22
keluvchi urflari asosida musulmon huquqi bunyod etildi. Musulmon
huquqi diniy va huquqiy qoidalar majmui bo‘lib,
musulmonlar ularga
rioya etishlari lozim edi.
Qur’on ayollar uchun monogamiya (bir er bilan yashash)ni belgilab,
arablarning ko‘pxotinlik an’analarini mustahkamladi, dindorlarga bir
vaqtda to‘rtta ayolga uylanish va hisobsiz cho‘rilar saqlash huquqini
berdi. Nikohga kirishda Qur’oni karim er kishiga o‘z ayoliga nikohi
uchun mahr
1
to‘lashni buyurdi.
Musulmon meros huquqining asosi Qur’oni karim hisoblanib, «Niso»
surasining 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17-hamda so‘nggi ikki oyatida meros
huquqi yoritilgan. Ushbu oyatlar va sunnaga suyanib,
musulmon
huquqshunoslari faroiz – «meros ilmi»ni ishlab chiqqanlar. Unda birinchi
navbatda, meros oluvchilar tabaqasiga kimlar kirishi, ularning ulushlari,
ayol kishining yolg‘iz holda hamda farzandi bo‘lgani holda qancha ulush
olishi, marhumning merosi ochilishi bilan uning ota-onalari ulushi
miqdori aniq ishlab chiqilgan.
Qur’onni tadqiq etish jarayonida jinoyat va jazo to‘g‘risidagi huquqiy
normalar Muhammad (s.a.v.) va xalifalar
davrlarida ham batafsil
ishlanmaganligi namoyon bo‘ldi. Qur’onda jinoyat hisoblanadigan xatti-
harakat va qilmishlar tizimsiz holda bayon etilgan. Ularni to‘rt guruhga
ajratish mumkin, ya’ni: 1) dinga qarshi; 2) hokimiyatga qarshi; 3) mulkka
qarshi; 4) shaxsga qarshi sodir etilgan jinoyatlar.
Ilk musulmon davlatida sudlov va surishtiruv ishlari arablarning urf-
odatlari, so‘ng esa Qur’on, sunna normalari asosida amalga oshirilar edi.
Jazo
tayinlash huquqi xalifaga, joylarda esa uning noiblariga tegishli
bo‘lgan. Jazo tayinlash diniy asosda amalga oshirilgan. Islomning
dastlabki o‘n yilliklardagi harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar Muhammad
(s.a.v.) va «taqvodor» xalifalarning o‘zga din vakillariga nisbatan diniy
murosada bo‘lganliklarini ko‘rsatadi. Musulmon huquqining evolut-
siyasiga nafaqat islomgacha yashagan arablarning
urf-odatlari, balki
Arabiston yarim orolida keng tarqalgan turli diniy aqidalarning ham
ta’siri bor.
VIII asrda, ya’ni arablarning O‘rta Osiyoni istilosi vaqtida mazkur
hududda islom dini va u bilan birga musulmon huquqi tizimini singdirish
avj oldi. Arabistonda paydo bo‘lgan musulmon huquqi hozirgi
1
ɆɚΣɪ – ɮɚԕɚɬ ɚɺɥɧɢɧɝ ɯɭɫɭɫɢɣ ɦɭɥɤɢ ɛʆɥɢɲɢ ɲɚɪɬɢ ɛɢɥɚɧ ɛɟɪɢɥɚɞɢɝɚɧ
ɦɨɞɞɢɣ ɬʆɥɨɜ. ɍɧɢɧɝ ɚɧɢԕ ԕɢɣɦɚɬɢ ԟɚԕɢɞɚ ɫɭɧɧɢɣ ɜɚ ɲɢɚ ɨԕɢɦɥɚɪɢ ʆɪɬɚɫɢɞɚ
ɛɢɪɨɡ ɬɚɮɨɜɭɬ ɛɨɪ.
23
O‘zbekiston hududida ham katta mavqega ega bo‘lib, o‘n ikki asrdan
ko‘proq vaqt mobaynida amal qildi. Musulmon huquqining
asosiy
qoidalari va me’yorlaridan asrlar mobaynida hech bir o‘zgarishsiz
foydalanildi. Zero, musulmon huquqi islom dini bilan uzviy bog‘liq
bo‘lgani bois, islomning qabul qilinishi bilan musulmon huquqining ham
joriy etilishi muqarrar edi.
Dostları ilə paylaş: