2
ONA TILI VA ADABIYOT
1. O‘zini sovuqda qaltirayotgandek his qilgan kampir qizi bergan
choydan qaynoq-qaynoq ichgach, tanasiga yoqimli issiqlik
yugurdi.
Berilgan parchadagi fonetik hodisa asosida yozilgan so‘zlar
haqida berilgan to‘g‘ri fikrni belgilang.
A) Fonetik hodisalar faqat yasama so‘zlar tarkibida kuzatilgan.
B) Fonetik hodisalar shakl yasovchi va so‘z yasovchi
qo‘shimchalar ta’sirida ro‘y bergan.
C) Tovush almashishi lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar
ta’sirida ro‘y bergan.
D) Fonetik hodisalarning bir turi kuzatilgan.
2. Qaysi gap tarkibida imloviy jihatdan xato yozilgan so‘z
uchraydi?
A) Yuragini ezib turgan tuyg‘ular bir oz chekinganday bo‘ldi.
B) Shirin xayollarga berilib, bir zum ko‘zini yumdi.
C) Birato‘la qutulay deb uyni supurdim.
D) Siz bu yildan boshlab «Adabiyot» darsini alohida o‘qiy
boshlayapsiz.
3. Qaysi gapda kesim vazifasidagi so‘z imlosida xatolik
kuzatiladi?
A) Oybek bu asarga yuksak boho berib: «Uloqda» hikoyasida
tashviqotchining, voizning o‘rnini san’atkor oladi», – deydi.
B) Mirzo Ulug‘bek qaltiragan qo‘llari bilan Ali Qushchini
quchoqlab, peshonasidan o‘pdi.
C) Tovuqlar, o‘rdaklarni, Bedana-yu qirg‘ovul,
G‘oz, kaklik – barchasini U qiladi tanavvul.
D) Nihoyat, romanni bitirdim va qozoq do‘stimga o‘qishga
tavsiya qildim.
4. Guruh bu so‘zdan vahimaga tushib,
Dengiz aro tezda ko‘zga ko‘rinmay ketdi.
Berilgan gapda ostiga chizilgan so‘zda qanday ma’no ko‘chishi
mavjud?
A) vazifadoshlik B) metonimiya
C) metafora D) sinekdoxa
5. Qaysi javobda paronimi mavjud bo‘lgan ot berilgan?
A)
asil B)
halol C)
xiyla D)
ta’rif
6. Qaysi javobdagi so‘zlar shakldoshiga ega?
A)
yod, tarif B)
mijoz, erk
C) yot, kadr D) mahal, she’r
7. Qaysi gapda faqat bitta tub so‘z mavjud?
A)
Rahmsizlik hamisha ojizlik, qo‘rqoqlik, vahimada kelib
chiqadi.
B) Xatoliklar nisbati o‘zgarishi umumiy ko‘rsatkichga ta’sir
qilmaydi.
C) Millionlab insonlar iymon sari yuz tutdi.
D) Zaruratsiz, ichki dardsiz, ehtirossiz yozilgan asar o‘likdir
8. Qaysi javobdagi fe’llar gapning ikki xil bo‘lagi vazifasini
bajargan?
A) Ular shu xayol bilan kitobni mendan olib yo‘qotishdi va men
o‘qishdan mahrum bo‘ldim.
B) Uning xayolida jonlangan onasining nolalari qanchalik aqlli
bo‘lmasin, ammo otasi Asadullo maxsumning yoshligidan qulog‘iga
quygan hikmatlari xayolidan kecharkan, qamoq azob-uqubatlarini
ham, sog‘inch xumorlarini ham birdan unutardi.
C) Sog‘lom va zehnli bo‘lib ulg‘aygan bola hayotda
qiynalmaydi.
D) Musavvirning bo‘yog‘ida hayot chizgilari aniq ifodalangan
edi.
9. Ravishning ma’nosiga ko‘ra ikki turi bir xil gap bo‘lagi bo‘lib
kelgan gapni aniqlang.
A) Yettita gunohdan saqlaning doim,
Sizni kechirmagay keyin xudoyim.
B) Bu yetti gunohdan saqlan, ey muslim,
Yo‘ldan ozdirmasin seni so‘ng hech kim
Garchi bu olamda ko‘p erur shayton,
Goh odam shaklida bo‘lar namoyon.
C) Respublikamiz iqtisodiyoti o‘z taraqqiyotining eng qiyin
bosqichlarini ortda qoldirib, bugungi davrda yangicha takomil
bosqichiga chiqib oldi.
D) Keyin u yoqqa o‘tamiz, – deb o‘ng tarafdagi oynavand uyga
ishora qildi.
10. Bugungi o‘zbek she’riyati bilan tanishish uchun o‘quvchining
qulog‘i va ko‘zigina emas, tafakkuri va tuyg‘ulari ham bir qadar
zo‘riqishi, she’rdan zavq olish, lazzat tuyish uchun mehnat qilishi
lozimdir. Hissiyot qatlamlarini tadqiq etish, odam ruhiyatidagi
boy va rangin iqlimlarni poetik kashf etishga urinish kuchaydi.
Ushbu gapda nechta yasama fe’l ishtirok etgan?
A) 7 B) 8 C) 6 D) 9
11. Kesimlari ismlarga mansub so‘z bilan ifodalangan havola
bo‘lakli qo‘shma gapni toping.
A) Buning natijasi shu bo‘ldiki, To‘laganning qanshariga musht
tushdi.
B) U shunday og‘ir xayollar bilan charchoq qadam tashlab
vokzaldan eski shaharga jo‘narkan, kimdir uning yelkasiga
qo‘lini qo‘ydi.
C) Shuni angladimki, inson qobiliyati cheksiz ekan.
D) Keragi shuki, ana shu miqqiyni ham boqish kerak.
12. Agar fanida mohir bo‘lsa, ammo badxo‘y va qattiqso‘z
bo‘lsa, kasalga bir tomondan iloj yetkazur, ammo necha
tomondan yana kasallik yetkazur.
Yuqoridagi gapda ishtirok etgan yordamchi so‘z turkumlariga
oid to‘g‘ri hukm(lar)ni belgilang.
1) qo‘llanishiga ko‘ra yordamchi so‘z turkumlarining faqat bir
turi
qatnashgan;
2)
mazmuniy
munosabatiga
ko‘ra
bog‘lovchining uch turi qatnashgan; 3) barcha yordamchi so‘z
turkumlari teng bog‘lovchi sanaladi; 4) uch o‘rinda sof teng
bog‘lovchi qatnashgan.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 4 C) 1, 4 D) 2, 3, 4
13. Berilgan gap haqida bildirilgan qaysi fikr to‘g‘ri emas?
Shu tariqa boshda ko‘proq jonli hayot bilan aloqasi uzilgan
qoloq, ovsar bir ruhoniy ustidan kulishga qaratilgan asar bora-
bora davrning ijtimoiy ziddiyatlari va illatlarini ochib beruvchi
asarga
aylanadi.
A) uyushiq bo‘laklar bitishuv va boshqaruv usulida hokim
bo‘lakka tobelangan.
B) gapdagi uyushiq to‘ldiruvchi aniqlovchiga bog‘langan.
C) uyushiq aniqlovchi faqat tobe bo‘lak vazifasini bajargan.
D) juft so‘z bilan ifodalangan gap bo‘lagi uyushiq to‘ldiruvchiga
tobelanib kelgan.
14. Ham ergash gap qismi tarkibida, ham bosh gap qismi
tarkibida bitishuv munosabatli otli so‘z birikmasi ishtirok etgan
ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang.
A) Ertalabdan kechgacha daladan quti-quti pomidor, bodringni
yelkaga ortmoqlab chiqish sport emas, ammo tosh irg‘itish, tosh
ko‘tarish - sport, chunki unda qoidali harakat qilinadi.
B) Giyohvandlik – insoniyat kushandasi, shu tufayli unga qarshi
dunyo ahli ommaviy kurash olib bormoqda.
C) Ulug‘ Navoiy o‘zigacha yashagan va o‘ziga zamondosh
bo‘lgan shoirlarning baytlarini yig‘ib, «Majolis un-nafois»
asarini tuzgan holda, avlodlar mulkiga aylantirdi, buyuk Sa’diy
3
Sheroziy esa xalq donishmandligining nodir namunalariga o‘z
iste’dodi shu’lasi bilan sayqal berib, «Guliston» va
«Bo‘ston»larni yaratdi.
D) Eng yaxshi yo‘l shuki, yaxshi do‘st yor-diyordan ayrilishni
ixtiyor etmaydi.
15. Qaysi javobda moslashuv munosabatli so‘z birikmasi ishtirok
etmagan?
A) Ona til, ona tilim, Asl, durdona tilim.
Sen millatning mulkisan, Chiroyisan, ko‘rkisan.
B) Biz sizlarni gazeta sharhi bilan tanishtirdik.
C) Inson farzandi uchun pokizalikdan ulug‘ baxt bormi? Kamol
topishi Sizga, menga – hammamizga bog‘liq emasm.
D) Birov bor – baxtini pulda ko‘radi,
Birov bor – baxtini ko‘radi qizda.
16. Qaysi gapda uyushiq ega qatnashmagan?
A)
Bulutlar haydar shamol, Goh yog‘ib о’tar yomg‘ir. Barglar
pokiza, zilol, Goh quyosh to‘kadi nur.
B) Mevani gullata bilishgina emas, balki undan mo‘l va shirin
hosil yetkaza bilish san’atdir.
C) Jomiy va Navoiy o‘rtasidagi yakdillik va do‘stlik o‘zbek
hamda tojik xalqlarining birodarligi va do‘stligining yorqin
timsolidir.
D) Qirlardagi lolalar va tog‘ etaklaridagi binafshalar kishiga
huzur bag‘ishlaydi.
17. Faqir shohning ishonchsizlik ko‘zi bilan qarayotganini
fahmlab, o‘z so‘zining to‘g‘riligini isbot qilishga kirishdi.
Yuqoridagi gapda jarangli jufti mavjud bo‘lgan portlovchi
undosh(lar) bilan tugagan yopiq bo‘g‘inlar soni nechta?
A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 2 ta
18. Qaysi javobda tovush almashishi hodisasi kuzatilmaydi?
1.
Har o‘tganimda qorga tayoq bilan chiziq chizib o‘taman. 2.
Belbog‘imga bitta kulcha tugilgan. 3.
O‘tloqdagi chirsillayotgan
olov, chaylaga to‘shalgan o‘t-o‘lanlarning shirin, yoqimli, toza
isi bilan qo‘shilib ketgandekman. 4.
Istaklarni belbog‘imga
qistirib, ishkomga kirdim.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) faqat 1 D) 1, 3, 4
19. So‘zni qadrlash, yaxshi so‘zlay olish, so‘zlaganda o‘ylab,
tushunib gapirish, chin so‘zlash, tilni tiyish, suhbat sirlarini
saqlash, ezma va vaysaqi bo‘lmaslik kabilarga amal qilish nutq
odobining asosiy talablari hisoblangan.
Berilgan gapda otning otga tobelanishi necha o‘rinda kuzatilgan?
A) 3 B) 4 C) 5 D) 2
20. 1. So‘nggi baytda gap aylanib, taqdirga keladi va mantiqiy
yakunini topadi, ya’ni hushi joyida bo‘lmagan odamdan xafa
bo‘lish, uning qilmishlarini ayb sanash to‘g‘ri emas, ishq deb
atalmish ko‘chadan o‘tgan yo‘lovchi borki, shunday qismatga
mahkumdir.
Berilgan gap tarkibidagi sodda yasama so‘zlarning yetakchi
morfemalari qaysi so‘z turkumlariga mansub?