It(ayti) –Information technology



Yüklə 4,18 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü4,18 Kb.
#208274
IT(ayti) –Information technology

IT(ayti) –Information technology

Hozirgi kunda, juda ko‘p joylarda «IT» so‘zini uchratishimiz mumkin, xo‘sh bu so‘z o‘zi nima?

  • IT — ingliz tilidan olingan «Information Technology» so‘zlarining qisqartmasi bo‘lib, o‘zbek tilida «Axborot texnologiyalari» deb yuritiladi. Shunday bo‘lsa ham, biz bu so‘zni IT ko‘rinishida talaffuz qilamiz va ishlatamiz.

«Information Technology» nima degani?

  • Information Technology bu — axborotni hosil qilish, uni yig‘ish, tarqatish, saqlash, qayta ishlash, himoyalash kabi vazifalarni bajaruvchi hisoblash texnikasidir. Hozirgu kunda hisoblash texnikasi vazifasini kompyuter bajarmoqda, shunday ekan IT so‘zi ishlatilganda asosan kompyuter texnologiyasi tushuniladi.

Xayotda bu so‘z bilan nimalarni bog‘lashimiz mumkin?


Muloqot paytida (ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, elektron pochta, chat,…);
Axborot olish chog‘ida (xabarlar, ob-havo ma’lumotlari,…);
Axborotni qayta ishlashda (matematik amallarni bajaruvchi dasturlar, grafiklar, video, yozuv,…);
O‘qish jarayonida (elektron kitoblar, interaktiv darslar, qo‘llanmalar,…);
Dam olishda (kinolar, musiqalar, o‘yinlar,…).
  • Demak, hayotimiz shu so‘z bilan chambarchas bog‘liq ekan. Qanday ish qilishimizdan qat’iy nazar, hattoki dam olayotganimizda ham IT hizmatlaridan foydalanar ekanmiz. Oddiy mobil telefonimiz ham IT qurilma hisoblanadi, chunki biz bu qurilmada qandaydir ma’lumotlar saqlaymiz.
  • Ish jarayonimiz kompyuter texnologiyalari bilan bog‘liq bo‘lgani sababli, har bir korxonada alohida IT bo‘limlar mavjud, hattoki umuman kompyuterga aloqasi bo‘lmagan korxonalarda ham. Demak, bu sohaga qiziqish va talab katta.

IT hayotimni o‘zgartirib yuborgan

Oʻzbekistonda dasturchilar qancha maosh oladi?

  • “Dasturchilarning ish haqi, mening taxminlarimga koʻra, keyingi oʻn yil ichida mehnat bozorida oʻrtacha ish haqidan oshib boradi. Oʻzbekistonda shaxsiy kuzatuvlarimdan kelib chiqadigan boʻlsam, — mazkur sanoatda bir necha yildan beri faoliyat yuritib kelayotganlar 400$ dan 800$ gacha, tavsiya qilinadigan tajribaga ega boʻlganlar esa, 1 200-2 000$ gacha maosh olishadi.
  • Agar global bozor haqida gapiradigan boʻlsak, masalan, yaqin tanishim masofaviy ishlash uchun oyiga 6 000$ minimal ish haqi oladigan Frontend dasturlash lidini bir necha hafta qidirdi. Oʻzbekistonlik doʻstlarimning bir nechtasi ushbu taklifga qiziqish bildirmadi — ehtimol ular allaqachon yetarli maosh olishyapti va ayni paytda oʻzlari uchun qulay sharoitlarda ishlaydilar”, — deydi” MODME “ MChJ texnik direktori va asoschisi Ruslan Yuldashev.

Yüklə 4,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin