54. Naryad bo‘yicha elektr qurilmalarida quyidagi ishlar bajarilishi mumkin:
a) kuchlanish olinib;
b) kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida;
v) kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda bajariladigan
ishlar.
55. Farmoyish — bu ishning mazmunini, joyini, vaqtini, xavfsizlik choralarini (agar zarur bo‘lsa) va uning
bajarilishi topshirilgan shaxslarni belgilovchi topshiriq. Farmoyish bevosita yoki keyinchalik tezkor jurnalga yozish
sharti bilan aloqa vositalari yordamida berilishi mumkin.
Farmoyish bir martalik xususiyatga ega va ijrochilarning ish vaqti bilan chegaralanadi.
56. Joriy ekspluatatsiya — bu tezkor (tezkor ta’mirlovchi) xodimlar tomonidan ularga biriktirilgan
uchastkalarda mustaqil ravishda bir smena davomida mazkur Qoidalarning
123-bandida
keltirilgan ishlarning
bajarilishi.
Dostları ilə paylaş: