78
bo‘lsa (Allohning g‘azabiga duchor bo‘lur). Lekin, kim qalbi iymon bilan
taskin topgani holda (kufr kalimasini aytishga) majbur qilinsa, (uning
iymoniga ziyon yetmas)»,– deyilgan. Sahih va botil normalar shunday
normalarki, ularning birinchisida qonunda belgilangan barcha talablar,
shartlarning natijasida kelib chiqadigan oqibat haqiqiy, qonuniydir.
Ikkinchisida esa qonun talablarini to‘la
bajarmaslik oqibatida kelib
chiqqan natija haqiqiy emas, deb hisoblanadi. Masalan, qonun talablariga
to‘liq rioya qilinib tuzilgan nikoh haqiqiy deb tan olinadi va huquqiy
oqibatlarni keltirib chiqaradi. Qo‘yiladigan talablardan ayrimlarini
bajarmasdan tuzilgan nikoh esa haqiqiy hisoblanmaydi. Masalan,
erkak
kishining boshqaning nikohidagi ayol bilan nikohga kirishishi, ushbu
nikohni haqiqiy emas, deb topishga asos bo‘ladi. Ushbu nikoh hech
qanday huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi. Hozirgi zamon islom qiyosiy
huquqshunosligida musulmon huquqiy normalari
imperativ va dispozitiv
turlarga bo‘lib o‘rganiladi.
Imperativ norma – xatti-harakat, xulq-atvor
qoidasi, qat’iy belgilangan norma bo‘lib, huquqiy munosabat subyekti uni
tanlash imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Masalan, Qur’oni karim «Tavba»
surasining 60-oyatida:
«Albatta, sadaqalar Alloh tomonidan farz bo‘lgan
holda, faqat faqirlarga, miskinlarga, sadaqa yig‘uvchilarga, ko‘ngillari
(islomga) oshno qilinuvchi kishilarga, bo‘yinlarni (qullarni) ozod
qilishga, qarzdor kishilarga va Alloh yo‘lida hamda yo‘lovchi
musofirlarga berilur», – deyilgan. Ushbu oyatda zakotdan yig‘ilgan
mablag‘lar kimlarga berilishi zarurligi aniq belgilab qo‘yilgan.
Dispozitiv normaga muvofiq, subyektga tanlash imkoniyati beriladi.
Qur’oni karim «Moida» surasining 33-oyatida:
«Albatta, Alloh va uning
payg‘ambariga qarshi urushadigan va yerda buzg‘unchilik qilish
Dostları ilə paylaş: