O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI KIMYO FAKULTETI Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi mutaxasisligi
1-bosqich magistranti
Musayev Husniddin Baxtiyorovich TAQDIMOT Arenlarning neftkimyo sentizida ishlatilishi Toshkent-2015
Arenlar - aromatik uglevodorodlar alkanlar va sikloalkanlarga nisbatan neft tarkibida kamroq miqdorda uchraydi. Turli neftlarda ushbu uglevodorodlarning umumiy miqdori turlicha bo`lib, 10-20% (massaviy) ni tashkil qiladi. Aromatik neftlarda, masalan, Chusov neftida uning miqdori 35 va undan ortiq foizni tashkil qiladi. Ushbu sinf uglevodorodlari neftda benzol va uning gomologlari hamda bi - va polisiklik birikmalar hosilalari holida mavjud. Neft tarkibida gibrid strukturali uglevodorodlar ham mavjud bo`lib nafaqat aromatik sikllar, alkilli sikllar, balki sikloalkanli sikllar ham mavjud. Neft tarkibidagi arenlar boshqa sinf uglevodorodlariga nisbatan yaxshiroq o`rganilgan. Ko`pgina individual arenlar turli usullar bilan neft fraksiyalari tarkibidan ajratib olingan. Bu usullar quyidagilarga asoslangan:
- ularning yuqori reaksion qobilyatiga;
- tanlash adsorbsiyasiga;
- ularning polyar erituvchilarda eruvchanligiga;
- ularning yuqori erish haroratiga.
Monotsiklik arenlar, di- va politsikliklarga nisbatan benzin va kerosin fraksiyalarida ko`proq mavjud bo`lib, ushbu qonuniyat gazoyl va moy fraksiyalariga ham taalluqlidir. Benzol halqasida yon zanjirda 1 yoki 2 metil guruxi va bir - kam tarmoqlangan uzun alkil radikali bo`ladi. Umuman olganda neftlar tarkibiga kirgan arenlar miqdori quyidagicha bo`lishi kuzatiladi, massaviy % hisobida: