Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar)
Iqtisodiy qonunlar -- iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi ichki, barqaror, doimiy takrorlanib turadigan sabab-oqibat bog‘liqliklarini va aloqadorliklarini ifodalaydi.
Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki teskari bog‘liklik bo‘lishi mumkin. Masalan, talab qonuni narx bilan sotib olinadigan mahsulot miqdori o‘rtasidagi teskari, taklif qonuni esa mahsulot narxi bilan uning chiqariladigan miqdori o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni ifodalaydi.
Iqtisodiy qonunlarning ob'ektiv xarakteri -Ularning amal qilishi kishilarning xoxish-irodasiga bog‘liq emasligini bildiradi. Shu bilan birga, ular insoniyat jamiyati mavjud bo‘lganda va takror ishlab chiqarish ro‘y berganda amal qiladi hamda kishilarning maqsadli iqtisodiy faoliyati orqali namoyon bo‘ladi.
Maxsus iqtisodiy qonunlar - alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. Masalan, quldorlik,feodal, «kapitalistik», «sosialistik» taqsimot qonunlari, qo‘shimcha qiymat qonunlari va h.k
Oraliq yoki davriy iqtisodiy qonunlar -insoniyat jamiyat taraqqiyotining ma'lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, bozor iqtisodiyotiga xos qonunlar (talab qonuni, taklif qonuni va x.k.
Umumiy iqtisodiy qonunlar—kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni, vaqtni tejash qonuni va h.k.
-
Ilmiy kategoriyalar (ilmiy tushunchalar)
Iqtisodiy voqelikning ilmiy ifodasi bo‘lib, iqtisodiy hodisa va jarayonlarning tub mohiyatini aks ettiradi. Masalan, talab, taklif, baho, raqobat, bozor, pul va hk.
IQTISODIY KATEGORIYaLAR AMAL QILISh DAVRIGA KO‘RA QUYIDAGI GURUHLARGA AJRATILADI Maxsus-alohida iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi.
Oraliq-jamiyat taraqqiyotining alohida bosqichlarida mavjud bo‘ladi.
Umumiy-jamiyat taraqqiyotining bosqichlarida amal qiladi.