O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti kimyo fakulteti



Yüklə 484,01 Kb.
səhifə5/6
tarix15.11.2022
ölçüsü484,01 Kb.
#69269
1   2   3   4   5   6
arenlar haqida

Sulfolash reaksiyasi.
Aromatik uglevodorodlarga massa ulushi 65% dan yuqori bo’lgan sulfat kislota bilan ta’sir etilganda tegishli sulfokislotalar hosil bo’ladi:
Oksidlanish reaksiyasi.
Benzol halqasi oksidlovchilar ta’siriga o’ta chidamli. Oddiy sharoitda benzolga kaliypermanganat, vodorod peroksid, xrom aralashmasi kabi oksidlovchilar ta’sir etmaydi. Benzol katalizator ishtirokida yuqori haroratda havo kislorodi bilan oksidlanganda malein angidiridini hosil qiladi:
Benzolning gomologlari oson oksidlanadilar. Masalan, toluol kaliy permanganatning suvdagi eritmasi bilan qo’shib qizdirilganda benzoy kislota hosil qiladi:
Agar benzol halqasida normal tuzilishga ega bo’lgan uzun radikal bo’lsa, bunday moddani oksidlash natijasida oxirgi mahsulot sifatida faqat benzoy kislota hosil bo’ladi:
Benzol halqasida bir necha radikal bo’lsa, bunday moddalarni oksidlash natijasida tegishli ko’p asosli kislotalar hosil bo’ladi:
Agar benzol halqasidagi radikallarda ikkilamchi yoki uchlamchi uglerod atomlari bo’lsa, bunday birikmalarni oksidlash natijasida gidroperoksidlar hosil bo’ladi:
Hosil bo’lgan gidroperoksidlarni parchalab sanoatda atseton, fenol, rezollar olinadi.
Agar benzol halqasidagi radikallarda ikkilamchi yoki uchlamchi uglerod atomlari bo’lsa, bunday birikmalarni oksidlash natijasida gidroperoksidlar hosil bo’ladi:
Hosil bo’lgan gidroperoksidlarni parchalab sanoatda atseton, fenol, rezollar olinadi.
Yon zanjirda to’yinmagan radikal tutgan aromatik uglevodorodlar.
Yon zanjirda to’yinmagan radikal tutgan aromatik uglevodorodlarning eng oddiy vakili vinilbenzol (stirol)dir. Stirol 1460C da qaynaydigan suyuqlik. Sanoatda stirolni asosan quyidagi sxema bo’yicha olinadi:
Stirol uzoq saqlanganda yoki katalizatorlar ta’sirida qattiq shaffof massa (polistirol) hosil qilib polimerlanadi.
n-ning miqdori 5000 gacha bo’ladi.
Stirolga turli molekulalar Markovnikov qoidasiga muvofiq ravishda birikadi:
Fenil guruhi ta’sirida qo’shbog’ning nukleofil hususiyati ortadi. Shuning uchun stirolga spirtlar va boshqa molekulalar alkenlarga qaraganda oson birikadi.
Stirol sanoatda asosan plastik massalar, kauchuk va boshqalar olishda ishlatiladi.
n-divinilbenzol qimmatli monomer bo’lib, undan olinadigan to’rsimon polimerlar ion almashtiruvchi moddalar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Fenilatsetilen C6H5 – C  CH, o’ziga xos hidga ega bo’lgan suyuqlik stirolga brom biriktirib, so’ng degidrobromlash orqali hosil qilinadi:
Fenilatsetilen atsetilen birikmalar uchun xos deyarli barcha xususiyatlarni takrorlaydi.

Yüklə 484,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin