biriktirilgan uchastkada tezkor xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mustaqil bajariladigan ishlar ro‘yxati;
ishlab chiqarish yo‘riqnomalarini hisobga olish jurnali;
avariyaga qarshi mashg‘ulotlarni hisobga olish jurnali;
elektr qurilmalarini shaxsan bir o‘zi ko‘zdan kechirishga huquqi bor shaxslar,
tezkor farmoyishlar berish
huquqiga ega shaxslar, energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning javobgar navbatchilari ro‘yxatlari;
releli himoya, avtomatika, telemexanika jurnali va releli himoya hamda avtomatika o‘rnatilgan kartalar;
farmoyishlar jurnali.
Mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda, tezkor hujjatlar hajmi bosh muhandis yoki elektr xo‘jaligiga
javobgar shaxs qarori bilan to‘ldirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
106. Tezkor hujjatlar, nazorat-o‘lchov asboblarining qayd etuvchi diagrammalari, elektr energiyasini hisobga
olish asboblarining ko‘rsatkichlari ro‘yxatlari, BAT tezkor-ma’lumot kompleksi tomonidan shakllanadigan chiqish
hujjatlari qat’iy hisobga olinadigan hujjatlarga kiradi va belgilangan tartibda saqlanishi kerak.
Tezkor hujjatlarni davriy ravishda (korxonada belgilangan muddatlarda, kamida bir oyda 1-marta) yuqori
turuvchi elektrotexnik yoki ma’muriy texnik xodimlar ko‘rib chiqishi shart. Ularning
elektr uskunalari ishidagi
nuqsonlar va buzilishlarni bartaraf qilish choralarini ko‘rishlari majburiy.
Dostları ilə paylaş: