Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishdagi asosiy talablar



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə3/76
tarix29.11.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#169654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish-fayllar.org

2-bob. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishdagi asosiy talablar
1-§. Qoidalarni qo‘llash sohasi va tartibi
3. “Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari” (keyingi o‘rinlarda — TEQQ)
idoraviy mansubligidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha istemolchilar uchun majburiydir.
4. Iste’molchilarning yangidan montaj, rekonstruksiya va modernizatsiya qilingan elektr qurilmalari
amaldagi Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalariga (keyingi o‘rinlarda — EQTQ) muvofiq bajarilgan bo‘lishi,
shuningdek, muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi shart.
Sertifikatlanmagan elektr uskunalaridan foydalanish va ularni ekspluatatsiya qilish man etiladi.
5. Ushbu Qoidalar iste’molchilarning ishlab turgan, kuchlanishi 220 kV gacha bo‘lgan elektr qurilmalariga
tatbiq etiladi. Qoidalarda “kuchlanishi 220 kV gacha bo‘lgan elektr qurilmalari” yoki “kuchlanishi 1000 V gacha
bo‘lgan elektr qurilmalari” deyilganda kuchlanishi tegishlicha 220 kV va 1000 V bo‘lgan elektr qurilmalarini ham
tushunish lozim.
Ishlab turgan elektr qurilmalari — bu to‘liq yoki qisman kuchlanish ostida bo‘lgan yoki istalgan vaqtda
kommutatsion apparatura ulanishi bilan yoki elektromagnit induksiya hisobiga kuchlanish berilishi mumkin
bo‘lgan qurilmalar yoki ularning uchastkalari tushuniladi.
6. Elektr xavfsizligi shartlari bo‘yicha elektr qurilmalari kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr
qurilmalariga va kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalariga bo‘linadi.
7. Ushbu Qoidalarda ko‘zda tutilmagan, alohida ishlab chiqarish shartlariga yoki maxsus elektr
qurilmalariga ega bo‘lgan iste’molchilarning elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish, sohada ishlab
chiqilgan va tasdiqlangan qoidalar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
Soha qoidalari, ushbu Qoidalar va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik
texnikasi qoidalari (keyingi o‘rinlarda — XTQ) talablariga qarshi bo‘lmasligi va ularni zaiflashtirmasligi shart.
8. Iste’molchilarning kuchlanishi 220 kV dan yuqori bo‘lgan elektr stansiyalari, blok stansiyalari elektr
qurilmalariga va boshqa elektr qurilmalariga O‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik
ekspluatatsiya qilish qoidalariga (keyingi o‘rinlarda — O‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini
TEQQ) muvofiq ekspluatatsiya qilinadi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin