O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti kimyo fakulteti


Aromatik uglevodorodlarning manbalari



Yüklə 484,01 Kb.
səhifə2/6
tarix15.11.2022
ölçüsü484,01 Kb.
#69269
1   2   3   4   5   6
arenlar haqida

Aromatik uglevodorodlarning manbalari.
XIX asr va XX asrning birinchi o’n yilligi davomida benzol va boshqa aromatik uglevodorodlarning manbai ko’mirni quruq haydash (kokslash) bo’lgan. Тoshko’mirni havo kiritmasdan 1000–13000 gacha qizdirilganda toshko’mirning organik moddalari parchalanib qattiq suyuq va gazsimon mahsulotlar hosil bo’ladi.
Quruq haydashning qattiq mahsuloti g’ovak massa koksdan iborat. Koks juda ko’p miqdorda ishlab chiqariladi va asosan metallurgiya sanoatida metallarni olishda qaytaruvchi sifatida ishlatiladi.
Quruq haydashning suyuq mahsuloti bu qora tusli yopishqoq yelim (smola) toshko’mir qatroni bo’lib, uglevodorodlar, kislorod va azot tutgan moddalarning murakkab aralashmasidan iborat. Hozirgi vaqtda toshko’mir smolasini haydash orqali 120 dan ortiq turli xil moddalar ajratib olinadi, ularning asosiy qismini aromatik uglevodorodlar (benzol va uning hosilalari) tashkil qiladi.
Quruq haydashning gazsimon mahsuloti koks gazi deb ataladi. Koks gazi tarkibida 60% gacha aromatik uglevodorodlar bo’ladi. Undan benzol, toluol va boshqa moddalar ajratib olinadi. Hozirgi vaqtda benzolning ko’p qismi shu usulda olinadi. Bundan tashqari koks gazidan kimyoviy xom ashyo sifatida keng ko’lamda foydalaniladi.
1000 kg toshko’mir smolasidan o’rta hisob bilan 16 kg benzol; 2,5 kg toluol; 0,3 kg ksilol, fenol va krezollar 20 kg; 20–60; antratsen 5–20 kg olinadi. Ammo, hozirgi vaqtda aromatik uglevodorodlarning asosiy manbai neftdir. Markaziy Osiyodagi neftlar tarkibida 40–60% gacha aromatik uglevodorodlar bo’ladi. Neftdan aromatik uglevodorodlar, asosan maxsus usullar bilan termik qayta ishlanib, ya’ni krekinglab, pirolizlab, naften uglevodorodlarni degidrogenlab va parafin uglevodorodlarni katalizatorlar ishtirokida halqalab (degidrotsiklizatsiya reaksiyasi) olinadi.
Aralash tuzilishdagi uglevodorodlar (gibridlar) arenlarining miqdori turli neftlarda har xil bo’lib, 15% dan 50% gacha bo’ladi arenlarni o’rtacha miqdori kam parafinli neftlarda 37,4 % ni, o’rtacha parafinli neftlarda 30,6% yuqori parafin neftlarda 20,8%ni tashkil qiladi. Arenlar neftda benzol va uning gomologlari sifatida mavjud. Bulardan tashqari neftda aren gibrid uglevodorodlar- aromatic halqalar va alkan zanjirlari hamda to’yingan siklli uglevodorodlari-aralashma tuzilishdagi uglevodorodlar ko’rinishida ham bo’ladi. Benzin fraksiyasida asosan aromatik uglevodorodlardan; toluol, m-ksilol va psevdokumol ko’pini tashkil qiladi. Tarkibida C9 bo’lgan benzol gomologlari 180-200 C fraksiyada bo’ladi. 230-275C li fraksiyada asosan C-10 va undan ortiq uglerodli aromatik uglevodorodlar bo’ladi . Kerosin fraksiyada naftalin va uning gomologlari bo’ladi.
Parafinlar
СnН2n+2
Aramatik uglivadorodlar
СnН2n-6
Neftni krekinglashni, odatda 450–6500C da, pirolizlashni esa 650–7500 C da olib boriladi. Shunda neft mahsulotlari parchalanib aromatik uglevodorodlarga aylanadi. Aromatlanish reaksiyasi mexanizmini umumiy holda quyidagicha ifodalash mumkin:
Olefinlar Siklogeksanlar
CnH2n C6H12
ARENLARNING NEFTKIMYO SENTIZIDA ISHLATILISHI
Arenlar, asosan benzol, toluol, ksilollar ko’p tonnali neftkimyo mahsulotlariga kiradi. Dunyo miqyosida shu moddalarni ishlab chiqarish to’xtovsiz o’sib bormoqda, chunki ularga talab katta. AQSH va MDH davlatlarida arenlar asosan benzin fraksiyalarini reforming qilib olinadi.
G’arbiy Yevropa davlatlarida arenlar piroliz maxsulotlaridan ajratib olinadi.

Yüklə 484,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin