energiyasini yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomaga ega va ushbu shartnoma asosida elektr
energiyasidan foydalanish huquqi va shartlari belgilangan korxona, tashkilot, idora (keyingi o‘rinlarda — korxona);
elektr energiyasini qabul qilgich (elektr qabul qilgich) — undan foydalanish uchun elektr energiyasini
energiyaning boshqa turiga o‘zgartiradigan elektr qurilma;
elektr stansiyasining (podstansiyasining) prinsipial elektr sxemasi — elektr stansiyasining
(podstansiyasining) elektr qismining ishlash prinsipi haqida dastlabki ma’lumot
va tasavvur beruvchi,
uskunaning tarkibi va uning bog‘lanishlarini aks ettiruvchi sxema;
ta’mir — qurilmalarning, uskunalarning, jihozlarning, buyumlarning ishlash
resurslarini yoki ularning
tarkibiy qismlari sozligini hamda ishga yaroqliligini tiklash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yoki tadbirlar
majmui;
joriy ta’mir — qurilmalarning, uskunalarning, jihozlarning, buyumlarning ishga yaroqliligini ta’minlash yoki
tiklash uchun bajariladigan va ularning alohida qismlarini almashtirish yoki tiklashdan tashkil topgan ta’mir;
texnik xizmat ko‘rsatish — qurilmalardan, uskunalardan,
jihozlardan, o‘z vazifasi bo‘yicha foydalanishda,
ularni saqlash va transportirovka qilishda ishga yaroqliligini hamda sozligini saqlab turish bo‘yicha amalga
oshiriladigan ishlar yoki tadbirlar majmui;
tok o‘tkazgich — elektr stansiyasi, podstansiyasi yoki sex doirasida elektr energiyasini uzatish va taqsimlash
uchun mo‘ljallangan, izolyatorlar va ushlab turuvchi konstuksiyalarga ega bo‘lgan shinalar yoki simlar shaklida
bajarilgan qurilma;
transformator podstansiyasi — transformator yordamida bir kuchlanishdagi
elektr energiyasini boshqa
kuchlanishdagi elektr energiyasiga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan elektr podstansiyasi;
elektr stansiyasining (podstansiyasining) boshqaruv paneli — elektr stansiyasini (podstansiyasini)
boshqarish, nazorat va himoya qurilmalaridan iborat pultlar va panellarning bir xonada joylashgan to‘plami;
elektr podstansiyasi — elektr energiyasini qabul qilish, taqsimlash va uning parametrlarini o‘zgartirish
uchun mo‘ljallangan hamda transformatorlardan yoki boshqa elektr qurilmalaridan, shu jumladan
o‘zgartirgichlar, boshqarish qurilmalari va yordamchi uskunalardan tashkil topgan elektr qurilma;
elektr tarmog‘i — elektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun mo‘ljallangan,
podstansiyalar,
taqsimlovchi qurilmalar va ularni birlashtiruvchi elektr uzatish tarmoqlari majmui;
neytrali yerga ulangan elektr tarmog‘i — neytrallarning barchasi yoki bir qismi bevosita yoki nol ketma —
ketligining qarshiligiga nisbatan kichik qarshilikli qurilma orqali yerga ulash qurilmasi bilan ulangan uskunasi
mavjud bo‘lgan elektr tarmog‘i;
neytrali izolatsiyalangan elektr tarmog‘i — neytrali yerga ulanmagan yoki katta qarshilikli o‘lchov, himoya,
signalizatsiya qurilmalari orqali ulangan uskunasi mavjud bo‘lgan elektr tarmog‘i;
elektr taqsimlovchi punkt — podstansiyaning tarkibiga kirmaydigan elektr taqsimlovchi qurilma;
elektr taqsimlovchi qurilma — bir kuchlanishda elektr energiyasini qabul qilish va taqsimlash uchun
mo‘ljallangan hamda kommutatsiya apparatlari mavjud bo‘lgan elektr qurilmasi;
elektr uskunasi — mo‘ljallanishiga ko‘ra umumiy belgilari bilan birlashgan (masalan, vazifasi bo‘yicha —
texnologik; qo‘llash sharoitlari bo‘yicha — tropiklarda qo‘llaniladigan, obyektga tegishliligi bo‘yicha — sexga,
stanokka tegishli) elektr qurilmalar majmui;
elektr stansiyasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan, elektr energiyasini hosil
qiluvchi uskunalar va yordamchi
uskunalardan tashkil topgan, qurilish qismi mavjud yoki usiz (ko‘chma elektr
stansiyasida) energetik qurilma;
elektr qurilma — elektr energiyasini ishlab chiqarish yoki o‘zgartirish, uzatish, taqsimlash yoki iste’mol qilish
uchun mo‘ljallangan o‘zaro bog‘langan uskunalar va inshootlar majmui;
ekspluatatsiya qilish — buyumning ishlatiladigan, sifati saqlanib turadigan yoki tiklanadigan hayotiy sikli
bosqichi;
stajerlik — ish joyida amaliy mashg‘ulot o‘tish.