Guruh: _____ Bajardi:_____________ Qabul qildi: _________
Toshkent 2023
Nomoddiy aktivlar. Reja: Kirish 1.Nomoddiy aktivlar haqida umumiy tushuncha. 2.Nomoddiy aktivlarni birlamchi aks ettirish, sotib olish va qayta baholash. 3.Nomoddiy aktivlarni amortizatsiyasi va ularni hisobdan chiqarish Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Kirish
Nomoddiy aktivlar - tashkilot tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funktsiyalarni amalga oshirish uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo’lmagan mol-mulk ob’ektlaridir.
Nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobi birligi bo’lib inventar ob’ekti hisoblanadi. Nomoddiy aktivlarning inventar ob’ekti bo’lib bitta patentdan, guvohnomadan, huquqdan voz kechish shartnomasidan va shu kabilardan kelib chiqadigan huquqlar jami hisoblanadi.
Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida tashkilot balansiga kiritiladi:
•ishlab chiqarish tugaganidan so’ng yaratilgan ob’ektni qabul qilish- topshirish;
•oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha ob’ektni sotib olish;
•beg’araz kelib tushish;
•ortiqcha (hisobga olinmagan) nomoddiy aktivlar ob’ektlarini aniqlash;
•qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarga ko’ra.
Sotib olingan, shuningdek tashkilotning o’zida yaratilgan nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymatiga ularning sotib olish narxi (tannarxi) va ularga qilingan barcha xarajatlarining to’liq summasida, jumladan mazkur nomoddiy aktivlarni etkazib berish va o’rnatish, ishga tushirish va boshqa shu bilan bog’liq xarajatlarni hisobga olgan holda kiritiladi. Nomoddiy aktivlar kirimi bilan bog’liq xarajatlar xar bir inventar ob’ekt bo’yicha jamlanma qaydnoma tuzilib buxgalteriya ma’lumotnomasi asosida AV-6 shakldagi inventar kartochka ochiladi, buxgalteriya yozuvlari berilib 6-memorial order yoki 274-son shakldagi memorial order , memorial orderga asosan 308-son shakldagi bosh jurnal kitobi va hisobot shakllariga tushiriladi.
1.Nomoddiy aktivlar haqida umumiy tushuncha.
Nomoddiy aktivlar — bu moddiy-ashyoviy ko‘rinishga ega bo‘lmagan, bir yildan ortiq foydali xizmat muddatiga ega bo‘lgan va bank xizmatlarini ko‘rsatishda yoki ma’muriy maqsadlarda foydalaniladigan nomonetar, identifikatsiyalanadigan aktivlardir.
Nomoddiy aktivlarga patentlar, mualliflik huquqlari, gudvill (goodwill), savdo markalari, kompьyuter dasturiy ta’minoti, litsenziyalar va shu kabilar kiradi.
Agar dasturiy ta’minot tegishli uskunaning tarkibiy qismi hisoblansa, u moddiy aktiv sifatida qaraladi. Agar dasturiy ta’minot tegishli uskunaning tarkibiy qismi hisoblanmasa, u nomoddiy aktiv sanaladi
Boshlang‘ich (haqiqiy) qiymat — nomoddiy aktivlarni xarid qilish va ishlab chiqishga haqiqatda qilingan xarajatlar, shu jumladan to‘langan soliqlar, bojxona bojlari va yig‘imlari, xizmatlar, shuningdek aktivni undan maqsadga ko‘ra foydalanish uchun ishga yaroqli holga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan olib kelish va montaj qilish, o‘rnatish va boshqa xarajatlar summasi.
Nomoddiy aktivlar qiymatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib boriladigan xarajatlar masalan, yuridik xizmatlar uchun professional gonorarlarni o‘z ichiga oladi. Haqiqiy qiymatni aniqlash uchun barcha savdo chegirmalari va qaytarishlar chegiriladi.
Nomoddiy aktivlarning qayta baholashni hisobga olingan qiymati tiklash (tiklanish) qiymati deb ataladi. Aktivning buxgalteriya balansida tan olinadigan summasi balans qiymati deb ataladi.
Gudvill (goodwill) — bu yaxshi obro‘, «firma bahosi». Gudvill xaridor tomonidan bankni xarid qilish paytida uning sof aktivlari (barcha aktivlar bozor bahosi va barcha majburiyatlar bozor bahosi o‘rtasidagi farq) qiymatidan yuqori to‘lanadigan summa sifatida aniqlanadi. Bu bankning xaridori bankni xarid qilish bank tomonidan ko‘p yillar mobaynida mijozlar, qarzdorlar hamda omonatchilar bilan o‘rnatilgan o‘zaro munosabatlarni xarid qilishni ham o‘z ichiga olishini tushunishini bildiradi.
Faol ikkilamchi bozor — narxlar barcha bozor qatnashchilariga oshkor (qulay) bo‘lgan va har qanday vaqtda bitimni amalga oshirishni xohlovchi sotuvchi va xaridorlarni topish mumkin bo‘lgan bozor
Nomoddiy aktivlar hisobini yuritishning asosiy qoidalari bo‘lib ularning balans qiymatini va ushbu aktivlarga nisbatan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan amortizatsiya usullarini aniqlash, hamda nomoddiy aktivlar balans qiymatidagi o‘zgarishlar, amortizatsiya hisoblash tartibi va ularning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash va hisobga olish hisoblanadi.
Bank nomoddiy aktivlari quyidagi usullar bilan shakllanadi:
1) haq evaziga xarid qilish;
2) bank ichida ishlab chiqish yo‘li bilan;
3) tekinga olish.
Agar aktiv moddasi nomoddiy aktiv ta’rifiga javob bersa, bank kelagusida iqtisodiy foyda olish ehtimoli mavjud bo‘lsa va aktiv qiymati ishonchli o‘lchanishi mumkin bo‘lsa, u nomoddiy aktiv sifatida e’tirof etilishi (tan olinishi) lozim. Mazkur talab ham chetdan olingan, ham bank ichida yaratilgan nomoddiy aktivlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Bank aktivning foydali xizmat muddati mobaynida mavjud bo‘ladigan kelgusi iqtisodiy naf olish ehtimolini baholashi lozim.
Nomoddiy aktivdan olinadigan kelgusi iqtisodiy naf xizmatlarni sotishdan olingan tushum, xarajatlar tejami va bank tomonidan aktivdan foydalanish natijasida hosil bo‘lgan boshqa naflarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Agar nomoddiy aktiv na nomoddiy aktivlarning ta’rifiga, na tan olish me’zonlariga javob bermasa, ushbu modda bo‘yicha xarajatlar ular amalga oshirilgan davrning xarajatlari sifatida tan olinadi.
Aktivni nomoddiy aktiv sifatida aniqlash imkoniyati bo‘lmagan holda (ba’zi nomoddiy aktivlar jismoniy substansiyada yoki uning ichida madjud bo‘lishi mumkin) elementning muhimligidan kelib chiqish lozim (misol uchun, dasturiy ta’minot holatida — kompakt-disk, litsenziya yoki patent bo‘lganda — huquqiy hujjatlar).
2. Nomoddiy aktivlarni birlamchi aks ettirish, sotib olish va qayta baholash.
Haq evaziga xarid qilingan nomoddiy aktiv boshlang‘ich (haqiqiy) qiymati bo‘yicha baholanadi va hisobga olinadi. Boshlang‘ich qiymatning o‘zgarishiga faqat nomoddiy aktivlar qayta baholangan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Nomoddiy aktivlarning tahliliy hisobi nomoddiy aktivlarning har bir turi bo‘yicha ochiladigan tegishli shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
CHet el valyutasida xarid qilingan nomoddiy aktivlar balansda bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish sanasidagi Markaziy banki kursi bo‘yicha milliy valyutada aks ettiriladi va chet el valyutasi kursining o‘zgarishi munosabati bilan qayta baholanmaydi.
Bank ichida yaratilgan nomoddiy aktiv balansda haqiqiy tannarxi bo‘yicha aks ettiriladi.
Tekinga olingan nomoddiy aktivlar dastlab balansda real (haqqoniy) qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. Tekinga olingan asosiy vositalarning qiymati baholovchi tashkilot tomonidan yoki aktivlarni qabul qilish-topshirish hujjatlaridagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.
Nomoddiy aktivlar qiymatini to‘liq yoki qisman oldindan to‘lash quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi:
Dt 19909 «Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘langan mablag‘lar»
Kt bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning hisobvarag‘i
Aktiv kelib tushgan paytda:
Dt 16601 «Nomoddiy aktivlar»
Kt 19909 «Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘langan mablag‘lar»
Agar bank nomoddiy aktivlar kelib tushgandan keyin to‘lovni amalga oshirsa, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari bajariladi:
1) Nomoddiy aktivlar kelib tushganda ularni balansda aks ettirish:
Dt 16601 «Nomoddiy aktivlar»
Kt 29802 «Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘lanadigan mablag‘lar hisob-kitobi»
2) Aktivlar qiymati to‘langanda:
Dt 29802 «Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘lanadigan mablag‘lar hisob-kitobi»
Kt Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning hisobvarag‘i
Nomoddiy aktivlar bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, aktivga dastlab hisob-kitob qilingan me’yorlardan yuqori bo‘lgan kelgusidagi iqtisodiy foydani yaratish imkonini bergan taqdirdagina nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich (haqiqiy) qiymatiga qo‘shiladi. Boshqa barcha keyingi xarajatlar ular amalga oshirilgan davrdagi xarajatlarga olib boriladi.
Nomoddiy aktivga u sotib olingan yoki yaratilgandan so‘ng qilingan keyingi xarajatlar, agar ushbu xarajatlar aktivning dastlabki baholangan me’yoriy ko‘rsatkichlarini saqlab turish uchun talab qilinsa, joriy xarajat sifatida tan olinadi.
Nomoddiy aktivlar tekinga olinganda tekinga olingan nomoddiy aktivlarning real qiymatiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi rasmiylashtiriladi:
Dt 16601 «Nomoddiy aktivlar»
Kt 30905 «Tekinga olingan mulklar»
Bank ichida yaratilgan nomoddiy aktivning tannarxi aktivdan maqsadga muvofiq foydalanish uchun uni yaratish va tayyorlashga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borilishi mumkin bo‘lgan barcha xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Tannarxga quyidagi xarajatlar kiritiladi:
1) nomoddiy aktivni yaratishda xarid qilingan yoki foydalanilgan material va xizmatlar xarajatlari;
2) aktivni yaratishda bevosita band bo‘lgan xodimlarning ish haqi va ularga qilingan boshqa xarajatlar;
3) aktivni yaratish uchun foydalanilgan yuridik huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun boj to‘lovi va patent va litsenziyalar amortizatsiyasi kabi yaratilayotgan aktivga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib boriladigan har qanday xarajatlar;
4) aktivni yaratish uchun zarur bo‘lgan va aktivga olib borilishi mumkin bo‘lgan ustama xarajatlar.
Quyidagi xarajatlar bank ichida yaratilgan nomoddiy aktiv tannarxining tarkibiy qismini tashkil qilmaydi:
1) savdo, ma’muriy va boshqa umumiy ustama xarajatlar, aktivni foydalanishga tayyorlashga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borilishi mumkin bo‘lgan xarajatlardan tashqari;
2) aktivdan foydalanish uchun xodimlarni tayyorlash xarajatlari.
Nomoddiy aktiv hisobda boshlang‘ich qiymati bo‘yicha aks ettirilgandan so‘ng qayta baholash sanasidagi bozor qiymati bo‘yicha qayta baholanadi va qayta baholangan (tiklash) qiymati bo‘yicha hisobga olinadi, basharti bozor qiymatini aniq aniqlash mumkin bo‘lsa.
Nomoddiy aktivning bozor qiymatini nomoddiy aktivning ushbu turi bo‘yicha faol ikkilamchi bozor narxlari asosida belgilash mumkin. Balans hisobotini tuzish sanasida balans qiymati bozor qiymatidan katta farq qilmasligi uchun qayta baholashni etarli darajadagi muntazamlikda amalga oshirish lozim.
Qayta baholangan nomoddiy aktiv uchun mazkur paytda ikkilamchi bozor mavjud bo‘lmagan taqdirda aktivning balans qiymati sifatida uning oxirgi qayta baholash sanasidagi qayta baholangan qiymati olinishi lozim, basharti bu balans qiymat ushbu aktivning tiklash qiymatidan oshmasa.
Qayta baholashni o‘tkazishda to‘liq tiklash qiymati nomoddiy aktivlar qiymatini baholanayotgan aynan o‘xshash bo‘lgan yangi ob’ektlarning qayta baholash sanasida shakllangan, hujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxlari bo‘yicha bevosita qayta hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi.
Bevosita qayta baholash usuli qo‘llanilganda nomoddiy aktivlarning to‘liq tiklanish qiymatini hujjatlar asosida tasdiqlash uchun bankning xohishiga ko‘ra quyidagilardan foydalanilishi mumkin:
1) ishlab chiquvchi firmalar va ularning rasmiy dilerlaridan yozma shaklda olingan xuddi shunday aktivga doir narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
2) qayta baholashni o‘tkazish sanasiga va nomoddiy aktivlarni xarid qilish sanasiga Markiziy bank kurslarining nisbati sifatida belgilanadigan hisob-kitob koeffitsientini qo‘llagan holda xarid qilish sanasiga EAVda aktivlarning qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganida);
3) qayta baholashni o‘tkazish davrida ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda e’lon qilingan narxlar darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
4) aktiv qiymati to‘g‘risida baholovchi tashkilotning hisoboti.
Qayta baholashdan so‘ng aktivlarning haqqoniy qiymati ularning balans qiymati va yig‘ilgan eskirishi bilan taqqoslanadi va farq summasiga tegishli buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.
1) Agar aktivning qayta baholangan qiymati uning balans qiymatidan oshsa, bu oshish 30908 — «Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat» hisobvarag‘ida quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan aks ettiriladi:
a) Dt 16601 «Nomoddiy aktivlar»;
Kt 30908 «Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat»;
b) qayta baholashdan oldin va undan keyingi yig‘ilgan eskirish summalari o‘rtasidagi farqqa:
Dt 30908 «Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat»;
Kt 16605 «Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan amortizatsiyasi (kontr-aktiv)».
2) qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar qiymatining ko‘payish summasi ilgari xarajat sifatida tan olingan ushbu aktiv qiymatining kamayish summasini qoplashi darajasidagina daromad sifatida tan olinishi lozim.
3) Agar aktivning qayta baholangan qiymati balans qiymatidan kam bo‘lsa, aktiv summasi kamayadi va bu kamayish quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
a) qayta baholashdan oldin va undan keyingi yig‘ilgan eskirish summalari o‘rtasidagi farqqa:
Dt 16605 «Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan amortizatsiyasi (kontr-aktiv)»;
Kt 30908 «Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat»;
b) qayta baholash natijasida aniqlangan aktiv qiymatining kamayish summasiga:
Dt 30908 «Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat» (oldingi ko‘payish chegarasida);
Kt 16601 «Nomoddiy aktivlar».
4) Agar 30908 — hisobvaraq qoldig‘i (aynan ushbu toifadagi nomoddiy aktivlarga tegishli bo‘lgan) etarli bo‘lmasa, qayta baholangan aktiv qiymatining qo‘shimcha kamayishi quyidagi tarzda aks ettiriladi:
Dt 55995 — «Boshqa foizsiz xarajatlar»;
Kt 16601 «Nomoddiy aktivlar».
YUqorida keltirilgan o‘tkazmalardan so‘ng nomoddiy aktivlar hisobvarag‘idagi yangi qoldiq aktivning qolgan hisoblangan xizmat muddati mobaynida mazkur Yo‘riqnomaning VI bo‘limiga muvofiq amortizatsiya qilinadi.
30908 — «Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat» hisobvarag‘iga kiritilgan qayta baholashning musbat natijasi har oyda 31203 — «Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)» hisobvarag‘iga bevosita hisobdan chiqariladi. Bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 30908 — «Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat»;
Kt 31203 — «Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)»;
Ushbu holda qayta baholash musbat natijasining har oyda hisobdan chiqariladigan summasi tegishli aktiv tiklash qiymatining eskirish summasi va boshlang‘ich qiymatining eskirish summasi o‘rtasidagi farqqa teng. 30908 — hisobvaraqdagi qayta baholash natijasi tegishli aktiv hisobdan chiqarilganda to‘lig‘icha kiritilishi mumkin.
3.Nomoddiy aktivlarni amortizatsiyasi va ularni hisobdan chiqarish
Nomoddiy aktivlarga eskirish ular foydalanishga topshirilgan oydan keyingi oydan boshlab hisoblab yoziladi. Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyalanadigan summasi ularning foydali xizmat muddati mobaynida muttasil tarzda bank xarajatlariga hisobdan chiqariladi.
Nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati bank tomonidan ularning boshlang‘ich qiymati va foydali xizmat muddatidan kelib chiqqan holda hisoblangan amortizatsiya me’yorlari yordamida belgilanadi.
Foydali xizmat muddati aktivdan foydalaniladigan yillar mobaynida, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmlarida o‘lchanishi mumkin. Aktivning foydali xizmat muddatini belgilashda quyidagi barcha omillar hisobga olinishi lozim:
1) qanchalik samarali ishlatilishiga bog‘liq holda bank tomonidan aktivdan kutilayotgan qo‘llanishi;
2) aktiv uchun odatdagi hayotiylik davri va foydalanilayotgan shunga o‘xshash turdagi aktivlarning foydali xizmat muddatlarini baholash to‘g‘risidagi oshkor ma’lumot;
3) texnik, texnologik yoki boshqa turdargi eskirishlar. Kompьyuter dasturiy ta’minoti va shunga o‘xshash nomoddiy aktivlarning jadal texnik rivojlanishini hisobga olgan holda foydali xizmat muddati qisqa bo‘ladi;
4) aktiv ustidan nazorat qilinadigan davr va aktivdan foydalanishdagi yuridik yoki boshqa cheklovlar (ijara shartnomasi muddatining tugashi kabi va sh.k.);
5) aktiv foydali xizmat muddatining bankning boshqa aktivlari foydali xizmat muddatlariga bog‘liqligi.
Nomoddiy aktiv foydali xizmat muddatini baholash foydali xizmat muddati davomiyligining oshishi bilan ishonchsiz bo‘lib boradi, chunki chegara mavjud xalqaro standartlarga muvofiq ba’zi nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati yigirma yildan oshmaydi.
Agar nomoddiy aktivdan olinadigan kelajakdagi iqtisodiy foydani nazorat qilish yuridik huquq (patent, mualliflik huquqi singari) orqali erishilsa, bunday nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati yuridik huquqning amal qilish davridan oshmasligi kerak, bundan quyidagi hollar mustasno:
1) yuridik huquq tiklanadigan bo‘lib hisoblanganda;
2) tiklanish haqiqatan ham aniq bo‘lganda.
Nomoddiy aktivning foydali xizmat muddatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ham iqtisodiy, ham huquqiy omillar mavjud bo‘lishi mumkin: iqtisodiy omillar iqtisodiy foyda olish davrini belgilaydi; huquqiy omillar ushbu foydani olinishi ustidan bank nazorati davrini cheklashi mumkin. Bunday holda foydali xizmat muddati ushbu davrlarning eng qisqasini ifodalaydi.
Aktiv mavjud bo‘lgan davr ichida nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati texnologik o‘zgarishlar yoki xizmatlar bozoridagi o‘zgarishlarga qarab vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqilishi lozim. Ushbu holda foydali xizmat muddati va tegishincha, amortizatsiya me’yori joriy va kelgusi davrlar uchun korrektirovka qilinadi.
Aktivning amortizatsiyalanadigan summasi balans qiymatidan aktivning tugatish qiymatini chegirish yo‘li bilan aniqlanadi. Nomoddiy aktivning tugatish qiymati nolga teng deb qabul qilinishi lozim, bundan quyidagi hollar mustasno:
1) aktivning foydali xizmat muddati oxirida uchinchi tarafning uni sotib olish majburiyati mavjud bo‘lsa; yoki
2) aktiv uchun faol bozor mavjud bo‘lsa va:
a) tugatish qiymati ushbu bozordagi dalillar bilan aniqlanishi mumkin bo‘lsa;
b) aktivning foydali xizmat muddati oxirida bunday bozorning mavjud bo‘lish ehtimoli mavjud bo‘lsa.
Foydalaniladigan amortizatsiya usuli bank aktivdan olinadigan iqtisodiy foydani iste’mol qiladigan sxemani aks ettirishi lozim. Agar bunday jadval aniq belgilanishi mumkin bo‘lmasa, unda amortizatsiyani teng maromli hisoblash usulini qo‘llash lozim.
Amortizatsiya quyidagi usullarni qo‘llash yo‘li bilan hisoblanadi:
1) teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usuli;
2) bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirishni hisoblash usuli;
3) kamayib boruvchi qoldiq usuli.
2. Nomoddiy aktivlarni qayta baholash.
38-son BHXS bo‘yicha nomoddiy aktivlarni xarid qilishning asosiy 4 ta yo‘nalishi keltirilgan:
Alohida xarid qilish;
Biznes boshqaruv doirasida xarid qilish;
Aktivlarni ayriboshlash orqali xarid qilish;
Tashkilotning o‘zida yaratilgan nomoddiy aktivlar.
Xarid qilingan nomoddiy aktiv boshlang‘ich qiymat bo‘yicha baholanadi. Boshlang‘ich qiymat quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
(a) sotib olish narxi, shuningdek savdo chegirmalari va qisman qaytarishlar (ribeyt) chiqarib tashlagan holda import bojlari va qoplanmaydigan soliq summasi; va
(b) aktivni belgilangan maqsadda foydalanishga tayyorlash bilan
bog‘liq barcha bevosita sarflar.
Nomoddiy aktivning dastlabki qiymatiga kiritilmaydigan sarflar:
yangi mahsulot yoki xizmatlarni namoyish etish bilan bog‘liq sarflar (reklama va ularni namoyish etish bilan bog‘liq tadbirlarni o‘tkazish sarflarini o‘z ichiga olgan holda);
yangi joyda yoki haridorlarning yangi sinfi bilan tijorat faoliyatini yuritish bilan bog‘liq sarflar (xodimlarni o‘qitish bilan bog‘liq sarflarini o‘z ichiga olgan holda);
ma’muriy va boshqa umumiy ustama xarajatlar;
aktivning raxbariyat tomonidan nazarda tutilgan tarzda foydalanishga yaroqli bo‘lgan, lekin foydalanishga topshirilmagan paytda amalga oshirilgan sarflar; va
dastlabki operatsion zararlar, masalan mazkur aktiv yordamida amalga oshirilayotgan ishlab chiqarishga bozor talabini shakillantirish davrida ko‘rilgan operatsion zararlar
3. Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi.
Amortizatsiya - bu nomoddiy aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini uning foydali xizmat muddati davomida tizimli taqsimlash hisoblanadi.
Amortizatsiyalanadigan qiymatni aniqlash uchun nomoddiy aktivning boshlang’ich qiymatidan uning tugatish qiymatini ayirib tashlash orqali aniqlanadi:
Amortizatsiyalanadigan qiymat = Boshlang’ich qiymati – Tugatish qiymati.
Nomoddiy aktiv qachonki foydalanishga tayyor bo‘lsa, amortizatsiya boshlanadi.
Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi quyidagi ikki sananing oldingisida to‘xtatiladi:
Nomoddiy aktivlar tan olinishi bekor qilingan sanada (IAS 38);
Nomoddiy aktivlar sotish uchun mo‘ljallangan aktiv sifatida klassifikatsiya qilingan sanada (IFRS 5).