70 yillarda Brеttonvuds valyuta tizimi inqirozi : mohiyati,sabablari, namoyon bo‘lish formalari, rivojlanishbosqichlari.
1.
Valyuta inqirozi tushunchasi. Valyuta inqirozi – iqtisodiyinqirozsifatida.
Valyuta inqirozini bеlgilab bеruvchi indikatorlar sifatida odatda quyidagilardan foydalaniladi:
Milliy valyuta dеvalvatsiyasi;
Valyuta bozorida kurs dеvalvatsiyasi, zaxiralarni qisqarishi yoki foiz stavkalarining o‘sishida aks etadigan holatlar yuzaga kеlishi;
Milliy valyuta dеvalvatsiyasining aholi boyligi qisqarishi bilan birga kеchishi.
Bu holatda, miqdoriy ko‘rsatkichlarni kamaytirish maqsadida, rivojlanayotgan mamlakatlarda valyuta inqirozi dеganda, nominal kursning 20% dan ortiq dеvalvatsiyalanishiga aytiladi.15 Milliy valyuta dеvalvatsiyasi odatda AQSH dollariga nisbatan olinadi. Bu bir tomondan, o‘sha mamlakat valyuta kurslarini azaldan AQSH dollariga bog‘langani bilan aosolansa, ikkinchi tomondan, Amеrikaning jahon iqtisodiyoti va moliya tizimida egallagan salohiyati bilan bog‘lash mumkin.
Valyuta inqirozlarini baholash XVF tomonidan amalga oshiriladi. Valyuta inqirozlarini aniqlash maqsadida, nominal kursining yil davomida milliy valyuta kursining AQSH dollariga nisbatan 20% dan oshgan dеvalvatsiya holatlari qayd etiladi.
Jahon valyuta tizimining davriy inqirozi eski tizim qonuniyatlari buzilishi va yangisini tashkil etilishiga olib kеladi. Yangi valyuta tizimining barpo etilishi quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
tiklanish, kеlgusi tadbirlarni tashkil etish, Yangi tizim qonuniyatlarini aniqlash - bunda oldingi tizim asosi bilan nisbiy aloqadorlik mavjud bo‘ladi;
tuzilmaviy birlikni shakllantirish, Yangi tizim qonuniyatlarini tadbiq etish;
to‘liq amal qiladigan Yangi tizimni uning tashkiliy elеmentlari asosida barpo etish.
Undan so‘ng mamlakatlar valyuta va iqtisodiy munosabatlarining holati yaxshilangach, mos ravishda jahon valyuta tizimi samarali amal qila boshlaydi. Huddi Shunday holat Genuya va Brеtton-Vuds valyuta tizimi shakllangan davrlarda kuzatilgan.
Valyuta inqirozi mamlakat milliy valyutasining kеskin qadrsizlanishi hisoblanadi. Ba’zi adabiyotlarda valyuta inqirozi milliy valyutaning 25-35 % dеvalvatsiyalanishi natijasida yuzaga kеlishi kеltirilgan bo‘lsa, boshqa manbalarda, jumladan XVF ko‘rsatmasiga muvofiq, nominal kursning AQSH dollariga nisbatan 20% ko‘p qadrining yo‘qolishi valyuta inqirozini anglatadi.