Iste'dodli bolalarni aniqlash va ularni tarbiyalash


II-bob. Boshlang‘ich sinflarda iqitdorli o‘quvchilarni aniqlash va ular bilan



Yüklə 202,5 Kb.
səhifə8/11
tarix02.06.2023
ölçüsü202,5 Kb.
#122662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
8-ISTE\'DODLI BOLALARNI ANIQLASH VA ULARNI TARBIYALASH

II-bob. Boshlang‘ich sinflarda iqitdorli o‘quvchilarni aniqlash va ular bilan

ishlash texnologiyasi.

2.1. Boshlang‘ich sinflarda iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash usullari.


O’zbekiston uzluksiz ta‘lim tizimida oliy pedagogik ta‘lim muhim bo’g’in hisoblanadi. Unda har tomonlama barkamol o’qituvchilarni voyaga yetkazish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Shu ma‘noda oliy pedagogik ta‘lim tizimida bo’lajak o’qituvchilarda (talabalarda) iqtidorli o’quvchilarga ta‘lim berish ko’nikmasini shakllantirish asosiy masalalardan biridir. Bu o’rinda mazkur masalaning metodologik asoslarini belgilab olish maqsadga muvofiqdir.Iqtidorli o’quvchilar tushunchasi muayyan layoqat, qobiliyat va sifatga ega bo’lgan yoshlarni ifodalaydi.Bunda o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan bolaning iqtidorga egaligi nazarda tutiladi. Chunki mazkur yoshgacha shaxs umumta‘lim va o’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalarida ta‘lim oladi. Aynan shu davrgacha o’quvchilarning iqtidori shakllanish va rivojlanish bosqichida bo’ladi. Bu masalaga bizning yondashishimiz quyidagicha:

  1. maktabgacha ta‘lim muassasasida – shaxsda iqtidorning yuzaga kelishi;

  2. umumta‘lim muassasalarida – shaxsda iqtidorning shakllanib borishi;

  3. o’rta maxsus, kasb-hunar ta‘lim muassasasida – shaxsda iqtidorning rivojlanishi;

  4. oliy ta‘lim muassasasida – shaxsda iqtidorning takomillashuvi;

  5. faoliyat davomida – shaxs iqtidorining namoyon bo’lishi.

Bizni bo’lajak o’qituvchilarning umumta‘lim maktablari va akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida ta‘lim olayotgan iqtidorli o’quvchilarga ta‘lim berish ko’nikmasini shakllantirish muammosi qiziqtiradi. Negaki muayyan iqtidorga yega bo’lgan o’quvchiga ta‘lim berish alohida ko’nikmaga yega bo’lishni taqozo yetadi. Shu ma‘noda bo’lajak o’qituvchilarda bunday ko’nikmani shakllantirish metodologiyasi mamalakatimizda mavjud. Kuzatishlar va tahlillar shuni ko’rsatadiki, ta‘lim tizimida bu tadbirlarni amalga oshirishning nazariy, metodik, texnik va texnologik asoslari mavjud. Bu imkoniyatlar ayniqsa ta‘lim muassasalarida malakali pedagogik kadrlar faoliyat yuritayotgani bilan yanada kengayadi. Shu jihatdan iqtidorli o’quvchilarga ta‘lim berish ko’nikmasini shakllantirish va rivojlantirish u qadar mushkul ish emasligini ta‘kidlab o’tish joiz, zero, mamlakatimiz uzluksiz ta‘lim tizimi iqtidorli o’quvchilar layoqati va qobiliyatini ro’yobga chiqaruvchi malakali o’qituvchilarga ega bo’lish imkonini beradi. Bunday ta‘lim tizimi uzluksiz ta‘lim bosqichida o’zining amaliy natijasini berayotganligi bilan diqqatga sazovordir. Demokratik va mustaqil jamiyatimizga mustaqil, tanqidiy fikrlovchi, o’z dunyoqarashiga ega, vujudga kelgan muammolarni ijodiy hal eta oladigan, aqliy va ma‘naviy jihatdan rivojlangan barkamol shaxslar nihoyatda zarur. Ta‘lim jarayonida o’quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish, ularni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish bo’yicha tub izlanishlar amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov ma‘naviy-ma‘rifiy islohotlarni davlat siyosatining asosiy, ustivor yo’nalishi deb e‘lon qildi va bu borada jiddiy amaliy ishlar olib borilmoqda. Ta‘lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar shaxs paradigmasiga o’tilganligida o’z ifodasini topmoqda. Mustaqil Vatanimiz kelajagi bo’lgan yoshlarda ijodkorlik, mustaqil fikrlash, milliy ma‘naviy qadriyatlarni anglash ko’nikmalarini shakllantirishda ijtimoiy-gumanitar turkumdagi o’quv predmetlari katta imkoniyatlarga ega. O’zbekistonda ta‘lim tizimining mavjud holati uning mazmunini belgilash sohasida ijobiy qadamlar qo’yilganligidan dalolat bermoqda. Shu bilan bir qatorda, eskirib qolgan metodlar va texnologiyalardan voz kechish jarayoni bir qadar sekin kechmoqda. O’qitishning yangicha professional usullaridan foydalanish jarayoni ilmiy-metodik jihatdan yetarli darajada ta‘minlanmagan. Hayotdagi ijtimoiy shart-sharoitlarning o’zgarishi o’quvchini jadal rivojlanuvchi, zamon talablariga moslashtiruvchi yangi pedagogik texnologiyalarning mavjud bo’lishini talab etadi.
Bugungi kunga qadar amaldagi o’quv jarayonida o’qituvchi-o’quvchi munosabatlarida monologik ish uslubi hukmronlik qilmoqda: hamon o’qituvchi gapiradi, o’quvchi tinglaydi. O’quvchi faqatgina belgilab qo’yilgan muayyan vaqt mobaynida o’z fikrini bayon qilishi mumkin. Shunda ham uning aytgan fikrlari mustaqil bo’lmaydi. O’quvchi tomonidan bayon qilingan fikr asosan o’qituvchi uchun muhim bo’lishi kerak. Bu fikr o’quvchi uchun qanchalik muhimligi inobatga olinmaydi. Pedagogik jarayonni dialoglashtirish birinchi navbatda mavjud vaziyatlarda o’qituvchi bilan o’quvchi mavqeining teng bo’lishiga erishishni talab qiladi. Bu mavqe o’quv jarayonining teng huquqli ishtirokchilari, o’zaro hamkorlik hamda muloqot jarayonining sub‘ekti tarzida namoyon bo’lishi kerak.O’quv faoliyati mayllarini aniqlash masalasi bugungi kunda o’quvchining o’quv faoliyatiga nisbatan mayllarini aniqlash didaktikaning markaziy masalalaridan hisoblanadi.
Bu esa o’z navbatida to’g’ridan-to’g’ri o’quv-biluv jarayonida o’quvchi faoliyatiniindividuallashtirish bilan bog’liqdir. Quyidagi uch shartga amal qilingandagina o’quvchida egallangan bilim va tajribalarga asoslangan o’quv mayllari hosil bo’lishi mumkin:
O’quvchi har doim menga nimani o’rgatsalar o’sha narsani o’rganish qiziqarli, degan uy bilan mashg’ulotlarga ishtirok etishi; Meni kim o’qitishi ahamiyatli, degan savolni o’z oldiga qo’ya bilishi; Meni qanday o’qitishlari muhim, degan savolga javob topishi kabilar. Bugungi kunga qadar mutaxassislar juda kam ahamiyat bergan muhim bir dalil ham mavjudki, bu dalil o’quvchida o’quv mayllarining jadal rivojlanishida alohida o’rin egallaydi. O’qituvchi o’quvchilar uchun har doim kattalar jamiyatining a‘zosi hisoblanadi. U o’z o’quvchilari bilan ularning ota-onalariga nisbatan ko’proq muloqotda bo’ladi. Bu shak-shubhasiz o’quvchining kattalar olami bilan aloqa o’rnatishiga alohida ta‘sir ko’rsatadi. Ta‘lim berishda individual ta‘limdan foydalanish uning samaradorligini oshirishda alohida ahamiyatga ega. O’quvchining individual xususiyatlari, qiziqishlariga qarab bilimlarni taqdim etish imkoniyatini beradi. Bu esa o’quvchining kasb
tanlashlari uchun qulay pedagogik sharoit yaratish, ularning tanlovlarini qo’llab-qo’vvatlashga ko’maklashadi. Shu bilan birga o’quvchilarning mustaqil, ongli tanlovlarini ta‘minlaydi. Buning natijasida o’quvchilar o’zlarining shaxsiy hayot yo’llarini loyihalashtirish imkoniyatiga ega bo’ladilar, ularda tadqiqotchilik, loyihalash, erkin mulokot va tanlov ko’nikmalari tarkib topadi. Tabaqalashtirilgan bilimlar yordamida ular o’zlarining individual kasbiy yo’nalishlarini belgilashga intiladilar. Maktab ta‘limini tabaqalashtirish asosida kasbiy sohalarga ajrashi maqsadiga yo’naltirilgan pedagogik harakatlar ixtisoslashgan ta‘lishi shaxsga yo’naltirilgan o’quv jarayoni sifatida tarkib toptirish imkogani beradi. Bu esa o’kuv jarayonini individuallashtirishning samarali shakli hisoblanadi. Buning natijasida har bir o’quvchining shaxiy quvvatlari namoyon bo’ladi va ro’yobga chiqadi. Har qanday shisoslashgan ta‘lim jarayoni birinchi navbatda o’quvchi shaxsiga ynaltirilgan uni rivojlantiruvchi o’quv modelidir.
Agar o’quv jarayoni ktisoslashtirilsa, ko’pvariantlilik asosida tarkib
toptirilsa o’quvchilarda ko’p qirrali faoliyatning rivojlanishiga asos bo’ladi. Bu kasbiy yo’nalish va rivojlanishning individual yo’liga ega bo’lish demakdir. Bu jarayonda o’quvchi bilan pedagogik-psixologik hamkorlik qilish psixologlar bilan o’quvchilar orasida amalga oshirilib, unda o’quv-tarbiya jarayonining sub‘ektlari sifatida ota-onalar va o’qituvchilar ishtirok etishlari lozim. Shaxsga yo’naltirilgan rivojlantiruvchi ta‘lim jarayonining muhim vazifalaridan biri, o’qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishdan iborat. Bu jarayonda ularning psixologik bilimdonliklarini ta‘minlash alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki o’qituvchi turlicha qiziqish va intilishlarga ega bo’lgan o’quvchilar bilan ishlashi, ular bilan ishchan muloqotga kirishishi lozim. Chunki zamonaviy pedagogik jarayonda turlicha rivojlanish me‘yoriga ega bo’lgan o’quvchilar bilan hamkorlik qilish ehtiyoji mavjud. Bunda: o’rtacha statistik, ijtimoiy-madaniy, individual-shaxsiy ko’rsatgichlar inobatga olinadi. Zamonaviy ijtimoiy madaniy vaziyatlarda o’qituvchilar bilan bir qatorda, ota-onalarning ham o’kuvchilarning ta‘lim-tarbiyasidagi o’rni ortib bormoqda. Lekin amaliy tajribalar shuni ko’rsatmoqdagi
ko’pgina ota-onalar o’z farzandlarining ta‘lim-tarbiyasida pedagogik-psixologik bilimlarning yetishmasligidan qiynaladilar. Ularning pedagogik-psixologik madaniyatlari juda past bo’lib, farzandlarining to’g’ri ixtisoslapguvi, o’ziga mos ta‘lim yo’nalishini tanlashi uchun zarur bo’lgan maslahatlarni bera olmaydilar. Bunday sharoitda ota-onalar bilan ishlash pedagogik-psixologik hamkorlikning muhim sharti sifatida amalga oshirilishi, psixologlar hamda sinf rahbarlari ular bilan turli maslahatlar, suhbatlar, seminarlar, treninglar tashkil etishlari lozim. Bunday pedagogik-psixologik chora-tadbirlar davomida ota-onalarning muloqot, hamkorlik, ziddiyatlarni bartaraf etish ko’nikmalarining rivojlanishiga alohida qaratilishi talab qilinadi.

Yüklə 202,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin