8-MA’RUZA
Shamol energetikasining asoslari va shamol generatorlari.
REJA:
8.1. Shamol elektr stansiyalarini ishlash asosi.
8.2. Shamol elektr stansiyalarini joylashtirish geografiyasi.
8.3.Shamol energiyasidan elektr energiyasini ishlab chiqarishning zamonaviy
usullari.
Shamol elektr stansiyalarini ishlash asosi.
Shamol elektr stansiyalari havo massasi oqimini
shamol energiyasidan
kelib chiqqan holda elektr energiyasiga aylantirib elektr tokini ishlab chiqardi.
Shamol elektr stansiyalarida elektr energiyasini to'plash maqsadida
akkumulyator batareyalaridan foydalaniladi. Bu
tizimning yanada barqaror
ishlashini ta‘minlaydi. Shu sababli shamol elektr stansiyalarining energiya
tizimlari va majmualarini elektr energiyasini olishdagi
boshqa usullar bilan
birlashtirish zarur. Bunga, birinchi navbatda,
gaz generatorlari, mikroturbinlar,
quyosh elektr stansiyalari misol bo'la oladi.
Shamol elektr stansiyalari- ishlab chiqaruvchilar-
dunyoda tanilgan
kompaniyalarga quyidagilar kiradi:
• VESTAS
• NORDEX
• PANASONIC
• VERGNET
• ECOTECNIA
• SUPERWIND
Shamol elektr stansiyalarini joylashtirish geografiyasi
Shamol elektr stansiyalari shamol tezligi katta, tekis yer maydoni va tabiiy
yoqilg'i resurslari yetishmaydigan davlatlarda ishlatiladi. Shamol elektr
stansiyalaridan foydalanishda dunyodagi yetakchi davlat Germaniya bo'lib, bu
davlatda qisqa vaqt ichida ~9 MW quvvatga ega
shamol elektr stansiyalari
qurildi.
Zamonaviy shamol elektr stansiyalarining quvvati 3 MVt gacha ko'tarildi.
Germaniyada shamol elektr stansiyalarini jadal qurish davom etmoqda. Shamol
generatorlari va stansiyalarini ishlab chiqarib eksport qilishda Daniya va
Germaniya davlatlarining asosiy sanoatlaridan biriga aylangan.
Shamol elektr stansiyalarini ishlab chiqarish
sohasiga Yevropadagi
davlatlarda qariyb 60 ming kishini ish bilan ta‘minlangan. Ko'plab davlatlarda
qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etishni targ'ib qilish maqsadida
hukumat qarorlari qabul qilingan.