8.Ekologik xavfsiz mahsulotlar va texnologik jarayonlar sohasida ekologik sertifikatlash
tizimini takomillashtirish;
9.Ekologik axborotlar va atrof-muhit monitoringi bo‘yicha bank tizimini yaratish;
10.Tabiatni muhofaza qilish ishlari bo‘yicha faoliyatini yorituvchi markazlashgan axborot
tizimini yaratish;
11.Ekologik va tarbiyaviy tizimini yanada rivojlantirish;
12.Xalqaro ekologik normalar va standartlar bo ‘ yicha bosqichma- bosqich dasturlar
ishlab chiqish;
13.Xalq xo‘jaligining turli sohalarida ekologik toza texnologi- yalar,
chiqindilami
zararsizlantirish va o‘zlashtirish bo‘yicha ilmiy-texnik ishlanmalami hayotga tadbiq etish, hamda
ilmiy tadqiqot ishlari olib borishni davom ettirish;
14.Atrof-muhitni muhofazasi, tabiiy resurslardan foydalanish 10masalalari bo‘yicha
xalqaro ekologik tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish va birgalikda ekologik qarorlar
qabul qilish.
Shu bilan birga, atrof-muhit muhofazasi sohasida amaldagi davlat boshqaruvi tizimi va
nazorati bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil bir qator kamchilik va muammolar borligini ko‘rsatdi,
xususan:
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida jismoniy va yuridik shaxslar,
maxsus vakolatli davlat organlari, tashkilot va korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi hamda
nazorat qiluvchi yagona davlat organining mavjud emasligi;
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunish
tartibining huquqiy asoslari yo‘qligi tufayli atrof-muhit muhofazasi sohasida idoralararo to‘laqonli
hamkorlik qilish va bu boradagi vazifalarni amaliy jihatdan hal etish imkoni yo‘qligi;
atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasidagi ekologik,
sanitariya me’yor va talablarini buzganlik uchun qonunchilikda nazarda tutilgan ma’muriy jazo
choralarining yetarli
emasligi va samarasi pastligi;
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining chiqindilar bilan ishlash sohasidagi
vakolatlari faqat ishlab chiqarish chiqindilarini nazorat qilish bilan cheklangan edi. Qo‘mitaning
amaldagi tashkiliy tuzilishi va shtatlar birligi unga yuklatilgan vazifalarni sifatli va to‘liq hajmda
amalga oshirish imkonini bermayapti.
Shu munosabat bilan, ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish va ularni qayta tiklash, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi
davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, bu yo‘nalishdagi davlat boshqaruvi
va nazorat tizimini takomillashtirish maqsadida, shuningdek, “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston
Respublikasini
rivojlantirishning
beshta
ustuvor
yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar
strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat
dasturida ko‘zda tutilgan boshqa vazifalarni hal etish uchun O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida
davlat boshqaruvi tizimini
takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Farmonda O‘zbekiston Respublikasi
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
bo‘ysunuvchi va hisobot beruvchi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza
qilish davlat qo‘mitasiga aylantirish (keyingi o‘rinlarda — Davlat ekologiya qo‘mitasi) nazarda
tutilmoqda.
Farmon bilan Davlat ekologiya qo‘mitasiga quyidagi vazifalar yuklandi:
ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta
tiklash sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish;
maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish, qayta ishlash, utilizatsiya qilish va ko‘mish
ishlarining samarali tizimini tashkil etish;
atrof-muhitning ekologik holati maqbul tarzda saqlanishini, ekologiya tizimlari, tabiiy
komplekslar va alohida obyektlarni qo‘riqlashni, ekologik vaziyat sog‘lomlashtirilishini
ta’minlash;
er, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar,
hayvonot va
o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish,
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya qilish borasida
davlat ekologik nazoratini amalga oshirish;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat kadastrini yuritish,
shuningdek, yovvoyi hayvonlar, yovvoyi o‘simliklar ko‘paytiriladigan va saqlanadigan
pitomniklar, zoologiya va botanika kolleksiyalarining davlat hisobini yuritish;
ekologik tarbiya, targ‘ibot va ma’rifiy ishlarni, shuningdek, ekologiya va atrof-muhit
muhofazasi sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.
Farmonga muvofiq quyidagi tuzilmalar tashkil etiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar
va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
boshqarmalarining markaziy
apparatlarida Chiqindilarning hosil bo‘lishi, ularni to‘plash, saqlash, tashib ketish, utilizatsiya
qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish bo‘yicha nazorat inspeksiyalari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi,
viloyatlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzurida “Toza hudud”
davlat unitar korxonalari va mamlakatimiz shaharlarida, shuningdek, tuman hokimliklari
huzuridagi obodonlashtirish boshqarmalarining chiqindilarni olib ketish bo‘yicha xizmat
ko‘rsatadigan uchastkalari negizida ularning filiallari;
Tabiatni muhofaza qilish respublika va mahalliy jamg‘armalari negizida ekologiya, atrof-
muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha jamg‘arma
tashkil etiladi, jamg‘arma mablag‘lari birinchi navbatda atrof-muhitni
muhofaza qilish
tadbirlariga, jumladan, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarga va bioresurslarni saqlash va qayta
tiklashga, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza va monitoring qilish sohasida ilmiy-tadqiqot
ishlarini o‘tkazishga, targ‘ibot va ma’rifiy ishlarni tashkil etishga, ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashga yo‘naltiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Hayvonot va
o‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish respublika inspeksiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining
Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan
foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta tuziladi va uning hududiy inspeksiyalari
tashkil qilinadi.
Xorijiy mamlakatlarning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari faoliyatini
tashkil qilishga oid tajribasidan kelib chiqqan holda mamlakatimiz
qonunchiligiga Davlat
ekologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oldida hisobot berib borishi
yuzasidan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Shuningdek, O‘zbekiston
RespublikasiningMa’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga jismoniy va yuridik shaxslarning
javobgarligini kuchaytirish, bu borada chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi
qonunchilikni buzganlik uchun jarima sanksiyalari miqdorini oshirish, O‘zbekiston
Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi
qonunlariga ko‘p joyda uchraydigan foydali qazilmalarni qazib olishning belgilangan tartibini
buzganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslarning javobgarligini kuchaytirish yuzasidan
o‘zgartish kiritiladi.
Mazkur farmonning amalga oshirilishi juda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, quyidagi
natijalarga erishish imkonini beradi:
birinchidan — atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan davlat nazorati va boshqaruvi organlarining tizimli ish olib borish
samaradorligini oshiradi;
ikkinchidan — ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi idoralararo samarali
hamkorlikni ta’minlaydi;