Iste’molchilar haq huquqi


O‘zbekistonda 1996 yil 26 aprel kuni mamlakatimizda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganidan beri Butunjahon Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni



Yüklə 3,79 Mb.
səhifə4/5
tarix26.10.2023
ölçüsü3,79 Mb.
#161534
1   2   3   4   5
Iste’molchilar haq huquqi

O‘zbekistonda 1996 yil 26 aprel kuni mamlakatimizda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganidan beri Butunjahon Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni nishonlab kelinadi.

Qo‘mita tomonidan joriy yilning 15 martda Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni munosabati bilan 2 bosqichdan iborat “Moliyaviy savodxon yosh iste’molchi” onlayn olimpiadasi o‘tkazildi.Unda respublikadagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridan 600 nafarga yaqin talaba ishtirok etib, o‘zlarining moliyaviy sohadagi bilimlarini namoyish qildilar.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI ISTE’MOLCHILARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA

  • 1-modda. Ushbu Qonunda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar
  • Ushbu Qonunda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
  • Oldingi tahrirga qarang.
  • iste’molchi — foyda chiqarib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsiy iste’mol yoki boshqa maqsadlarda tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo‘lgan fuqaro (jismoniy shaxs);
  • ishlab chiqaruvchi — iste’molchiga realizatsiya qilish uchun tovar ishlab chiqaradigan korxona, tashkilot, muassasa yoki yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor;
  • ijrochi — maishiy xizmat, uy-joy-kommunal, ta’mirlash-qurilish, transport xizmati va xizmat ko‘rsatishning boshqa sohalarida shartnoma bo‘yicha iste’molchi uchun ishlar bajaradigan yoki xizmatlar ko‘rsatadigan korxona, tashkilot, muassasa yoki yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor;
  • sotuvchi — oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha iste’molchiga tovar realizatsiya qiladigan korxona, tashkilot, muassasa yoki yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor;

3-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar

Agar O‘zbekiston Respublikasi ishtirok etgan xalqaro shartnoma yoki bitimda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo‘llaniladi.

  • 4-modda. Iste’molchilarning asosiy huquqlari
  • Iste’molchilar quyidagi huquqlarga ega:
  • tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish;
  • tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo‘lishi;
  • tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz bo‘lishi;
  • hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni bo‘lgan tovar (ish, xizmat), shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning g‘ayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, ma’naviy zararning to‘liq hajmda qoplanishi;
  • buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini so‘rab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish;
  • iste’molchilarning jamoat birlashmalarini tuzish.
  • Iste’molchilarning ijtimoiy himoyaga muhtojlar toifasiga kiritilgan ayrim guruhlari uchun qonun hujjatlari bilan savdo, maishiy xizmat va xizmat ko‘rsatishning boshqa turlari bo‘yicha imtiyozlar va afzalliklar belgilanishi mumkin.
  • 5-modda. Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi), savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalari to‘g‘risidagi ma’lumot
  • Ishlab chiqaruvchi o‘z korxonasining nomi va joylashgan (yuridik) manzili haqida iste’molchini xabardor qilishi shart. Bunday ma’lumot ishlab chiqarish markasi yoki tovar belgisida ko‘rsatilgan bo‘lishi yoxud boshqa usulda taqdim etilishi lozim.
  • Sotuvchi (ijrochi) o‘z tashkilotining firma nomi, uning joylashgan (yuridik) manzili va ish tartibini iste’molchilarga ma’lum qilishi shart. Bunday ma’lumot lavhada aks ettirilishi lozim.
  • Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumot savdo va xizmat ko‘rsatish muvaqqat binolar, yarmarkalar, ko‘chma do‘konchalar orqali amalga oshirilgan yoki savdo va xizmat ko‘rsatish sotuvchi (ijrochi)ning doimiy joylashgan manzilidan tashqarida amalga oshirilgan boshqa hollarda ham iste’molchilar e’tiboriga yetkazilishi kerak.
  • Sotuvchi (ijrochi) iste’molchiga tovarlar savdosi, maishiy va boshqa turdagi xizmat ko‘rsatishning qoidalari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berishi shart.

Yüklə 3,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin