Xaltachani zichlab yoki bo‘shroq qoldirib to‘ldirishingiz ham mumkin. Shunga qarab yasalgan o‘yinchoqning xususiyatlari o‘zgaradi.
Xaltacha ichi to‘latilganidan so‘ng ipni oxirigacha torting va chok sitilib ketmasligi uchun mahkamlab tikib qo‘ying.
www.arxiv.uz
www.arxiv.uz
www.arxiv.uz
Koptokning tepa qismidagi burmalarni qiyiq chok yordamida qopcha ichiga buklab tikib qo‘ying.
Shu tartibda ikkinchi koptokni ham tayyorlab oling. Bu o‘yinchoqning bosh qismi bo‘ladi.
www.arxiv.uz
Andaza yordamida yana ikkita kichkina koptokcha tikib oling. Ular oyoqlar vazifasini o‘taydi.
Koptokchalar ipini tortib mahkamlashdan oldin ularning har biri ichiga bog‘ich qo‘ying. Shu tariqa ko‘z va tumshuqlarni ham yasab oling.
Ish barcha qismlarni o‘zaro birlashtirib chiqish bilan nihoyalanadi.
www.arxiv.uz
Mazkur ijod namunasi uchun qo‘shimcha bezaklarni o‘z xohishingizga ko‘ra tanlashingiz va o‘yinchoqqa qo‘shimchalar kiritishingiz mumkin.
www.arxiv.uz
www.arxiv.uz
Andazani qog‘ozga chizib oling. Tayyorlangan matoning o‘ngini ichkari tomonga ikkiga buklang.
Buklangan matoga andazani qo‘ying va qalam bilan chok haqini qoldirib chizib oling. Chiziq bo‘ylab qaychi bilan qirqing. Mana, sizda qirqilgan ikkita tana qismi hosil bo‘ldi.
Ularning biriga ko‘z va burun o‘rnini belgilab, tikib chiqing.
www.arxiv.uz
Ikkala tana qismini ag‘darib, ularning chetlarini birlashtirib tikib chiqing. Bunda ma’lum bir joyni tikmasdan ochiq qoldirishni unutmang.
Yaxlit tana qismi tayyor bo‘lgandan so‘ng ochiq qoldirilgan joydan matoni o‘ngiga ag‘daring. Tana ichiga paxta solib to‘ldiring. Ochiq joyni esa tikib qo‘ying.
Bu bezakli yostiqchani onangiz bilan birgalikda tayyorlasangiz yana ham yaxshi.