Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/70
tarix24.04.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#101857
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
islom huquqi



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI 
A K A D E M I YA 
S. A. ISXAKOV, A. R. RAXMANOV 
MUSULMON HUQUQI 
O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan Vazirlik oliy ta’lim
muassasalari uchun darslik sifatida ruxsat etilgan 
Toshkent 2012 


2
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining
Tahririyat-noshirlik hay’atida ma’qullangan 
T a q r i z c h i l a r :
yuridik fanlar doktori, professor I. B. Zokirov; 
yuridik fanlar nomzodi, dotsent N. P. Azizov; 
Toshkent islom universiteti islom huquqi kafedrasining dotsenti, 
yuridik fanlar nomzodi N. J. Yusupova
I-91 
Isxakov S.A.
Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik S. 
A. Isxakov, A.R. Raxmanov. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV 
Akademiyasi, 2012. – 177 b.
Ushbu darslikda musulmon huquqining predmeti, tushunchasi, tizimi, 
manbalari, islomda oila va nikoh munosabatlari, fiqh-qonunshunoslik, qonun 
ijodkorligi, jinoyat va jazo, ularning turlari, meros huquqi kabilar yoritilgan. 
Darslik IIV Akademiyasining tinglovchilari, oliy ta’lim muassasalarining 
huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalariga mo‘ljallangan. 
BBK 67. 3ya 73 
© O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012 


3
SO‘Z BOSHI 
Mustaqilligimiz sharofati bilan mamlakatimizda tinchlik va osoyish-
talik hukm surib, umumbashariy qadriyatlar sarchashmalaridan bahra-
mand bo‘lmoqdamiz. Milliy istiqlol bois davlatchilik tajribamizni, uning 
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy asoslarini har tomonlama puxta 
o‘rganish va rivojlantirish imkoniyati yaratildi. Mustaqil o‘zbek 
davlatchiligi va milliy huquqiy tizimni shakllantirishning o‘ziga xos va 
o‘ziga mos yo‘li boy ma’naviy-huquqiy negizlarga asoslanadi. Bizning 
davlatimiz ko‘hna So‘g‘diyona va Xorazm, shuningdek Qoraxoniylar, 
Xorazmshohlar, Temuriylar davlatlari hamda barcha o‘zbek xonlik-
larining davlat boshqaruvi tajribalari, xalqimizning butun milliy, tarixiy, 
huquqiy, ma’naviy amaliyotini, uning o‘z mustaqil davlatiga ega 
bo‘lishdek asriy orzularini o‘zida mujassamlashtirgan. 
Mintaqamizning qadimiy tarixi va boy madaniyati, bu makonda 
yashab o‘tgan ajdodlarimizning jahon madaniyatini rivojlantirishga 
qo‘shgan ulkan hissalari hozirgi kunda ham hayotning barcha jabhalariga 
sezilarli ta’sir o‘tkazmoqda. 
O‘zbekiston Prezidenti: «O‘tmishimizdagi allomalarning bebaho 
merosi qanchadan qancha avlodlarning ma’naviy-ruhiy ongini va turmush 
tarzini shakllantirgan edi va u hamon ta’sir ko‘rsatmoqda»
1
, – deya 
ta’kidlaydi. Shu bois, dunyo huquqiy madaniyatining ajralmas bo‘lagi 
hisoblangan, o‘zbek davlatchiligining tarixiy tajribasi va huquqiy 
tafakkuri rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan musulmon huquqini 
o‘rganishning dolzarbligini ta’kidlash o‘rinli bo‘ladi. 
Musulmon huquqi huquqshunoslarning Qur’on va sunnadagi huquqiy 
qoidalarni amaliy yuridik normalar «tiliga ko‘chirgan» oqilona ijod 
mahsuli sifatida baholanadi. Bizningcha, fiqh me’yorlarini ibodat 
qoidalari va insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi 
normalarga ajratish hamda tasniflash nuqtai nazaridangina o‘rganish 
yetarli emas. Ushbu bo‘linish zamirida aynan hayot ehtiyojlari yotadi, 
chunki ushbu normalar toifalarining ikkisi ham turli sohalarda 
qo‘llaniladi, shuningdek ularning tarixiy rivojlanish qonuniyatlari ham 
har xil. Mazkur normalar toifalari o‘ziga xos, alohida har biri tartibga 
1
Ԕɚɪɚɧɝ: Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ: ɦɢɥɥɢɣ ɢɫɬɢԕɥɨɥ, ɢԕɬɢɫɨɞ, ɫɢɺɫɚɬ ɜɚ
ɦɚɮɤɭɪɚ.Ɍ.1. – Ɍ., 1996. – Ȼ. 40–41.


4
soluvchi xususiyatlarga ega. Ularning islomdagi maqomi ham har xil 
bo‘lib, bir-biridan mustaqil tarzda amal qilishi mumkin. Ushbu fikrni 
islom tarixi va musulmon mamlakatlari ijtimoiy taraqqiyotining hozirgi 
bosqichidan olingan ko‘plab faktlar tasdiqlaydi.
Yuridik hodisa sifatida musulmon huquqining mustaqilligini uni 
amalga oshirish jarayonining tahlili ham tasdiqlaydi. Musulmon huquqiga 
uni amalda qo‘llashning diniy prinsipi ko‘proq xos, ya’ni u, eng avvalo, 
musulmonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda amal qilgan. Shu narsa 
muhimki, bu prinsip hozirgi davrgacha saqlanib qolgan. Masalan, 
musulmon huquqining oila va nikoh masalalarini tartibga soluvchi 
normalari faqat musulmonlarga nisbatan tatbiq etilib, boshqa dinlarda 
qo‘llanilmaydi.
Islom dini vujudga kelgan va islom davlati tashkil topgan paytdan 
boshlab musulmon huquqining normalari nomusulmonlarga nisbatan ham 
tatbiq etilgan. Masalan, davlat huquqini yoki nomusulmon aholiga 
soliqlar solish tartibini belgilovchi qoidalar, shuningdek musulmonga 
turmushga chiqqan nomusulmon ayolning islom qoidalariga bo‘ysunishi 
kabilar.
Odatda, shaxsning diniy e’tiqodi bilan uzviy bog‘liq, shaxs 
maqomini tartibga soluvchi normalarni amalda qo‘llashda diniy prinsip 
chegarasidan chetga chiqish hollari ko‘p uchraydi. Masalan, hozirgi 
vaqtda meros qoldirish, huquq layoqatini cheklash, vaqf mulki 
masalalarini tartibga soluvchi musulmon huquqiy normalari arab 
mamlakatlarining aksariyatida nomusulmonlarga nisbatan ham tatbiq 
etiladi. Islomdagi diniy va huquqiy normalarning o‘zaro nisbatini tahlil 
qilganda jazo qo‘llash normalari mazmunan «dunyoviy» ekanligini, diniy 
jazo choralariga to‘la mos keluvchi xulq-atvor qoidalariga manba bo‘lib 
xizmat qilgan diniy qoidalar miqdori esa uncha ko‘p emasligini e’tiborga 
olish lozim.
Ko‘pincha Qur’oni karim va sunnada belgilangan qoidalarni 
buzganlik uchun nazarda tutilgan jazolar yuridik sanksiyalarga asos 
bo‘lgach, keyinchalik davlat tomonidan islom huquqiy ta’limoti 
xulosalari asosida aniqlashtirilgan, to‘ldirilgan va hatto sezilarli darajada 
o‘zgartirilgan. Masalan, huquqbuzarlikning ko‘rinishi bo‘lgan zinokorlik 
uchun diniy jazo sifatida nafaqat tan jazosi, balki ayrim hollarda faqat 
hadislarda keltirilgan toshbo‘ron qilib o‘ldirish ham qo‘llanilgan. 
Qasddan odam o‘ldirishda, odatda o‘lim jazosi xun to‘lash bilan 
almashtirilgan.


5
Islom aqidalari va diniy xulq-atvor, eng avvalo, Qur’on va sunnada 
ifodalangan, islom ilohiyotchilari va huquqshunoslari tomonidan talqin 
qilinadigan qoidalardir. Musulmon huquqi nafaqat Qur’on va sunnada 
mustahkamlab qo‘yilgan yoki huquqshunoslar tomonidan ijtihod asosida 
amalga kiritilgan qoidalarning muayyan majmuini, balki amal qiluvchi va 
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi normalarni ham qamrab oladi. 
Ta’kidlash mumkinki, islom ijtimoiy-huquqiy tartibga solish 
tizimining ilmiy-uslubiy, ma’rifiy konsepsiyalarini ishlab chiqish 
musulmon huquqini tadqiq qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. 
Professor L. Syukiyaynen uqtirganidek, «hozirgi vaqtda musulmon 
huquqini o‘rganish huquq fanida asosiy o‘rinlardan birini egallashi lozim, 
chunki musulmon huquqi tarixi va hozirgi holatini, uning siyosiy-
madaniy asoslari va rivojlanish yo‘nalishlarini o‘rganish islom mintaqasi 
mamlakatlarida davlat va huquqning vujudga kelishi, evolutsiyasi va 
holatining asosiy jihatlari va qonuniyatlarini hamda kelgusi rivojlanish 
omillarini yanada chuqurroq yoritishga ko‘maklashadi»
1
.
Ushbu darslikda musulmon huquqining vujudga kelishi, rivojlanishi, 
asosiy tushunchalari va tuzilmalari, qonuniyatlari va yo‘nalishlari 
yoritilgan. Unda musulmon huquqining nazariy-uslubiy va tarixiy, ya’ni 
umumiy qismiga alohida e’tibor berilgan. Undan musulmon huquqining 
asosiy tarmoqlariga doir muammolar to‘g‘risidagi bahs-munozaralar ham 
o‘rin olgan. 
1
ɋɸɤɢɹɣɧɟɧ Ʌ.Ɋ. Ɇɭɫɭɥɶɦɚɧɫɤɨɟ ɩɪɚɜɨ. – Ɇ.,1986. – ɋ. 6.


6

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin