Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-§. Elektr xo‘jaligini tezkor boshqarish



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə6/76
tarix29.11.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#169654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish-fayllar.org

4-§. Elektr xo‘jaligini tezkor boshqarish
42. Korxona — elektr energiya iste’molchisi elektr xo‘jaligini boshqarish tizimi, butun korxonaning
boshqaruv tizimiga birlashgan energoxo‘jaligini boshqarishning tarkibiy qismi hisoblanadi va quyidagilarni
ta’minlashi shart:
korxonaning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun uning elektr ta’minoti tizimini tezkor
rivojlantirishni;
mehnat samaradorligini oshirish va energotejamkorlik bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish yo‘li bilan elektr
xo‘jaligining samarali ishlashini;
uskunalarning ishonchli, xavfsiz va avariyasiz ishlashini oshirishni;



texnik qayta qurollanish va elektr xo‘jaligini rekonstruksiya qilish, uskunalarni modernizatsiyalash yo‘li bilan


asosiy ishlab chiqarish fondlarini yangilashni;
yangi texnikani, ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash texnologiyalarini, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil
qilishning samarali hamda xavfsiz usullarini joriy qilish va o‘zlashtirishni;
xodimlarning malakasini oshirishni, mehnatning ilg‘or usullarini, iqtisodiy bilimlarni targ‘ib etishni,
ratsionalizatorlik va ixtirochilikni rivojlantirishni;
ta’minlovchi energetika tizimi bilan kelishilgan holda elektr xo‘jaligini, shu jumladan o‘zining elektr
energiyasi manbalarini tezkor-dispetcherlik boshqaruvini;
o‘zining elektr qurilmalarining texnik holati va avtonom ishlovchi (blok stansiya hisoblanmaydigan) o‘zining
elektr energiyasi manbalarining ekspluatatsiyasini nazorat qilishni;
ta’minlovchi energetika tizimi unga bergan ish rejimlariga korxona tomonidan rioya etilishini nazorat
qilishni.
43. Elektr ta’minoti tizimi tarkibida o‘zining elektr energiyasi manbalari, elektr tarmoqlari va elektr
energiyasi qabul qilgichlari mavjud bo‘lgan korxonalarda ularning ishini, vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lgan
uzluksiz dispetcherlik boshqaruvi tashkil etilishi kerak:
o‘zining elektr stansiyalari va tarmoqlarining elektr ta’minoti uzluksizligini belgilovchi ish rejimlarini ishlab
chiqish, ta’minlovchi energetika tizimi bilan kelishish hamda ularni amalga kiritish;
elektr energiyasi sifatiga bo‘lgan talablarni bajarish;
iste’mol rejimlariga rioya qilgan holda elektr ta’minoti tizimining tejamkor ishlashini va energiya
resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash;
elektr energiyasini ishlab chiqarishda, uni energiyaning bir turidan boshqa turiga o‘zgartirishda, uzatishda,
taqsimlashda avariyalar hamda boshqa texnologik buzilishlarning oldini olish va bartaraf etish.
Bunday korxonalarda dispetcherlik boshqaruvi, energetika tizimining milliy dispetcherlik xizmati, elektr
tarmog‘i korxonalarining dispetcherlik xizmati yoki tuman elektr tarmog‘ining tezkor-dispetcherlik xizmati bilan
kelishuv bo‘yicha amaldagi elektr stansiyalari va tarmoqlarining TEQQ talablariga mos ravishda tashkil qilinishi
shart.
Shunday dispetcherlik boshqaruvi xususiy elektr energiyasi manbaiga ega bo‘lmagan, lekin o‘zining elektr
ta’minoti tizimida mustaqil elektr tarmog‘i korxonalari mavjud bo‘lgan korxonalarda ham tashkil etilishi kerak.
44. Dispetcherlik boshqaruvi iyerarxik tuzilish bo‘yicha tashkil qilinishi kerak. Bunda tezkor nazorat va
boshqaruv
funksiyalarining
bosqichlar
o‘rtasida
taqsimlanishi,
shuningdek,
boshqaruvning
quyi
bosqichdagilarini yuqoridagilarga bo‘ysunuvi ko‘zda tutilishi kerak.
Korxonalar — elektr energiyasi iste’molchilarining elektr ta’minoti sxemasiga qarab ular uchun
dispetcherlik boshqaruvning yuqori bosqichi bo‘lib, ta’minlovchi energetika tizimining dispetcher xizmatlari
(energetika tizimining milliy dispetcher xizmati, elektr tarmoqlari korxonalarining dispetcherlik xizmati yoki
tuman elektr tarmog‘ining tezkor-dispetcherlik guruhi) korxonaning dispetcher xizmati hisoblanadi.
Dispetcherlik boshqaruvi vazifalarini hal etish uchun iste’molchi ta’minlovchi energetika tizimning
dispetcherlik punktlari bilan zarur aloqa va telemexanika vositalariga ega bo‘lishi shart.
45. Har bir dispetcher bosqichi uchun uskunalar va inshootlar boshqaruvining ikki toifasi — tezkor
boshqaruv va tezkor yurituv belgilangan bo‘lishi shart.
46. Navbatchi dispetcherning tezkor boshqaruvida ular yordamida bajariladigan operatsiyalar
bo‘ysinuvidagi tezkor xodimning harakatini muvofiqlashtirishni, bir nechta obyektlarda rejimlarni kelishib
o‘zgartirishni talab qiladigan uskuna, elektr uzatish tarmoqlari, tok o‘tkazgichlar, releli himoya qurilmalari,
avariyaga qarshi va rejim avtomatikasi tizimining apparaturasi, dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositalari
bo‘lishi kerak.
Ko‘rsatilgan uskunalar va qurilmalarda operatsiyalar navbatchi dispetcher rahbarligida o‘tkazilishi shart.
47. Navbatchi dispetcher tezkor yurituvida turli energetika obyektlarining xodimlari harakatlarini
muvofiqlashtirish talab etilmaydigan, lekin ularning holati va rejimi elektr tarmog‘ining rejimiga va
ishonchliligiga, shuningdek, avariyaga qarshi avtomatika qurilmalarini sozlashga ta’sir ko‘rsatadigan uskunalar,
elektr uzatish tarmoqlari, tok o‘tkazgichlar, releli himoya qurilmalari, avariyaga qarshi va rejim avtomatikasi
tizimlarining apparaturasi, dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositalari bo‘lishi kerak.
Ko‘rsatilgan uskunalar va qurilmalarda operatsiyalar navbatchi dispetcher ruxsati bilan amalga oshirilishi
shart.
48. Korxona elektr ta’minoti tizimining barcha elektr uzatish tarmoqlari, tok o‘tkazgichlari, uskunalari va
qurilmalari dispetcherlik boshqaruvi bosqichlari bo‘yicha taqsimlanishi shart.
Korxona navbatchi dispetcherining tezkor boshqaruvidagi yoki tezkor yurituvidagi elektr uzatish
tarmoqlari, tok o‘tkazgichlar, uskunalar va qurilmalar ro‘yxati ta’minlovchi energetika tizimining tezkor-
dispetcherlik boshqaruv bo‘yicha qarorlarini hisobga olgan holda tuzilishi, u bilan kelishilgan bo‘lishi va
korxonaning texnik rahbari (bosh muhandisi) tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
49. Dispetcherlik boshqaruvining turli bosqichlaridagi xodimlarning o‘zaro munosabatlari o‘rnatilgan
tartibda kelishilgan va tasdiqlangan tegishli nizomlarda hamda yo‘riqnomalarda tartibga solingan bo‘lishi shart.
50. Elektr xo‘jaligini tezkor boshqaruv tizimiga ega har bir korxona vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lgan
bo‘lishi shart:
talab qilingan, shu jumladan energetika tizimi tomonidan berilgan ish rejimlarini yuritish;
elektr qurilmalarida almashlab ulashlarni amalga oshirish;
avariyali buzilishlarni bartaraf etish va elektr energiyasi iste’molining talab etilayotgan rejimini tiklash;
elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini bajarishga tayyorlash.
51. Tezkor boshqaruvning tashkiliy tuzilishi va shakli korxona rahbariyati tomonidan energetika xizmati
haqidagi nizomga muvofiq xizmat ko‘rsatishning hajmidan, uskunalarning murakkabligidan va ishning necha
smenaligidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
52. Elektr xo‘jaligini tezkor boshqarish boshqaruv panelidan (punktidan), dispetcherlik boshqaruv
punktidan yoki ushbu maqsad uchun moslangan boshqa elektrotexnik xonadan amalga oshiriladi.
Tezkor boshqaruv punktlari zarur aloqa vositalari bilan jihozlanadi.
53. Tezkor boshqaruv panellarida (punktlarida) va shu maqsadda moslangan boshqa xonalarda quyidagilar
bo‘lishi shart:



korxonaning elektr ta’minoti sxemalari;


tezkor hujjatlar (tezkor jurnal, naryadlar, almashlab ulash blankalari va boshqalar);
tezkor ishni yuritish uchun ro‘yxatlar va yo‘riqnomalar;
yong‘in o‘chirishning birlamchi vositalari va yong‘in xaqida avtomatik ravishda xabar berish qurilmalari;
elektr xonalari, kuch panellari, shkaflar va boshqalarning kalitlari uchun qulflanadigan quti, shuningdek,
qoidalarda ko‘zda tutilgan boshqa vositalar va hujjatlar.
54. Tezkor xizmat ko‘rsatish quyidagilardan iborat:
barcha elektr uskunalarning holatlari va ish rejimlarini doimiy nazorat qilish;
uskunalarni davriy ko‘rikdan o‘tkazish;
uskunalardagi elektr qurilmalarida rejada ko‘zda tutilmagan, hajmi katta bo‘lmagan ishlarni (joriy
ekspluatatsiya qilish tartibida bajariladigan ishlar ro‘yxatiga binoan) bajarish;
tezkor almashlab ulashlarni amalga oshirish;
ta’mirlash brigadalari uchun sxemalar va ish joylarini tayyorlash, ularning ishlashiga ijozat berish, ish
paytida ularni nazorat qilish hamda barcha ishlar tugagandan so‘ng sxemani tiklash.
55. Boshqaruv panellarida, shu jumladan telemexanizatsiyalashgan panellarda amaldagi mnemonik
sxemalar yo‘q bo‘lsa, barcha apparatlarning haqiqiy holati va yerga ulagichlarning qo‘yilgan joyi, ko‘chma yerga
ulagichlarning tartib raqami ko‘rsatilgan holda, elektr birikmalarning tezkor sxemasi yoki sxema-maketi bo‘lishi
shart.
Elektr qurilmalarida o‘tkazilayotgan ulanish sxemalarining barcha o‘zgarishlari, shuningdek, yerga
ulagichlar qo‘yiladigan joylar operatsiyalar o‘tkazilgandan keyin sxemada aks ettirilishi shart.
56. Biron-bir ishni bajarish uchun elektrotexnik bo‘lmagan xodimning og‘zaki buyurtmasi bo‘yicha
o‘chirilgan elektr uskunalari, faqat o‘chirishga buyurtma bergan shaxsning yoki uning o‘rnidagi xizmatchining
talabi bo‘yicha ulanadi.
Elektrotexnik bo‘lmagan xodim buyurtmasi bo‘yicha vaqtincha o‘chirilgan elektr uskunani ishga
tushirishdan avval tezkor xodim uskunani ko‘zdan kechirishi, uni kuchlanish ostiga qo‘yishga tayyor ekanligiga
ishonch hosil qilishi va unda ishlayotgan xodimlarni uskuna ishga tushirilayotganligi haqida ogohlantirishi
majburiydir.
Elektr uskunani o‘chirishga buyurtmani rasmiylashtirish tartibi elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan
tasdiqlangan bo‘lishi shart.
57. Har bir elektr qurilma uchun uskunaning normal ish rejimlaridagi barcha kuchlanishlar uchun
korxonaning, uchastkaning, sexning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan tasdiqlangan bir chiziqli elektr
ulanish sxemalari tuzilgan bo‘lishi shart.
58. Har bir dispetcherlik punktida, korxona elektr ta’minoti tizimining boshqaruv panelida va doimiy
navbatchi xodim mavjud bo‘lgan obyektda, yuqori turgan tezkor-dispetcherlik boshqaruvi organining
namunaviy yo‘riqnomalariga muvofiq tuzilgan, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda bartaraf etish bo‘yicha
mahalliy yo‘riqnomalar bo‘lishi shart.
59. Avariyaviy buzilishlarni bartaraf qilishda tezkor-dispetcherlik boshqaruvining asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:
buzilishlar rivojlanishining oldini olish, xodimlarning elektr tokidan shikastlanishiga va avariya ta’sir
qilmagan uskunalarning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
iste’molchilar elektr ta’minotini va elektr energiyasining normal parametrlarini zudlik bilan tiklash;
korxona va uning alohida bo‘linmalarini elektr ta’minoti tizimining avariyadan keyingi eng ishonchli
sxemasini yaratish;
o‘zi o‘chgan va o‘chirilgan uskunalar holatini aniqlash va imkon boricha ularni ishga tushirish.
60. Podstansiyalar, panellar, yig‘malar va taqsimlovchi qurilmalarning (keyingi o‘rinlarda — TQ) elektr
sxemalarida almashlab ulashlar ushbu uskunalar boshqaruvida yoki yurituvida bo‘lgan yuqori turuvchi tezkor
xodimning farmoyishi bilan yoki xabardorligida, korxonada qabul qilingan tartib bo‘yicha og‘zaki yoki telefon
orqali berilgan farmoyish bo‘yicha tezkor jurnalga yozish orqali amalga oshiriladi.
Almashlab ulashlarni bevosita elektr qurilmaga xizmat ko‘rsatuvchi tezkor xodim amalga oshirishi kerak.
Almashlab ulashlar haqidagi farmoyishda ularning ketma-ketligi ko‘rsatilishi shart. Farmoyish — faqat u
berilgan shaxs tomonidan ijro etilganligi to‘g‘risidagi xabar olinganidan keyin bajarilgan deb hisoblanadi.
Kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda (baxtsiz hodisa, tabiiy ofat, shuningdek. avariyani bartaraf qilishda)
mahalliy yo‘riqnomalarga ko‘ra almashlab ulashlarni yuqori turuvchi tezkor xodimning farmoyishisiz yoki
xabardorligisiz, keyinchalik unga xabar berish va tezkor jurnalga yozish orqali bajarishga ruxsat beriladi.
Tezkor almashlab ulashlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatini elektr xo‘jaligiga
javobgar shaxs tasdiqlaydi.
Tezkor muloqotlar olib borish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati energiya bilan ta’minlovchi
tashkilotga taqdim etiladi.
61. Almashlab ulashni amalga oshirishga farmoyish berayotgan shaxs, tezkor sxema bo‘yicha ko‘zda
tutilayotgan operatsiyalar ketma-ketligi to‘g‘riligini oldindan tekshirib ko‘rishi shart. Farmoyish beruvchi faqat
bajaruvchi shaxsdan bevosita yoki telefon orqali farmoyish ijro etilgani haqida xabar olganidan keyin uni
bajarilgan deb hisoblashi mumkin.
62. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida almashlab ulash quyidagicha o‘tkaziladi:
oddiy almashlab ulashlar, almashlab ulash jarayonida ajratgichlar va yerga ulovchi pichoqlar bilan noto‘g‘ri
operatsiyalarga yo‘l qo‘ymaydigan ishlab turgan blokirovka qurilmalari mavjud bo‘lgan barcha almashlab
ulashlar, blanklarisiz almashlab ulash;
blokirovka qurilmalari mavjud bo‘lmagan yoki ular nosoz bo‘lgan, shuningdek, murakkab almashlab
ulashlar, almashlab ulash blankasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Murakkab almashlab ulashlar ro‘yxatini elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tasdiqlaydi.
Avariyalarni bartaraf qilishda almashlab ulashlar blanklarsiz, keyinchalik tezkor jurnalga yozish bilan amalga
oshiriladi.
Almashlab ulash blankalari raqamlangan bo‘lishi shart. Ishlatilgan blankalar o‘rnatilgan tartibda saqlanadi.



63. Ajratgichlari noto‘g‘ri operatsiyalar amalga oshirilishiga yo‘l quymaydigan ishchi holatdagi blokirovkalari


bo‘lgan 1000 V dan yuqori kuchlanishli bitta birikmada bajariladigan, shuningdek, kuchlanishi 1000 V gacha
bo‘lgan panel va yig‘malardagi barcha operatsiyalarning tezkor xodim tomonidan yakka o‘zi, almashlab ulash
blankalarini to‘ldirmasdan, lekin tezkor jurnalga yozish sharti bilan amalga oshirilishiga ruxsat beriladi.
64. Elektr uskunalaridagi almashlab ulashlarda quyidagi tartibga rioya qilish shart:
almashlab ulashga topshiriq olgan tezkor xodim uni takrorlashi, tezkor jurnalga yozib qo‘yishi va tezkor
sxema yoki sxema-maket bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan operatsiyalar tartibini tuzishi, kerak bo‘lsa almashlab
ulash blankasini tuzishi shart. Tezkor xodimlarning muloqotlari imkon boricha qisqa va aniq bo‘lishi shart.
Qo‘llanilayotgan tezkor muloqot tili xodimlar tomonidan qabul qilinayotgan xabarlar va berilayotgan
farmoyishlarni noto‘g‘ri tushunishga yo‘l qo‘ymasligi shart. Farmoyish beruvchi va uni qabul qiluvchi
operatsiyalar tartibini aniq ko‘z oldiga keltirishi shart;
agar almashlab ulashni ikkita xizmatchi bajarsa, buyruq olgan xodim ulanishlarni tezkor sxema bo‘yicha
almashlab ulashda ishtirok etadigan ikkinchi xizmatchiga bajarilishi kerak bo‘lgan operatsiyalarning tartibi va
ketma-ketligini tushuntirishi shart;
bajarilayotgan almashlab ulashlar to‘g‘riligiga shubha paydo bo‘lganda, ularni to‘xtatish va ulanishlarning
tezkor sxema bo‘yicha talab qilinayotgan ketma-ketlikni tekshirish kerak;
almashlab ulash bo‘yicha topshiriq bajarilganidan keyin tezkor jurnalga bu haqda yozib qo‘yish shart.
65. Bevosita almashlab ulashlarni bajarayotgan tezkor xodimga o‘zboshimchalik bilan blokirovkalarni
ishdan chiqarib qo‘yish man etiladi.
Blokirovka nosozligi aniqlanganda, xodim bu haqda tezkor xodimlardan kattasiga xabar berishi va
blokirovkani vaqtincha ishdan chiqarib, bajariladigan operatsiyalarni faqat uning ruxsati va rahbarligi ostida
bajarishi mumkin.
66. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalardagi barcha murakkab almashlab ulashlarni
ikkita xizmatchi bajarishi shart: bittasi bevosita almashlab ulashlarni bajaradi, ikkinchisi esa operatsiyalar
bajarilishining to‘g‘riligini va ketma-ketligini nazorat qiladi.
Almashlab ulash blankasini almashlab ulashni o‘tkazishga farmoyish olgan navbatchi to‘ldiradi. Blankani
almashlab ulashni o‘tkazgan har ikki xizmatchi imzolaydi.
Lavozimi bo‘yicha katta xodim almashlab ulashni bajarishda nazorat qiluvchi bo‘ladi.
Barcha holatlarda almashlab ulashning to‘g‘riligi uchun javobgarlik operatsiyalarni bajargan ikkala
xizmatchiga yuklanadi.
67. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan komplekt taqsimlovchi qurilmalarda (komplekt transformatorli
podstansiyalarda) almashlab ulashlar, shu jumladan uskunalari bor aravachalarni kiritish va chiqarish,
shuningdek, 1000 V gacha kuchlanishli taqsimlovchi qurilmalarda, panellarda va yig‘malarda almashlab
ulashlarni ushbu elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatayotgan tezkor xodimlardan bo‘lgan bir xizmatchining
bajarishiga ruxsat beriladi.
68. Elektr qurilmada kuchlanish avariyaviy yo‘q bo‘lganda, tezkor xodim uning istalgan vaqtda
ogohlantirmasdan paydo bo‘lishini bilishi va bunga tayyor bo‘lishi shart.
69. Xodimlarning doimiy navbatchiligi mavjud bo‘lgan elektr qurilmalarini ta’mirlashda yoki sinashda
bo‘lgan uskunaga kuchlanish faqat u tezkor xodim tomonidan qabul qilinganidan keyin beriladi.
Xodimlarning doimiy navbatchiligi mavjud bo‘lmagan elektr qurilmalarida ta’mirlashdan yoki sinashdan
keyin uskunani qabul qilish tartibi elektr qurilmaning xususiyati va XTQ talablari hisobga olingan holda mahalliy
yo‘riqnomalarda belgilanadi.
70. O‘z zanjirida o‘chirgichga ega bo‘lgan ulanmani o‘chirish, kuchlanish ostiga qo‘yish va ishga tushirish
o‘chirgich yordamida bajarilishi shart.
Alohidalagichlar, ajratgichlar, komplekt TQlar, shu jumladan tashqi o‘rnatilgan komplekt TQ
birikmalarining ajratuvchi kontaktlari bilan quyidagilarni o‘chirishga va ulashga ruxsat beriladi:
110 — 220 kV kuchlanishli kuch transformatorlarining neytrallarini;
6 — 35 kV kuchlanishli yerga ulanadigan yoy so‘ndiruvchi reaktorlarni, agar tarmoqda yerga tutashuv yo‘q
bo‘lsa;
6 — 220 kV kuchlanishli kuch transformatorlarining magnitlovchi tokini;
elektr uzatuvchi havo va kabel tarmoqlarining yerga ulanish tokini va zaryadlanish tokini;
shinalar tizimining zaryadlanish tokini, shuningdek, ulanmalarning zaryadlanish tokini ta’minlovchi
energetika tizimining normativ-texnik hujjatlari talablariga rioya etilgan holda.
6 — 10 kV kuchlanishli halqali tarmoqlarda 70 A gacha tenglashtiruvchi toklarni ajratgichlar yordamida
o‘chirishga, tarmoqni halqaga tutashishga esa ajratilgan kontakt birikmalarida kuchlanishlar farqi 5 foizdan ko‘p
bo‘lmaganda ruxsat beriladi.
10 kV va undan past kuchlanishli tashqi va ichki o‘rnatilgan, mexanik yuritmali, uch qutbli ajratgich bilan 15
A gacha bo‘lgan yuklama tokini o‘chirishga va ulashga ruxsat etiladi.
Agar o‘chirgichni o‘chirish uning buzilishiga va podstansiyaning toksizlanib qolishiga olib kelishi mumkin
bo‘lsa, bitta o‘chirgich yoki shinalar tizimi boshqa birikmalarining bir nechta o‘chirgichlari zanjiri bilan
shuntlangan 220 kV li buzilgan o‘chirgichni ajratgichlari bilan masofadan o‘chirishga ruxsat beriladi.
Ajratgichlar yordamida o‘chiriladigan va ulanadigan toklarning ruxsat etilgan qiymatlari ta’minlovchi
energetika tizimining NTHlarida aniqlangan bo‘lishi kerak.
Turli elektr qurilmalari uchun operatsiyalarni bajarish tartibi va shartlari mahalliy yo‘riqnomalar bilan
tartibga solingan bo‘lishi kerak.
Quvvati 750 kVA va undan past bo‘lgan transformatorlarning magnitlovchi tokini kuchlanishi 10 kV va
undan past bo‘lgan tashqi yoki ichki o‘rnatilgan, mexanik yuritmali, standart uch qutbli ajratgichlar bilan
o‘chirishga hamda ulashga ruxsat beriladi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin