16. Kuygan yoki ishga yaroqsiz saqlagichlarni almashtirish, o‘chirilgan kondensator batareyalarida, maxsus
shtanga bilan barcha kondensator batareyalari nazorat uchun razryadlangandan keyin amalga oshiriladi.
17. Individual himoya qilishda nazorat uchun razryadlash o‘chirilgan batareya tarkibiga kiruvchi har bir
kondensatorning barcha chiqishlarini navbatma-navbat qisqa tutashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Guruhli
himoyada kondensatorlarning
har bir guruhi razryadlanadi, bitta faqat umumiy himoyada esa batareya
shinalaridagi tegishli shinalar qisqa tutashtiriladi.
18. Kondensator qurilmalari himoya tomonidan takror avomatik o‘chirilganda, kondensatorlarni ulashga
faqat o‘chirishlarni yuzaga keltirgan sabablar aniqlangandan va bartaraf etilgandan keyingina ruxsat beriladi.
Kondensator batareyalarini qayta ulashga kuchlanishi 660 V dan yuqori kondensatorlar uchun ular avvalgi
o‘chirilgandan so‘ng kamida 5 daqiqadan keyin, kuchlanishi 660 V va undan past kondensatorlar uchun esa
kamida 1 daqiqadan keyin, agar batareyada qoldiq kuchlanish 50 V dan ko‘p bo‘lmaganda ruxsat beriladi.
19. Kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori bo‘lgan kondensator qurilmalarini ko‘rikdan (o‘chirmasdan)
mahalliy yo‘riqnomalarda belgilangan muddatlarda — quvvati 500 kVAr dan kam bo‘lgan qurilmalar uchun oyda
kamida 1-marta va quvvati 500 kVAr dan yuqori bo‘lgan qurilmalar uchun o‘n kunda 1-marta o‘tkaziladi.
20. Kondensator qurilmasini ko‘rikdan o‘tkazishda quyidagilar tekshirilishi shart:
to‘siqlar va qulflarning sozligi, begona predmetlarning yo‘qligi;
kuchlanish, tok va atrof-havo harorati qiymatlari, alohida fazalar yuklamalarining bir xildaligi;
apparatlar, uskunalar, kontaktli ulanmalarning texnik holati, izolatsiyaning butunligi va ifloslanish darajasi;
shimdirilgan suyuqlikning tomchilab oqishi va kondensator korpusi devorlari ruxsat etilmagan darajada
bo‘rtib shishganligi yo‘qligi;
o‘t o‘chirish vositalarining mavjudligi va holati.
Ko‘rikdan o‘tkazish natijalari haqida tezkor hujjatlarga tegishli yozuv kiritilishi shart.
21. Kondensator qurilmalarini navbatdan tashqari ko‘rikdan kondensatorlarda razryadlanish (chirsillash)
paydo bo‘lganda, qisqichlardagi kuchlanish yoki atrof-havo harorati ruxsat etilgan eng yuqori qiymatlarga yaqin
darajagacha ko‘tarilganda va shunga o‘xshash hollarda o‘tkaziladi.
22. Kondensator batareyalarining barcha ko‘rikdan o‘tkazishlari va aniqlangan nosozliklar haqida tezkor
hujjatlarda tegishli yozuvlar qilinadi.
23.Ulangan kondensator qurilmasini ko‘rikdan o‘tkazishda to‘suvchi qurilmalarni
olish yoki ochish man
qilinadi.
24. Izolyatorlar, kondensatorlar, apparaturalar va karkaslar sirtlarini chang va boshqa ifloslardan tozalash,
batareya o‘chirilgan holatda zarurat bo‘yicha, elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan belgilagan
muddatlarda o‘tkaziladi.
25. Quyidagi holatlarda kondensatorlarni ekspluatatsiya qilish man etiladi:
kondensatorlar ulangan shinalardagi kuchlanish kondensatorlar nominal kuchlanishining 110 foizidan ortiq
bo‘lganda;
atrof-havoning harorati kondensatorning ushbu turi uchun ruxsat etilgan eng yuqori va eng past
haroratdan ortiq bo‘lganda;
kondensatorlar devorlari bo‘rtib shishganda;
kondensator qurilmasining fazalar bo‘yicha yuklanganligi tokning o‘rtacha qiymatidan 10 foizdan ortiq
notekis bo‘lganda;
batareya toki nominal qiymatning 30 foizidan ortganda;
shimdiruvchi suyuqlik tomchilab oqqanda;
chinni izolyator shikastlanganda.
26. Kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori bo‘lgan kondensator qurilmalarining joriy ta’miri
yilda
kamida 1-marta, albatta, qurilmani o‘chirib o‘tkaziladi.
27. Kondensator qurilmalarini joriy ta’mirlashda quyidagilar bajariladi:
kontaktli ulashlarda gaykalarning tortilish darajasini tekshirish;
megoommetr (ommetr) bilan eruvchan birikmalarning butunligini va kondensatorlarning zaryadsizlanish
zanjirini tekshirish;
erga ulash konturiga tarmoqlanishning ulanishi sifatini tashqi ko‘rikdan o‘tkazish bilan tekshirish;
izolyatorlar yuzasini, kondensatorlar, apparaturalar va karkas korpuslarini changdan va boshqa
ifloslanishlardan tozalash;
har bir kondensatorning sig‘imini tekshirish va qiyoslash (1000 V dan yuqori kuchlanishli kondensatorlar
uchun) mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi;
izolatsiyalangan chiqarmalar va korpus orasida tegib qolgan joylar yo‘qligi holatini tekshirib, kondensatorlar
sig‘imini o‘lchash;
shimdiruvchi suyuqlik sizib chiqqan joylarni, shu jumladan kondensatorlar qopqoqlaridagi o‘tish
izolyatorlari o‘rnatilgan joylarni yumshoq kavshar bilan kavsharlash;
kondensator batareyalarining nosoz seksiyalarini yoki alohida kondensatorlarini almashtirish;
avtomatik boshqarish va rostlash qurilmalarini, releli himoyani va o‘chirgichlar
yuritmalari harakatlarini
sinab ko‘rish.
28. Kondensator qurilmalarini kapital va joriy ta’mirlash davriyligi Elektr uskunalarini SQ va M talablariga
muvofiq bo‘lishi shart.
29. Asinxron elektr dvigatelni, kuch transformatorini va shunga o‘xshash elektr qabul qilgichning asosiy
uskunasini ko‘rikdan o‘tkazganda yoki ta’mirlaganda (kapital yoki joriy), agar ushbu uskunalar qisqichlariga
kondensator yoki kondensatorlar guruhi bevosita ulangan va mazkur uskunalar bilan bir xonada o‘rnatilgan
bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida ushbu kondensatorlarni ham ko‘rikdan o‘tkazish yoki ta’mirlash (mos ravishda kapital
yoki joriy) kerak.
30. Kondensator qurilmasi alohida elementlarining sig‘imi Elektr uskunalarini SQ va Mda keltirilgan
qiymatlardan oshmasligi shart.
Kondensatorlar sig‘imini o‘lchash natijalari bayonnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak.
Sig‘im quyidagi qiymatlargacha yoki undan ko‘pga ortganda, kondensatorni o‘chirish va almashtirish zarur:
Kondensator
Kondensator sig‘imini ortishi, %, uning nominal kuchlanishida, V
6300
10500
Sintetik suyuqliklar bilan shimdirilganda:
0 gabaritli
25
14
I gabaritli
20
20
II gabaritli
10
10
Mineral moy bilan shimdirilganda:
I gabaritli
20
20
II gabaritli
10
10
Quvvati saqlagichlarni kuyishi natijasida kamaygan, kuchlanishi 1050 V va undan past bo‘lgan
kondensatorni qo‘llash texnik maqsadga muvofiqlikni hisobga olib, mahalliy yo‘riqnomalar bilan aniqlanadi.
31. Sanoat chastotali yuqori kuchlanish bilan profilaktik sinovlar kapital ta’mirlash vaqtida o‘tkaziladi.
Sinov kuchlanishi Elektr uskunalarni SQ va Mda keltirilgan qiymatlardan ortmasligi kerak.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik
ekspluatatsiya qilish
qoidalariga
8-ILOVA
Dostları ilə paylaş: