshunoslik kursini chuqur anglab yetmoqchi bo’lgan
shaxs , albatta, shunday tilshunoslik bilan yondosh bo’lgan fanlardan ham xabardor bo’lishi kerak.
Tilshunoslik fanining o’zi ham gumanitar fan hisoblanadi. Biz ham maqolada aynan gumanitar
fanlar bilan aloqani o’rganamiz. Bu shuni ko’rsatadiki, tilshunoslik fani boshqa gumanitar fanlar
RESEARCH FOCUS | VOLUME 1 | ISSUE 2 | 2022
ISSN: 2181-3833 ResearchBip (14) | Zenodo | Google Scholar
|
UIF (8.3)
Research Focus, Uzbekistan 177 www.ReFocus.uz
bilan o’zaro qarindosh fan desak ham bo’ladi. Quyida birma – bir tilshunoslikning boshqa
gumanitar fanlar bilan o’zaro munosabatlariga bir – bir nazar tashlab chiqamiz.
Tilshunoslikning falsafa va mantiq bilan aloqalari:
Avvalo, falsafa faniga kelsak. Barcha fanlar falsafa fanidan ajralib chiqqani, falsafa fani
barcha fanlarning “onasi” ekanligi haqidagi ma’lumotlar qadimdan ma’lum. Shu qatori
tilshunoslik fani ham falsafa fani bilan uzviy bog’liq. Falsafa fani tilshunoslik metodikasini
belgilab beradi. Shunday ekan, falsafani o’rganmagan kishi tilshunoslik uchun xos bo’lgan
metodlarni tushuna olmaydi. Falsafa qonuniyatlarini bilmagan til o’rganuvchilari til va nutq
faoliyatiga sistema sifatida yondosha olmasligi aniq. Tilshunoslik falsafa fani bag’rida
shakllangani , til va mantiq o’zaro zich bog’langani sababli bir qator olimlar til kategoriyalarini
falsafa kategoriyalariga qiyosan o’rganadilar. Natijada tilshunoslikda mantiqiy va falsafiy
yo’nalishlar maydonga kelgan. Tilni tafakkurga munosabati asosida o’rganuvchi tilshunoslar
oqimi mantiqiy yo’nalishni tashkil qiladi. Tilshunoslik va mantiq o’zlari paydo bo’lgan va
uyg’unlashgandagi ilk davrlardayoq o’zaro munosabatda paydo bo’lgan, yunoncha logika ,
arabcha mantiq atamalarining negizida so’z va nutq yotgani ham fikrimiz dalilidir.
TADQIQOT NATIJALARI
Mantiqiy yo’nalish tilshunoslikdagi quyidagi muammolar bo’yicha fikr yuritadi :
1. Tilning gneseologiya bilan aloqasini ochish;
2. Tilning o’ziga xos tuzilish xususiyatlarini emas, balki barcha tillar uchun universal
tomonlarini yoritish;
3. Grammatik kategoriyalarni mantiqning universal kategoriyalari asosida aniqlash, so’zni
tushuncha asosida, gaoni hukm asosida izohlash va boshqalar;
4. Qanday til shakliga ega bo’lishdan qat’iy nazar, yagona tahlil tamoyili ishlab chiqish;
5. Diaxronik tahlildan ko’ra sinxron tahlilni ustun qo’yish, shu bilan bog’liq ravishda
tarixiy va qiyosiy – tarixiy grammatikaga nisbatan tavsifiy grammatikaga e’tibor berish;
6. Ko’proq gap va semantika tahliliga diqqat qilish.
Logika atamasi ilmiy muomalaga stoiklar tomonidan fikrning so’z yordamida
ifodalanishini bildiruvchi atama sifatida kiritildi. Qadimgi yunon faylasufi Arastu tafakkur
qonunlarini o’rganuvchi fan uchun analitika atamasini qo’llagan edi.
Tilshunoslikning psixologiya bilan aloqasi:
Psixologiya nima? U qanday fan? Avvalo shyu savolga javob topamiz. Psixologiya – inson
ruhiy jarayonlarining qonuniyatlarini o’raganadigan inson ruhiyati bilan bog’liq bo’lgan fan.
Tilshunoslikning psixologiya fani bilan bog’liqligini lingvistikaning boshqa sohalariga nisbatan
yangi sohasi bo’lgan psixolingvistika o’rganadi. Psixolingvistika atamasi ilk bora Amerika
olimlari tomonidan fanga, ya’ni ilmiy hayotga olib kirildi. Ilk marta bu atama 1946- yil Amerika
psixologi N.Pronko tomonidan “ Til va psixolingvistika” nomli maqolada qo’llanildi. Bu maqola
psixolingvistika haqidagi ilk ma’lumot manbasi edi. Lekin ushbu maqolada psixolingvistikaning
maqomi keng ilmiy jamoatchilik e’tirof etadigan darajada belgilanmagandi. 1953- yili Indiana
shtatida mashxur Amerika psixologlari J.Karol va CH. Osgud bilan taniqli tilshunos va etnograf
T.Siboek tomonidan o’tkazilgan seminarda tilshunoslik bilan psixologiya munosabatlari muhoka
etildi va bu ikki fan oralig’ida psixolingvistika nomi bilan yuritiluvchi alohida fan yo’nalishini
tashkil qilish lozimligi ta’kidlandi. 1954- yilda esa “Psixolingvistika” nomi bilan nashr etilgan
kollektiv monografiya tilshunoslik va psixologiya fanini bog’liqliklarini o’rganuvchi
psixolingvistikaning ilk asosiy o’rganish tamal toshi bo’ldi. 1953- yilda yozilgan “ Tilni o’rganish”
nomli asarda tilshunoslikning boshqa fanlar bilan, ayniqsa, psixologiya bilan munosabati chuqur
RESEARCH FOCUS | VOLUME 1 | ISSUE 2 | 2022
ISSN: 2181-3833 ResearchBip (14) | Zenodo | Google Scholar
|
UIF (8.3)
Research Focus, Uzbekistan 178 www.ReFocus.uz
tahlil qilingan. Psixolingvistika tilshunoslik va psixologiya fanlari oralig’idagi alohida fan
yo’nalishi sifatida belgilangan. Bugungi kunda dunyoning turli mamlakatlarida, jumladan
Angliya, Fransiya, Italiya, Ruminiya, Polsha, Chexoslovakiya, Gollandiya, Rossiya, Norvegiya,
Kanada singari qator mamlakatlarda psixolingvistika maktablari faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
MUHOKAMA
Psixologning ham xuddi tilshunoslik kabi asosiy quroli tildir. Har ikkala fan ham inson
ongiga tilning tasiri qanday ekanligini o’rganadi. Shuning uchun ham psixologiya va tilshunoslik
fanlari o’zaro uzviy bog’liqdir.
Tilshunoslikning tarix bilan aloqasi:
Tilshunoslik fani tarix fani bilan ham uzviy aloqadadir. So’zlarning tarixini, tilning lug’at
boyligini o’rganishda tarix fani tilshunoslik faniga juda ham katta yordam bera oladi. Negaki til
urug’ va qabila, millat va elatlarning tarixi bilan o’zaro chambarchas bog’langan. Bunday urug’,
qabila, millat, elatning qanday paydo bo’lgani, qay davrlarda yashagani esa tarix fanining
manbasidir. Shunga ko’ra kishilik jamiyatining tarixi tilde o’z aksini topadi. Tilshunoslik va
tarix fanlari bir – biri bilan har ikki tomonlama uzviy bog’liqlikka ega. Ya’ni tarix materiallari til
taraqqiyotini o’rganish uchun qanchalik muhim bo’lsa, til faktlari ham tarix fani uchun shunchalik
muhimdir. Biror – bir yozuvchining tilshunoslikka bag’ishlangan yoki tarixga bag’ishlangan
ilmiyb asarini o’qiganda undagi ma’lumotlat faqat shu fanlarning o’zi bilangina cheklanib
qolmasdan, boshqa fanlar haqida ham kerakli ma’lumotlar berib o’tilganligini guvohi bo’lamiz.
Bu ikki fanning bog’liqigiga tarix fanini alohida o’rganishda ham, tilshunoslik fanini o’rganishda
ham takror va takror guvoh bo’lamiz.
XULOSA
Biror bir fanni o’rganish, uni chuqur anglash uchun faqat shu fanninggina ustida
ishlashning o’zi xato bo’ladi. Buni chuqurroq anglab yetish uchun uning atrofidagi fanlarni ham
borma – bir o’rganib chiqish bu fanni chuqurroq anglashga katta yordam beradi. Negaki har
qanday fan bir – biri bilan uzviy bog’liqlikka ega. Buni bir tomondan hamma fan falsafa fanidan
ajralib chiqqan degan nazariyaga asosan olsak ham bo’ladi. Tilning boshqa fanlar bilan
munosabatini o’rganish ham uning yanada keng imkoniyatlarini ochib beradi. Sunday ekan birgina
manbaning o’zi bilangina cheklanib qolish tog’ri emas.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. O. Yusupova. Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi.
2. R. Majidova. Tilshunoslikning gumanitar fanlar bilan aloqasi.
3. O.Yusupova. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. O’quv qo’llanma. S. 2021
Dostları ilə paylaş: |