ish bajaruvchining doimiy kuzatuvi ostida amalga oshirilishi kerak.
Ta’mirlash ishlari uchun qo‘llaniladigan narvon va hovozalar davlat standartlari yoki ular uchun texnik
shartlar asosida yasalgan bo‘lishi shart. Tekis yuzalarda o‘rnatiladigan narvonning asosi rezina bilan qoplanishi,
yerga o‘rnatiladigan narvonning asoslarida esa o‘tkir metall uchlar bo‘lishi kerak. Narvonning yuqori uchlari
mustahkam tayanchga ishonchli tayanib turishi kerak. Agar narvon simga tayanishi zarur bo‘lsa, unda narvon
yuqori qismida ilgak bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. Bog‘langan narvonlarni qo‘llash taqiqlanadi.
Tirama narvonlar kran osti balkalarga, metall konstruksiyalarning elementlariga va boshqalarga
o‘rnatilganda, ularning pastki va yuqori qismlari konstruksiyalarga ishonchli mahkamlanishi kerak.
Elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatishda, shuningdek, ularni ta’mirlashda metall narvonlarni qo‘llash
taqiqlanadi.
Narvon bilan bajariladigan ishlarni ikki kishi bajarishi va ularning biri pastda turishi shart.
Yashik va boshqa begona narsalar ustida turib ishlash man etiladi.
43. Ochiq taqsimlash qurilmalari (keyingi o‘rinlarda — OTQ) hududida joylashgan elektr uzatish havo
liniyasining oxirgi tayanchlarida bajariladigan ishlar mazkur Qoidalarga 10-ilovaning
7-bobi
talablariga muvofiq
bajarilishi kerak.
OTQga kirishdan oldin liniyani ta’mirlovchi xodimlarga tezkor xodimlar hisoblangan elektr xavfsizligi
bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan shaxs tomonidan yo‘l-yo‘riq berilishi va ish joyiga kuzatib qo‘yilishi lozim.
Ish tugatilganidan so‘ng yoki tanaffus vaqtida xodimlarni OTQdan ish bajaruvchining kuzatuvi ostida chiqishiga
ruxsat etiladi.
44. OTQda va HLning tayanchlari oralig‘idagi kesishish joylarida kuchlanish ostida bo‘lgan simlardan pastda
joylashgan troslarni, simlarni va ularga tegishli bo‘lgan izolyator va armaturalarni almashtirishda,
almashtirilayotgan tros, sim ustidan sintetik yoki o‘simlik tolasidan yasalgan arqon tashlanishi kerak. Arqonlar
ikki joydan — kesishgan joyning ikkala tarafidan tashlanib, uchlari konstruksiyalar va langarlarga mahkamlanishi
zarur.
Simni (trosni) ko‘tarish sekin-asta va ravon amalga oshirilishi kerak.
Kuchlanish ostida turgan simlardan yuqorida joylashgan simlar, troslar va ularga tegishli bo‘lgan
izolyatorlar, armaturalardagi ishlarni bajarishga simlarning pastga tushishining oldini olish, hamda ilashgan
kuchlanishdan himoyalash choralari ko‘zda tutilgan, korxonaning bosh muhandisi tasdiqlagan ishlarni bajarish
loyihasi bo‘lishi sharti bilangina yo‘l qo‘yilishi mumkin. Bunday ishlarda kesishayotgan simlardan kuchlanishni
olmay, simlar va troslarni almashtirish taqiqlanadi.
45. Ilashgan kuchlanish zonasidagi HLdagi ishlar, tayanchdan yerga qadar tushirilgan simga (trosga) tegish
bilan bog‘liq bo‘lsa, bunday ishlarni elektr himoya vositalarini (shtanga, qo‘lqop) qo‘llab yoki potensiallarni
tenglashtirish uchun ushbu sim (tros) o‘tkazgich bilan ulangan metall maydonchadan turib bajarish zarur.
Ishlarni yerdan turib, elektr himoya vositalarini va metall maydonchani qo‘llamasdan, simni (trosni) har bir tegish
joyining bevosita yaqinida, ammo ishlayotgan odamlardan 3 metrdan uzoq bo‘lmagan masofada yerga ulash
sharti bilan bajarishga ruxsat etiladi.
46. Momaqaldiroq yaqinlashayotganda HL va OTQda barcha ishlar, YOTQda esa havo liniyalariga bevosita
ulangan kommutatsiya apparatlari va ularning kirishlaridagi ishlar to‘xtatilishi shart.
Tuman va yomg‘ir vaqtida izolatsiyalovchi himoya vositalarini qo‘llashni talab qiladigan ishlarni bajarish
taqiqlanadi.
47. Yerga tutashuv aniqlangan taqdirda, tutashuv joyiga yopiq TQlarda 4 metrdan, ochiq TQlarda 8
metrdan kam masofaga yaqinlashish taqiqlanadi.
Ushbu joyga ko‘rsatilgan masofadan kamroq masofaga yaqinlashishga,faqat yerga tutashuvni bartaraf
etish uchun kommutatsiya apparatida o‘chirish-ulash ishlarini bajarish uchun, shuningdek, jabrlanganlarga
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish zarurati bo‘lganda ruxsat etiladi.
Bunday holatlarda asosiy elektr himoya vositalari bilan birga qo‘shimcha elektr himoya vositalaridan ham
foydalanish zarur.
48. Xodimlar elektr qurilmalardan olingan kuchlanish ogohlantirishsiz qayta berilishi mumkinligini har
doim yodlarida tutishlari shart.
49. Saqlagichlarni olish va o‘rnatish odatda kuchlanish olinib bajariladi. Saqlagichlarni kuchlanish ostida,
ammo yuklamasiz olish va o‘rnatish sxemasida kommutatsiya apparatlari bo‘lmagan ulanmalarda amalga
oshirilishi mumkin. 1000 V gacha kuchlanishli shchitlar va yig‘malarda ulanmaning saqlagichlari vertikal
bo‘yicha, birini ustida boshqasi joylashtirilgan (fazalar vertikal joylashtirilganda) hamda kommutatsiya apparatlari
bo‘lmagan sxemalarda, saqlagichlarni yuklama ostida olish va o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda ko‘zni himoya
qilish vositalari o‘rniga yuzni himoya qilish vositalarini qo‘llash tavsiya etiladi.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida yopiq turdagi saqlagichlarni va kuchlanish
transformatorlari saqlagichlarini kuchlanish hamda yuklama ostida olish va o‘rnatishga ruxsat etiladi.
50. Saqlagichlarni kuchlanish ostida olish va o‘rnatishda quyidagilardan:
kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida izolatsiyalovchi qisqich (shtanga), dielektrik
qo‘lqop va himoya ko‘zoynagidan (niqobdan);
kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida izolatsiyalovchi ombirlar yoki dielektrik qo‘lqoplar,
ochiq eruvchan o‘rnatma bo‘lgan taqdirda esa, ularga qo‘shimcha himoya ko‘zoynagidan (niqobdan) foydalanish
shart.
Dostları ilə paylaş: