Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish-fayllar.org
Ishdagi tanaffuslarni rasmiylashtirish 92. Ish kuni davomida ishdagi tanaffusda (ishlarni bajarish shartlari bo‘yicha tushlikka chiqqanda) brigada
TQdan chiqarilishi kerak. Naryad ish bajaruvchining (kuzatuvchi) qo‘lida qolishi kerak. Plakatlar, to‘siqlar va yerga
ulagichlar o‘z joyida qoldiriladi. Tanaffusdan keyin ish bajaruvchi yoki kuzatuvchi yo‘qligida, brigada a’zolaridan
hech biri TQga kirishga haqli emas.
Bunday tanaffusdan so‘ng tezkor xodim tomonidan brigadani ishlashiga ijozat berilmaydi. Ish
bajaruvchining (kuzatuvchi) o‘zi brigadaga ish joyini ko‘rsatib beradi.
93. Naryad ish bajaruvchi tomonidan ishni to‘liq tamomlanganligi to‘g‘risidagi belgi bilan qaytarib
berilishiga qadar, tezkor xodim ta’mirlashga chiqarilgan elektr qurilmasini ulash yoki sxemaga ishlarni bajarish
shartlariga ta’sir ko‘rsatadigan o‘zgartirishlarni kiritish huquqiga ega emas.
Tezkor xodimlar avariya holatlarida, zarur bo‘lganda, quyidagi shartlarga rioya etgan holda brigada
yo‘qligida, naryad qaytarilishiga qadar qurilmani tarmoqqa ulashi mumkin:
a) vaqtincha to‘siqlar, yerga ulagichlar va plakatlar olib qo‘yilishi, doimiy to‘siqlar o‘z o‘rniga o‘rnatilishi, “ShU
YERDA IShLANSIN!” plakati “TO‘XTA! KUChLANISh!” plakati bilan almashtirilishi shart;
b) ish bajaruvchining qaytib kelishi va u naryadni qaytarishiga qadar ishni bajarish joylariga brigada
a’zolarini va ish bajaruvchini qurilma ulangani va ishlarni tiklab bo‘lmasligi haqida ogohlantirish uchun xabar
beruvchi odamlar qo‘yilishi shart.
94. Ishlar to‘liq tugatilishiga qadar elektr uskunalarini ishchi kuchlanishida sinab ko‘rish uchun ulash
quyidagi shartlar bajarilganidan so‘ng amalga oshirilishi mumkin:
a) brigada TQdan chiqarilishi, ish bajaruvchidan naryad olib qo‘yilishi va naryadning “Kundalik ishga ijozat
berish va ishni tugashi” jadvalida (3-jadval) tanaffus rasmiylashtirilishi shart;
b) vaqtincha to‘siqlar, yerga ulagichlar va plakatlar olib qo‘yilishi, doimiy to‘siqlar esa o‘z o‘rniga o‘rnatilishi
zarur. Ko‘rsatilgan ishlar tezkor xodimlar tomonidan bajarilishi kerak.
Sinab ko‘rilgandan so‘ng ish joyini tayyorlash va brigadani ishlashiga ijozat berish umumiy
tartibda,javobgar rahbar ishtirokida amalga oshiriladi va bu naryadning “Kundalik ishga ijozat berish va ishni
tugashi” jadvalida (3-jadval) ish bajaruvchining imzosi qo‘yiladigan ustunda uning imzosi bilan rasmiylashtiriladi.
Agar javobgar rahbar tayinlanmagan bo‘lsa, ishga ijozat berish ish bajaruvchi ishtirokida amalga oshiriladi.
95. Ish kunining oxirida ish joyi tartibga keltirilishi, plakatlar, yerga ulagichlar va to‘siqlar joyida qoldirilishi
kerak. Har kungi ish tamomlanishi naryadning “Kundalik ishga ijozat berish va ishni tugashi” jadvalida (3-jadval)
ish bajaruvchining imzosi bilan rasmiylashtiriladi.
Doimiy tezkor xodimlari bo‘lgan elektr qurilmalarida har kuni ish tamomlanganidan so‘ng naryad ularga
topshirilishi kerak. Doimiy tezkor xodimlari bo‘lmagan elektr qurilmalarida ish tamomlanganidan so‘ng naryad
amaldagi naryadlar jildida qoldirilishi kerak.
96. Keyingi kuni to‘xtatib qo‘yilgan ishlarga, ish joyi ijozat beruvchi yoki javobgar rahbar va ish bajaruvchi
tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilganidan hamda xavfsizlik choralarining bajarilganligi tekshirilganidan so‘ng kirishish
mumkin. Javobgar rahbarning qayta ishga ijozat berishda ishtiroki shart emas.
97. Keyingi kuni ishga ijozat berish naryadning “Kundalik ishga ijozat berish va ishni tugashi” jadvalida (3-
jadval) ijozat beruvchining yoki javobgar rahbarning va ish bajaruvchining imzolari bilan ishni boshlash sanasi va
vaqti ko‘rsatilgan holda rasmiylashtiriladi.