2.2. Markaziy Osiyoda musulmon huquqining o‘rnatilishi,
o‘zbekistonlik faqihlarning musulmon huquqi rivojiga
qo‘shgan hissalari
Islom adabiyotlaridagi ma’lumotlarga ko‘ra, milodiy VIII asrdan
Movarounnahr xalqlari tarixida yangi davr boshlandi
1
(Movarounnahr –
Markaziy Osiyoda Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi mintaqa (jumladan
hozirgi O‘zbekiston hududi)ning arabcha geografik nomi. Islomdan
oldingi davrlarda Turon deb atalgan. Makedoniyalik sarkarda Iskandar bu
joyni So‘g‘diyona deb nomlagan, XIX asrning ikkinchi yarmida mintaqa
Turkiston degan nom olgan). Qanday nomlanishidan qat’i nazar, jahon
sivilizatsiyasining eng qadimgi o‘chog‘i bo‘lgan bu mintaqada
davlatchilik va huquq, din va madaniyat, til va adabiyot rivojlangan edi.
Turon (Movarounnahr, So‘g‘diyona, Turkiston)ga xos xususiyat shuki,
uning xalqlari ma’naviyati turg‘unlik kechirmagan, bu hududda hech
qachon urug‘-aymoqchilik, milliy yoki diniy biqiqlik tamoyillari amal
qilmagan. Turonga Buyuk ipak yo‘li orqali Xitoy va Hindiston, Hijoz va
Vizantiya, Yaqin va O‘rta Sharqdan nafaqat moddiy boyliklar, balki ilmiy
va badiiy asarlar, yangi g‘oyalar va bilimlar ham olib kelingan. Ular
«islomga mansub emas», degan vaj bilan rad etilmagan, balki
ajdodlarimiz tomonidan boyitilib, takomillashtirilib, mahalliy madaniyat
bilan uyg‘unlashtirilgan.
VIII asrdan boshlab islom Movarounnahrda hukmron dinga aylanib,
jamiyat hayotining barcha jabhalariga singib ketgan bo‘lsa-da, amalda
uning o‘zi ham Turon sharoiti (masalan, mulk shakllari, aholining
turmush tarzi)ga moslashib borgan. Xullas, musulmon huquqi va uning
me’yorlarining shakllanishida mahalliy sharoit va urf-odatlar hisobga
olingan. Qur’on va sunna talablari, yakka xudolik tamoyili – tavhidga zid
bo‘lgan hamma qarashlarga barham berilgan. Tabiiyki, islom hayotning
barcha jabhalarini darhol va teng darajada o‘ziga «bo‘ysundirmagan».
1
Ԕɚɪɚɧɝ: ɆɭΣɚɦɦɚɞ Ⱥɛɭ ɁɭΣɪɚ. ɂɫɥɨɦ ɦɚɡԟɚɛɥɚɪɢɧɢɧɝ ɬɚɪɢɯɢ (ɚɪɚɛ). –
Ȼɚɣɪɭɬ, 1978. – Ȼ. 76.
24
Sababi – islomning o‘zi ham darhol shakllanmagan. Islom dini, unga
asoslangan musulmon huquqi, islom falsafasi – kalom va boshqa,
tamoyillar va talablar VII–XII asrlar mobaynida bosqichma-bosqich, asta-
sekinlik bilan rivoj topgan.
Movarounnahrda fuqarolik, yer, oila-nikoh, vorislik va boshqa
masalalar musulmon huquqining hanafiylik mazhabi me’yorlari asosida
tartibga solingan. Jinoyat ishlari ham ana shu me’yorlar asosida ko‘rib
chiqilgan va hal qilingan. Bundan tashqari, musulmon huquqiga mahalliy
odat huquqiga xos ko‘pgina me’yorlar ham singdirilgan edi.
Ta’kidlash zarurki, islom turli madaniyatlar, an’analar va urf-
odatlarni birlashtirdi, xalqlar o‘rtasidagi aloqalarning rivojiga imkoniyat
yaratdi, o‘sha davrning yangi davlat-huquqiy makonini vujudga keltirib,
Sharq, jumladan Movarounnahr xalqlari tarixida muhim rol o‘ynadi.
Tarixni kuzatish, o‘sha davrda yaratilgan «Hudud al-olam», «Kitob al-
masolik va-l-mamolik» kabi asarlarni o‘rganish VII asrning oxirida
arablar Movarounnahr deganda, Amudaryoning narigi tomonidagi
hududni tushungan, degan xulosani beradi. Keyinchalik ushbu
tushunchaning mazmuni kengaygan: dastlab Movarounnahr Xurosonning
bir qismi sanalgan bo‘lsa, X asr o‘rtalarida u nisbatan mustaqil geografik
mintaqaga aylangan. Bu davrga kelib Movarounnahr tarkibiga Buxoro,
Samarqand, Kesh, Nasaf kabi yaqin hududlardan tashqari, Xorazm,
Badahshon, Marv, O‘zgan, Xuttal kabi viloyatlar ham kirar edi. X–XIII
asrlarda Movarounnahr siyosiy, iqtisodiy va madaniy omillar ta’sirida
geografik tushunchadan siyosiy-huquqiy tushunchaga aylandi. Mova-
rounnahr deganda, musulmon aholi yashaydigan O‘rta Osiyo hududi
tushunila boshlandi. Arab xalifaligi tarkibiga kirgan Movarounnahr ulkan
hududda yashovchi xalqlarning muhim siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy
markaziga aylandi. Ayni vaqtda Movarounnahrda ilmiy-madaniy va
ma’naviy-huquqiy hayotning barcha jabhalari tobora boyib, mustaqillikni
qo‘lga kirita bordi.
Islom madaniyati va huquqining rivojiga Movarounnahr mutafak-
kirlari va faqihlari ulkan hissa qo‘shdilar. Diniy va dunyoviy ilmlarni
yangi ta’limotlar va g‘oyalar bilan boyitgan al-Xorazmiy, Rudakiy, at-
Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino,
Burhoniddin Marg‘inoniy, al-Farg‘oniy, al-Marvoziy, Zamahshariy,
Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Mahmud Qoshg‘ariy kabi buyuk
allomalar shu zaminda zamindan yetishib chiqdilar.
Xorazmlik ulug‘ alloma – tilshunos, shoir, faqih, Qur’oni karim
tafsirchisi Abul Qosim Mahmud ibn Umar ibn Muhammad Zamahshariy
25
(1075–1144)ning nomi Sharq ilmiy tafakkuri tarixida mashhurdir.
Zamahshariyning hayoti va faoliyati haqidagi asosiy ma’lumotlar arab
manbalarida qayd etilgan. Tarixchi va geograf Yoqut al-Hamaviy (1179–
1229)ning ta’kidlashicha, Zamahshariy buyuk imom unvoniga munosib
topilgan, fan turli sohalarining bilimdoni, iqtidorli alloma bo‘lgan1.
«Jorulloh» – «Allohning qo‘shnisi», «Butun dunyoning ustozi», «Xorazm
faxri», deya ulug‘langan Zamahshariy Xorazmning Zamahshar
qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasining ko‘magida savod chiqarib, Gurganj va
Buxoroda ta’lim olgan. Bir necha yil xorazmshohlar saroyida xizmat
qilgan. 1118-yildan boshlab umrini faqat ilm-fanga bag‘ishlagan. Ikki
marta haj safarida bo‘lgan. Ko‘hna Urganchda vafot etgan.
Zamahshariyning ijodi serqirra va sermahsul bo‘lib, u ellikdan ortiq yirik
asarlarning muallifi sifatida butun dunyoga mashhurdir. U «Al-kashshof»,
«Al-mufassal», «Navobig‘ ul-kalom», «Atboq uz-zahab», «Maqomot az-
Zamahshariy», «Muqaddimat ul-adab», «Al-mujmal-arabiy al-forsiy»,
«Asos ul-balog‘a» kabi asarlari bilan musulmon olamini hayratga solgan.
«Al-kashshof» asari to‘qqiz asrdan buyon islomning mashhur madra-
salarida Qur’oni karimni o‘rganish bo‘yicha asosiy qo‘llanma hisob-
lanadi. Zamahshariy, Forobiy, al-Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino kabi
movarounnahrlik allomalar yangi bilim va tajriba izlab olis yurtlarga –
Qohira, Aleppo, Damashq va Bag‘dodga ketganlar, u yerlarda tahsil olib,
o‘zlari ham ta’lim berganlar, shuningdek ilmiy tadqiqotlar bilan
shug‘ullanganlar.
Xalifa al-Ma’mun IX asr boshida Bag‘dodda «Bayt ul-hikma»
(Donishmandlar uyi) fanlar akademiyasini tashkil etib, mazkur ilm
dargohiga Movarounnahrdan ko‘plab ulug‘ allomalarni taklif qildi.
Ta’kidlash zarurki, ilk «Ma’mun akademiyasi» («Bayt ul-hikma» hozirgi
Yevropada shunday deb ataladi)ning dastlabki rahbarlari (prezidenti va
vitse-prezidenti) al-Farg‘oniy va al-Xorazmiy bo‘lganlar. Movaroun-
nahrlik allomalar Ma’mun akademiyasining tamal toshini qo‘yganlar.
Islom madaniyati va huquqining rivojlanishiga Muhammad al-
Buxoriy, Iso at-Termiziy, al-Hakim at-Termiziy, Najmiddin an-Nasafiy,
al-Moturidiy, Yusuf al-Hamadoniy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Burhoniddin
Marg‘inoniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, as-Suhravardiy kabi
movarounnahrlik buyuk allomalar ulkan hissa qo‘shdilar. Keyinroq (XIV
asrda) mashhur faqihlarning mazkur guruhiga Bahovuddin Naqshband va
boshqalar qo‘shildi. Movarounnahr aholisi ommaviy tarzda islom dinini
qabul qilganidan so‘ng, musulmonlar tomonidan muqaddas joylarni,
asosan Makkani ziyorat qilishdek diniy aloqa turi keng tarqalgandi. Bu
26
diniy-huquqiy madaniyatning yuksalishi, Movarounnahrda musulmon
huquqiy maktablarining shakllanishi va rivojlanishiga imkoniyat yaratdi.
Ta’kidlaganimizdek, O‘rta Osiyo mintaqasida hanafiylik mazhabi keng
yoyilgan. Uning tarafdorlari quyidagi qoidalarga qat’iy amal qilganlar:
1. Diniy majburiyatlarni ado etish (ibodat), yuridik amallar
(muomalot) va jazo tizimi (uqubat) musulmon huquqi (musulmon huquqi
me’yorlari majmui)ning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Amallar diniy va
fuqaroviy nuqtai nazardan beshga bo‘linadi. Diniy amallarning quyidagi
turlari farqlanadi: a) zarur (vojib) va farz (majburiy) amallar – ularni
bajarishi tufayli inson taqdirlanadi, bajarmasa – jazolanadi. Farz amallar
shaxsiy (farz al-ayn, masalan, namoz) va zaruriy majburiyat (farz al-
kifoya, masalan, haj)lardan iborat; b) tavsiya etiladigan amallar (mandub)
– ularni bajarishi tufayli inson taqdirlanadi, bajarmasa, jazolanadi; v)
ruxsat etilgan amallar (muboh); g) qoralanadigan amallar (makruh); d)
taqiqlangan amallar (harom).
Fuqaroviy nuqtai nazardan amallarning quyidagi turlari farqlanadi: a)
to‘g‘ri amallar (sahih); b) noto‘g‘ri amallar (botil); v) ruxsat etilgan
amallar (joiz); g) o‘rinli amallar (mafrud); d) bog‘lovchi amallar (lozim).
2. Movarounnahr faqihlari ibodat va yuridik qoidalarni farqlaganlar.
Ular musulmon huquqi yuridik me’yorlar, tamoyillar, xulq-atvor va diniy
ibodat qoidalari majmuidan iboratligini ta’kidlaganlar.
Movarounnahrda quyidagilar musulmon huquqining manbalari
Qur’on, sunna, ijmo, qiyos va mahalliy urf-odatlar sanalgan.
Qozilar chiqaradigan hukmlarning quyidagi turlari farqlangan: 1) ar-
ra’y (qiyosga asoslanib ish ko‘rish); 2) istihson (qiyosning bir turi bo‘lib,
istisno tariqasida hukm chiqarish); 3) istisloh (jamiyat manfaatlarini
hisobga olib, isloh qilish orqali hukm chiqarish).
Bunda quyidagi talablarga qat’iy rioya etish shart bo‘lgan: hukm
e’tiqodga daxl etmasligi kerak; hukm islomga zid bo‘lmasligi lozim;
chiqarilgan hukmdan foyda aniq-ravshan ko‘rinib turishi kerak.
3. Kalom (ilohiyot) va diniy-huquqiy ongning rivojlanishi tufayli
fiqhning o‘ziga xos maktabi vujudga keldi. U «Movarounnahr fiqh
maktabi» deya shuhrat qozondi. Uni tashkil etishga mashhur faqihlar
Imom al-Buxoriy va Burhoniddin Marg‘inoniy ulkan hissa qo‘shdilar.
Movarounnahr faqihlarining avlodlari kundalik amaliyotda nafaqat
islomning umumiy me’yorlari, balki mintaqa hayotining muayyan
xususiyatlari hisobga olingan Movarounnahr fiqh maktabining
an’analarini davom ettirdilar. Movarounnahr fiqh maktabi mintaqa
hayotida muhim o‘rin tutgan. Movarounnahr tarixi tadqiqotchilarning
27
ko‘plab avlodlari e’tiborini o‘ziga tortib kelmoqda. Mintaqada islom
tarixini o‘rganishga mashhur sharqshunos V. V. Bartold katta hissa
qo‘shdi. O. G. Bolshakovning tadqiqotlari hanafiylik mazhabi tarixida
ulkan ahamiyatga ega bo‘lib, u Movarounnahr xalqining hayotiga
bag‘ishlangan1. Bu mavzuga O. D. Chexovich ham to‘xtalib, mintaqadagi
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy holat haqida tarixiy ma’lumotlar olish uchun
Movarounnahr faqihlarining asarlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega
ekanligini aytib o‘tgan 2. O. Pritsakning tadqiqoti buxorolik nufuzli oila –
Burhonlar sulolasi tarixiga bag‘ishlangan3. V. Madelungning ilmiy
tadqiqoti Sharqiy Xuroson va Movarounnahrda hanafiylik mazhabining
yoyilishida murji’iylar ta’limotining roliga bag‘ishlangan1. Uning boshqa
bir maqolasida Yaqin Sharq mamlakatlarida moturidiylik ta’limotining
tarqalishida Movarounnahr ilohiyotchilarining roli yoritilgan 2.
Al-Xoris ibn Surayj (128–746-yilda o‘ldirilgan) o‘limidan keyin Kufa
murji’iylari ulamosi Abu Hanifa sharqiy murji’iylar rahnamosiga
aylangan. Sharqiy Xuroson, ayniqsa, Balxdan Iroqqa ta’lim olgani kelgan
odamlar asosan Abu Hanifa qo‘lida tahsil olganlar. Abu Hanifaning
Kufadagi muxoliflari Balxni zaharxandalik bilan «Murji’yobod» deb
ataganlar. IX asr oxirida islomning sunniylik yo‘nalishidagi asosiy diniy-
huquqiy maktablari shakllangan. Balx hanafiylik ta’limotini ishlab
chiqish va o‘rgatishning Sharqdagi markaziga aylangan. Sharqiy Xuroson
va Movarounnahrda Abu Sulaymon al-Jo‘zjoniy (200–815-816-yillardan
keyin v.e.) va Abu Hafs al-Buxoriy (217–832-y. v. e.) hanafiylik
mazhabining asosiy g‘oyalari o‘z aksini topgan Muhammad ibn al-Hasan
ash-Shayboniy (189–805-y. v. e.) asarlarining targ‘ibotchilari bo‘lganlar.
Somoniylar davlati tashkil topgach, uning poytaxti Buxoroda ijtimoiy
hayot jadal sur’atlarda rivojlangan. Buxoro va Samarqandda mahalliy
hanafiylik maktablari vujudga kelgan. Al-Kafaviy asaridagi isnadlarni
(isnad – hadisda aytilgan so‘zni aytuvchisiga bog‘lash) o‘rganish va bu
yerlarda maktablarning shakllanishida Bag‘dod va Balxning ta’siri kuchli
bo‘lgan. Samarqandda Ismoiliylar aqidalariga qarshi keskin kurashgan va
keyinchalik al-Moturidiy (333–945-y. v.e.) nomi bilan ataluvchi yangi
oqim vujudga keldi. X asrning oxirida Abu Lays as-Samarqandiy (373–
984-y. v.e.) va Abu Bakr Muhammad ibn al-Fazl al-Buxoriy (381–991-y.
v.e.) kabi allomalarning faoliyati Movarounnahr fiqh maktabining shu
davrdagi yuksak mavqeidan dalolat beradi. Buxoro va Samarqandda
Movarounnahr hanafiy faqihlarning sakkiz guruhi (beshtasi Buxoroda va
uchtasi Samarqandda) mavjud bo‘lgan. O‘sha davrda yashagan musulmon
huquqshunoslari o‘tmishdoshlarining hech qanday hukm bo‘lmagan yangi
28
hayotiy vaziyatlarni hal qilishlariga to‘g‘ri kelgan. Ular hanafiylik
mazhabining an’analari va mahalliy urf-odatlarga asoslanib, turli masa-
lalar yuzasidan fatvo chiqarganlar. Nufuzli faqihlarning qarorlari kelajak
avlodlar uchun kundalik amaliyot qo‘llanmasi bo‘lib qolgan. Movaroun-
nahrlik faqihlar xo‘jalik, mulk, oila-nikoh, savdo-sotiq munosabatlari,
rasm-rusumlar yuzasidan fatvolar chiqarganlar. Bunday fatvolarda
Movarounnahr aholisining turmush tarzi va yashash sharoitiga xos
xususiyatlar inobatga olingan.
Movarounnahr fiqh maktabining olti vakili – as-Saraxsiy (490–1097-
y. v.e.), al-Pazdaviy (482–1089-y. v.e.), Iftixoriddin al-Buxoriy (542–
1148-y. v.e.), as-Sadr al-Kabir (570–1175-y. v.e.) va Faxriddin Qozixon
(592–1196-y. v.e.)ga usul al-fiqh bilimdonlari uchinchi darajali mujtahid
unvonini berganlar. Bu faqihlarning Movarounnahrda furu’ al-fiqh
bo‘yicha qarorlari va hukmlari oltmishdan ortiq kitobda o‘z aksini topgan.
Burhoniddin Marg‘inoniyning «Muxtasar al-Kuduriy», «Hidoya»,
Ibn Bazzozning «Fatvo», Abu Yusufning «Adab al-qozi», Imom at-
Tahoviyning «al-Aqoid» asarlari fiqh sohasidagi eng sara va noyob
manbalar hisoblanadi. Bu manbalarda musulmon huquqining faro’id
(vorislik), mulk, uqubot (jinoyat huquqi), muomalot (fuqarolik huquqi)
kabi tarmoqlarining aniq ta’riflari keltirilgan.
4. Ijtimoiy munosabatlar ar-ra’y tamoyili asosida tartibga solingan.
Undan foydalanish huquqi qozilarga berilgan. Movarounnahr fiqh
maktabiga xos xususiyatlardan biri jinoyat sodir etgan shaxslarga
rahmdillik bilan yondashish bo‘lgan. Masalan, o‘g‘rilik uchun jazo – bir
qo‘lni kesish homilador ayollar, qashshoq yoki yosh musulmonlarga
nisbatan qo‘llanilmagan. Mazkur maktabga xos yana bir xususiyat –
Movarounnahrning atoqli faqihlarining asarlaridagi qoidalar qonun
kuchiga teng bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: |