Iste’dodli bolalarni aniqlash va ularni tarbiyalash Reja: Iqtidorli bolalar bilan o`tkaziladigan tadbirlar. Kashf qilish texnologiyalari



Yüklə 30,36 Kb.
səhifə1/3
tarix14.04.2023
ölçüsü30,36 Kb.
#97919
  1   2   3
Iste’dodli bolalarni aniqlash va ularni tarbiyalash


Iste’dodli bolalarni aniqlash va ularni tarbiyalash
Reja:
1. Iqtidorli bolalar bilan o`tkaziladigan tadbirlar.
2. Kashf qilish texnologiyalari
3. Ta’lim berish uchun sharoit

Iste’dodning o’z vaqtida namoyon bo’lishi, tarbiyaga va qo’llab-quvvatlashga bog’liqdir. Har qanday jamiyatga iste’dodli shaxslar zarur. SHu nuqtai nazardan iste’dodli bolalarni aniqlash, tarbiyalash va o’qitish respublikaning bo’lajak aql-zakovatli va ijodiy fikrlovchi kuchlarni tayyorlashning yagona manbaidir.


Ijodiy qobiliyatlar rivojini samarali amlga oshirish uchun o’quvchilar iste’dodini aniq taxlil etish, bolalarning o’ziga xos psixologik jihatlarini va fazilatlarini hisobga olish zarur.
Turli yoshdagi iste’dodli o’quvchilarni namoyon etishda xozirgi kunda, avvalo maktab pedagogika jamoasi ruhiy-diagnostika tajribalardan unumli foydalanishlari zarur.
Yoshlar iste’dodining namoyon bo’lishiga qobiliyaьlarni aniq tahlil etish, bolaning o’ziga xos fazilatlarini hisobga olish ijodiy qobiliyatlar rivojini samarali amalga oshirish uchun zarur. Qobiliyatlarni rivojlantirish uchun jaraja va bosqichlari yangicha munosabatlar bilan bog’liq bo’ladi.
Qobiliyatning ma’lum bir darajadaistalgan o’quvchida shakllangan bo’lishi mumkin. Bu esa tashkil etilgan tarbiya va o’quv jarayoni sharoitlarida rivojlantiriladi.
O’quvchi yoshlar qobiliyatini rivojlantirish maqsadida iste’dod va iqtidorni ongli rag’batlatirish, mukammallik uchun sharoit yaratish, ularning ijobiy qiziqishlari rang-barangligini oshirish, turli ko’rgazmali tadbirlarda ishtirok ettirish, olimpiadalar, tanlovlar, uchrashuvlarga jalb etish lozim.
Iste’dodli bolalarning taniqli olimlar laboratoriyalarida shug’ullanishi, shoir, yozuvchi, rassom kabi san’at namoyondalari bilan hamkorlik qilishni tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
Bolalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda oila va muhitning ahamiyati yuksak. Ayniqsa respublikaning qishloq joylarida iqtidorli bolalarni izlash, topi shva ularning ta’lim va tarbiyasini muntazam ravishda to’g’ri yo’lga qo’yish muhimdir.
Iste’dodli bolalarni joylarning hududiy xususiyatlarini hisobga olib, ijodiy kamol toptirishda diagnostik uslubiyatlar, o’quv rejalari va o’quv uslubiy, tarbiya va ta’lim dasturlari bilan ta’minlash lozim.
SHuningdek, iqtidorli bolalarni izlash, toppish va tarbiyalash uchun zamonaviy moddiy-texnik va moliyaviy jihatdan to’liq ta’minot zarur.
Iste’dodli bolalar salomatligini muhofaza qilish uchun ularni ruhiy zarbalardan asrash yo’llarini aniqlash, ruhan yordam ko’rsatish, ruhiy xayajonlanish holatlarini o’rganish – ularning ijodiy qobiliyatlarini rivoji uchun sharoit yaratish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish darkor.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun tarkibiga Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari xodimlari, yetakchi olimlar va mutaxasislar, ijodkorlar, amaliyotchi o’qituvchilar, to’garak rahbarlaridan iborat Respublika metodik kengashi tuzulishi lozim.
Turli yoshdagi guruhlar iste’dodlarni qidirishning umumiy dasturi zarur. Ommaviy o’quv yurtlarida bo’lganidek, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida ham bu borada o’quv dasturi rejalarini ishlab chiqish kerak bo’ladi.
Iste’dodli bolalarni aniqlash, tarbiyalash va o’qitishni ta’minlash quyidagi omillarga bog’liq:
- ushbu aniqlashning ijtimoiy ahamiyatini, respublikaning zakovati, ijodkorligi, kuch-qudratini tayyorlashning istiqboli bilan bog’liqligini tushunishga;
- ruhiy diagnostik uslubiyat, uslubiy materiallari bo’lgani holda turli yoshdagi guruhlarda aniqlashning umumiy dasturlari yaratilishiga;
- iste’dodli bolalar (maxsus tayyorlangan rejalar, dasturlar va ilmiy asoslangan uslubiyat va hokazo bo’yicha) bilan ishlash uchun ixtisoslashgan muassasalarning yagona tarmog’ini targ’ib etishga;
- ommaviy o’quv yurtlarida iste’dodli bolalar bilan ishlash uchun zarur o’quv-dasturiy qo’llanmalarini ishlab chiqishga;
- joylarda mahsus guruhlar tomonidan ishlab chiqilgan xalq ta’limi, davlat va jamoat muassasalari, ijodiy uyushmalar tomonidan tasdiqlangan dasturlarga (bu dasturlarda iste’dodli bolalar bilan ishlashning istiqbollari va bosqichlari, o’z xududida bunday faoliyat va ko’pgina boshqa tadbirlar uchun mablag’ ajratish ularni ta’minlashga);
- qo’yilgan vazifalarni hal qilishga keng jamoatchilik diqqatini jalb qilishga, respublika metodik kengashining tuzilishiga (bu kengash tarkibiga Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari, xalq ta’lim boshqaruv organlari xodimlari, yetakchi olimlari va mutaxassislari, ijodiy uyushmalar, amaliyotchi o’kituvchi, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari to’garak raxbarlari kiradilar);
- ilmiy tadqiqotlar maktablar uchun me’yoriy xujjatlar, sinf ishlanmalari majmuiga, iste’dodli o’kuvchilar haqida ma’lumotlar manbaini yaratishga, ularni o’qitish va tarbiyalashning (tabaqalashtirish, individuallashtrish, insonparvarlashtirish) yagona uslubiy asosini yaratishga bog’liq.
Iste’dodli va iqtidorli bolalarning o’kituvchi hamda tarbiyachilari alohida iste’dodlar uchun turlicha o’kuv reja va dasturlariga ega bo’lishlari maqsadga muvofiq.
Iqtidorli bolalar va istedodli yoshlarni aniqlash va o’qitish uslubiyati, psixologik-pedagogik va tashkiliy sharoitlarini yaratish. maxsus o’kuv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish uchun eng yaxshi pedagog va olimlarni faol ishtirokini ta’minlash.
Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni chet ellarda umumiy va kasbiy jihatdan tayyorgarlikdan o’tkazishga qaratilgan sobit qadam faoliyatni amalga oshirish. Akademik litseylarning o’quvchilariga, birinchi navbatda iqtidorli, yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo’nalishlari bo’yicha o’z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o’zlaridagi noyob iste’dodni ro’yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish.

Iqtidorli o‘quvchi bilan qanday ishlash kerak? Bu — ko‘pchilik o‘qituvchilar oldida muammo bo‘lib kelayotgan savol. Har bir sinfda iqtidorli bolalar bor. U qanday bola? Iqtidorli bola — ziyrak, qiziqqon, xotirasi kuchli, e’tiborli, mantiqiy fikrlaydigan, ko‘p savol berib, bilishga intilayotgan, turli masalalarni tez va oson yecha oladigan o‘quvchidir. Aqliy sog‘lom bolalarni oddiy, iqtidorli va o‘ta iqtidorli guruhlarga ajratish mumkin.


Kadrlar tayyorlash milliy dasturida «Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni aniqlash va o‘qitish uslubiyati, psixologik-pedagogik va tashkiliy sharoitlari yaratiladi, bunday bolalar va yoshlarga oid ma’lumotlarning respublika banki va monitoringi shakllanadi. Maxsus o‘quv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish uchun eng yaxshi pedagog va olimlar jalb qilinadi, o‘quv-tarbiya jarayonida ularning faol ishtiroki siyosat va iqtisodiyotni, madaniyat va san’atni o‘rgatish markazlari qabilidagi hamda milliy (elita) ta’lim muassasalari tashkil etiladi.
Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni chet ellarda umumiy va kasbiy jihatdan tayyorgarlikdan o‘tkazishga qaratilgan sobit qadam faoliyat amalga oshiriladi. Akademik litseylarning o‘quvchilariga, birinchi navbatda iqtidorli, yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o‘zlaridagi noyob iste’dodni ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi», deyilgan. Bu vazifalarni bajarish har birimizdan tinimsiz mahorat va ijodiy izlanishni talab etadi.
Hozirgi kunda ta’limda iqtidorli o‘quvchi-yoshlarga alohida e’tibor berilayapti. Ularga chuqur bilim berish, qobiliyatini rivojlantirish, iqtidorini o‘stirish ishlari tobora rivojlanmoqda.
Bolalarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish uchun ixtisoslashgan maktablar va sinflar tashkil etilgan. Iqtidorli o‘quvchilarning aksariyati san’atga, she’riyatga, musiqaga, sportga qiziqadi. Shuning uchun fan va yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garaklar faoliyat ko‘rsatayotir. Iqtidorli bolalarni qobiliyatiga qarab musiqa maktablari, sport maktablari, san’at studiyalari, ijodiyot klublari va saroylari, kutubxonalarga jalb etish shu kunning dolzarb vazifalaridan bo‘lib turibdi.
Ma’lumki, har bir sinfda iqtidorli bolalar bor. O‘qituvchilar, sinf rahbari ulardan guruhlar tuzib, qo‘shimcha topshiriqlar bersalar, ular bilan alohida ishlasalar, darslar davomida ham bunday o‘quvchilarga mavzuni kengroq, qo‘shimcha manbalardan foydalangan holda tushuntirsalar, muammoli savollar bersalar o‘quvchi uchun ham o‘qituvchi uchun ham yaxshi bo‘lar edi. Ixtisoslashtirilgan, ya’ni iqtidorli bolalar uchun darslarni yuksak saviyada qiziqarli, ilmiy jihatdan yuqori darajada qilib o‘tkazish zarurdir. Bu o‘qituvchidan katta mas’uliyat va mahoratni talab etadi.
«Matematika» faniga yo‘naltirilgan (ixtisoslashtirilgan) sinflarni olaylik.
Bunday sinfga matematik qobiliyatga ega bo‘lgan, ziyrak, kuchli xotiraga ega, aqlli, mantiqan fikrlaydigan zukko bolalar tanlab olinadi. Tanlab olingan bolalar ixtisoslashtirilgan sinfning o‘quvchilari hisoblanib, ular ixtisoslashtirilgan sinf (maktab)ning qoidalariga to‘liq rioya qilishlari kerak.
Iqtidorli o‘quvchilar haqida nimalarni bilish lozim?
Iqtidorli bola bo‘sh vaqtida nima bilan shug‘ullanishini, unga qanday kitoblar yoqishini, qanday ko‘rsatuv, eshittirish, gazeta-jurnallarga qiziqishini qanday o‘yinlar, mashg‘ulotlarni ishtiyoq bilan bajarishini aniqlash zarur bo‘ladi. Bu ma’lumotlar o‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlanganida hamda dars jarayonida asqotadi.
Darslarda faqat matematika bilan chegaralanibgina qolmay, balki o‘quvchilarga kompyuter savodxonligini, shaxmat o‘yinini ham o‘rgatish foydadan xoli bo‘lmaydi. Chunki kompyuterni o‘rganish matematikani yanada chuqur bilishga yordam bersa, shaxmat o‘yini o‘quvchini fikrlashga, aqlini charxlashga xizmat qiladi. Matematikaga ixtisoslashtirilgan sinflarda «Matematik kechalar», «Kompyuter bilimdoni», «Geometrik jismlar yasash», «Eng yaxshi matematik boshqotirma tuzish» tanlovlari, o‘quvchilar orasida shaxmat musobaqasini o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
Darslarda o‘qituvchi darslikdagi barcha misol-masalalarni yechishdan tashqari, qo‘shimcha matematik adabiyotlardan foydalanib, o‘tilgan mavzuga mos masala, misol, topshiriqlar berilsa, o‘quvchining bilimi oshishi bilan bir qatorda, unda turli murakkablikdagi misollarni yechishga malaka hosil bo‘ladi.
Matematikaga ixtisoslashgan sinflarda o‘quvchilar DTS talablariga asosan berilgan masalalarni mustaqil, qisqa shart tuzib yechishlari, misol-tenglamalarni mustaqil yechishlari, darslikdagi mavzularning savollariga qiynalmay javob berishlari kerak.
Darsda mavzuga bog‘lab va darsdan tashqari bunday sinf (maktab) o‘quvchilariga kompyuter savodxonligi va shaxmat o‘yini o‘rgatib boriladi. Chunonchi, matematikaga ixtisoslashtirilgan sinflarning o‘quvchilari bilan darsdan keyin o‘tkaziladigan tadbirlarni hafta davomida quyidagicha rejalashtirish mumkin:

Yüklə 30,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin